X
doim
Z = ----------------
N - X
o‘zg
bu erda :
X
doim
— jami ishlab chiqarish hajmiga sarflanuvchi doimiy xarajatlar;
X
o‘zg
— jami o‘zgaruvchan xarajatlar;
N — yangi tovar birligi narxi.
Bu munosabatlar shuningdek, belgilangan zararsizlik nuqtasiga ega bo‘lgan
holda tovarni sotishning minimal narxi va maksimal xarajatlar summasini aniqlashga
imkon beradi.
Yangi tovarni sotish ma’qul keluvchi foyda keltirishi to‘g‘risidagi qaror qabul
qilingach,
yangi tovar modeli yoki prototipini
tayyorlashga kirishiladi. Yangi tovar
51
iste’molchining texnik talablarini ta’minlashi va bozor talablariga javob berishi zarur.
Marketolog uchun birinchi navbatdagi vazifa tovarning bozorda muvaffaqiyatga
erishishini ta’minlash, ya’ni uning vazifalarini aks ettirishdan tashqari uni
raqobatchilar tovaridan jozibadorligi yuqori bo‘lishini aks ettiruvchi xususiyatlarini
yaratish hisoblanadi. SHu munosabat bilan yangi tovarni ishlab chiqish jarayonini
ikki bosqich - texnik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va bozor ko‘satkichlarini
shakllantirish bosqichlari majmuasi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Tovarni ishlab chiqish uchun aksari hollarda funksiyalararo guruhlar (firma
izidan
boruvchilar,
dizaynerlar,
marketologlar)
tashkil
qilinadi.
Bu
esa
mutaxassislarning birgalikda ochiq faoliyat yuritishini va vazifalar echimining
tezlashishini ta’minlaydi.
Texnik ko‘rsatkichlarning shakllanishi yangi tovarni xaridorlarning aniqlangan
istaklarini (ehtiyojlarini) qondiruvchi funksional xususiyatlar bilan ta’minlash bilan
bog‘liq. Texnik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bilan ilmiy-tadqiqot tajriba-
konstruktorlik ishlari va marketologlar guruhi shug‘ullanadi. Tovar g‘oyasini texnik
nuqtai nazardan rentabelli mahsulotga joriy qilar ekan, ishlab chiquvchilar bu
mahsulotga bo‘lajak tovar tavsifnomalarini ham kiritishi lozim. Bu holda
marketologlarning vazifasi loyihalarni tovarning zarur xususiyatlari va xaridorlar
mazkur tovar xususiyatlarini muhokama qilishiga yordam beruvchi xislatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Bozor ko‘rsatkichlarini
shakllantirish
tovar dizayni
, uning shakli, rangi,
og‘irligi, o‘rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi.
Shakl, rang va sifat
tovarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar hisoblanadi. Tovar to‘g‘risidagi birinchi taasurot
uning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning sifati va funksional xususiyatlari
baholanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko‘rinish tovarni sotib olishga undovchi
motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari doirasini shakllantiruvchi kuch
vazifasini bajaradi. Bu esa iste’mol tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika
tovarlari uchun ham xosdir.
Tovar dizayni
shunday vositaki, uning yordamida potensial xaridorlarga ta’sir
52
ko‘rsatish, ularni tovarni sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin.
Shu bilan birga tovarni sotishda uning sifati ham katta rol o‘ynaydi. Tovarning
sifati bu - uning mazkur tovarga xos bo‘lgan (masalan, xizmat qilish muddati,
iste’mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig‘indisidir.
Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu tovarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ularning bir-biridan farq qiluvchi variantlari va imkoniyatlarini
aniqlashga xizmat qiladi.
Tovar shakli tovarni tanib olishga va xaridorda u to‘g‘risida ma’lum bir tasavvur
uyg‘otishga ko‘maklashadi.
Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari iste’mol tovarlari
shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir.
