Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/193
Sana02.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#307006
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627 (1)

Tovarlar  o‘rovi  (o‘rov)
  deb  tovar  solingan  idish  yoki  o‘ralgan  materiallarga 
aytiladi.  U  mahsulotning  saqlanishi,  uni  transport  orqali  tashish  va  u  bilan  muomala 
kilishda qulayliklar bo‘lishiga xizmat qiladi, shuningdek, iste’molchilar e’tiborini jalb 
qilish,  tovarni  identifikatsiya  qilish,  reklama  va  axborot  bilan  ta’minlash,  imidjni 


56 
 
yaratish  kabi  marketing  funksiyalarini  bajaradi.  O‘rovning  marketing  funksiyalari 
ahamiyati  tobora  o‘sib  bormoqda.  Bu  esa  bozor  faoliyatining  o‘ziga-o‘zi  xizmat 
ko‘rsatishni  rivojlantirish,  iste’molchilar  