Tovarning individualligini, uning boshka tovarlar orasida ajralib turishi, o‘ziga
xos va takrorlanmasligini ta’minlash uchun tovarga nom beriladi. Tovarning nomi
ishlab
chiqaruvchi
va
iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va
kommunikatsiyalarni osonlashtiradi. Ko‘pincha, ayniqsa tovar nomi oson aytiladigan,
tez esda qoladigan, ijobiy hislarni uyg‘otadigan va o‘ziga jalb qiladigan bo‘lsa, u
bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishisha garovi bo‘ladi.
Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy muammo, chunki tovar
nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajratish uchungina qo‘llanilmaydi. Tovar nomi
tovarning turini tavsiflashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishi,
reklama ta’siriga ega bo‘lishi va o‘ziga xos bo‘lishi lozim.
Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:
▪
izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish;
▪
biron-bir ma’lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy e’tirozlar qolmaguncha
transformatsiya qilish(o‘zgartirish);
▪
yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakllantirish;
▪
biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo‘shib qo‘yish uchun
foydalanish.
Har bir muayyan holda, ayniqsa iste’mol tovarlari nomini tanlashda quyidagi
savollarga javob topish lozim: tovar nomi nimani ifodalashi lozim? qaysi nomlarni
53
tanlovga qo‘yish mumkin? ulardan qaysi biri yaxshi? raqobatchilarning xuddi
shunday o‘xshash tovarining nomi qanday? tovaringiz nomi raqobotchi tovar
nomidan nimasi bilan farq qiladi? yangi nomni iste’molchi faqat bitta tovar uchun
qo‘llaydimi yoki barcha tovarlar assortimentiga biriktirib qo‘yadimi? tovarni
oldindan attestatsiya qilish kerakmi?
Tovarning nomi uning bozordagi “yuzini” shakllantirish, tovarning bozor
atributikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lum bir nomdagi tovarni doimiy
ravishda iste’mol qilish jarayonida xaridor bozorda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli
tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish
xaridor ongida ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otishga xizmat qiladi. Bu reaksiya tovar
ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali etkaziladi. Tovar nomini korxonaga
biriktirib qo‘yish va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qilish
maqsadida korxona rahbariyati bu nomni huquqiy ro‘yxatdan o‘tkazishi zarur. Shu
tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va tovar markasi vazifasini bajaradi.
Marka
bu - bitta yoki bir nechta tovar ishlab chiqaruvchining (sotuvchining)
mahsulotlarini identifikatsiya qilish va uni raqobatchilar tovarlaridan farqlash
maqsadida foydalaniluvchi nom, belgi, simvol, rasm, atama yoki ularning
kombinatsiyasidir. Marka bozorda tovarni tanib olish, boshqa tovarlardan farqlash va
differensiatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Marka o‘z ichiga marka nomi, marka
belgisi va tovar belgisini kiritishi mumkin.
Marka nomi
bu markaning ovoz chiqarib o‘qish mumkin bo‘lgan so‘z, harf va
ularning birikmasi hisoblanadi.
Marka nomi
bu markaning tanib olinadigan, lekin o‘qilmaydigan kismidir. U
simvol yoki rasmdan iborat bo‘lib, ajralib turuvchi rang va o‘ziga xos shrift bilan
bezaladi.
Tovar
belgisi marka yoki uning huquqiy jihatdan himoyalangan qismi bo‘lib,
sotuvchiga marka nomi va marka belgisidan mutlaq foydalanish huquqini beradi.
Tovar belgisi markaning himoyasi, reklamasi, individualligi va sifat kafolati
vazifasini bajaradi. Tovar qaysi marka ostida sotilishiga qarab ikki turga bo‘linadi -
ishlab chiqaruvchi markasi va xususiy marka.
54
Ishlab chiqaruvchi markasi
bu ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan yoki
boshqa ishlab chiqaruvchidan ijaraga olingan markadir. Tovarni markalashtirishda
ishlab chiqaruvchi quyidagilardan foydalanishi mumkin: o‘z mahsulotlarining har bir
turi uchun individual marka nomlari tanlash; barcha mahsulotlar uchun yagona marka
nomi belgilash; mahsulotlarning turli guruhlari uchun alohida marka nomlari berish;
ishlab chiqaruvchi kompaniya nomini alohida mahsulotlar marka nomiga qo‘shib
ishlatish.
Xususiy marka
bu savdo (ulgurji yoki chakana) korxonalari tomonidan ishlab
chiqilgan markalardir. Ba’zida u vositachilar markasi, distribyuterlar markasi yoki
diler markasi deb ham ataladi. Faoliyat sohasiga ko‘ra ular quyidagilarga
taqsimlanadi: individual (aspirin); guruhli (Maggi); firma (Nestle); hududiy (“Stepan
Razin” pivosi); milliy (“Jiguli” avtomobili); xalqaro (Coca-Cola) markalar.
Marka o‘ziga xos shartli belgi bo‘lib, uni tovar yoki xizmat bilan bog‘lash
vositasida iste’molchiga tovarning iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida xabar beradi. U
xaridorlarni mazkur tovarni sotib olishda xuddi avvalgidek sifatga ega bo‘lishlariga
ishontirishga harakat qiladi.
Marka faqat tovar nomi sifatidagina emas, balki uning bir nechta xususiyatlari
yig‘indisi sifatida kompleks ravishda ko‘rib chiqilishi lozim.
F.Kotler markani tovar tavsifnomasi, foyda, tovarning qimmatliligi, undan
foydalanish madaniyati (uyushqoqlik, tartiblilik, samaradorlik, yuqori sifat),
tovarning individualligi va foydalanuvchi turini aks ettiruvchi olti pog‘onali simvol
sifatida ta’riflagan. Markaning eng barqaror xususiyatlari (qimmatlilik, madaniyat va
individuallik) uning mohiyatini belgilab beradi.
Marketologning tovar markalarini boshqarishda qabul qilishi lozim bo‘lgan
qarorlar quyidagicha - tovar markasining zarurati haqida, tovar markasini qo‘llab-
quvvatlash haqida, marka strategiyasi haqida, markaning pozitsiyasini o‘zgartirish
haqida bo‘lishi lozim.
Tovar markasini qo‘llashning samarasi yuqori bo‘ladi, chunki undan foydalanish
buyurtmalarning shakllanishi va tovarlarni etkazib berish jarayonini engillashtiradi;
tovarning o‘ziga xos xislatlarini raqobatchilar tomonidan noqonuniy imitatsiya
55
qilinishidan huquqiy himoyalashni ta’minlaydi; xaridorlarning barqaror kontingentini
jalb qilish imkoniyatini yaratadi; bozor segmentatsiyasini engillashtiradi; korporativ
imidjni kuchaytiradi va yangi markalarni joriy kilishni osonlashtiradi.
Tovar markalari shuningdek, bozor hokimligini egallab olish va firmaning
moliyaviy pozitsiyalarini mustahkamlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. SHu
sababli markalarni boshqarishning vazifalaridan biri tovar markasini rivojlantirish,
uning hatti-harakatlarini kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi marka
strategiyalari ishlab chiqiladi: tovar qatorini kengaytirish strategiyasi (mavjud
markani yuzaga kelgan tovar nomenklaturasiga tarqatish); tovar markasi
chegaralarini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yangi tovarlarga tarqatish);
ko‘p markalilik strategiyasi (bitta mahsulot liniyasi uchun ikki yoki undan ortiq
markani ishlab chiqish).
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, faqat ba’zi markalargina uzoq vaqt davomida
muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Moliyaviy to‘siqlarning mavjudligi, shuningdek,
xaridorlarni yangi kiritilgan markaga ko‘niktirish zarurati yangi tovar markasini
tayyorlash va rivojlantirish uchun sarflanuvchi xarajatlarni qoplash uchun doimiy
ravishda mablag‘lar qidirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |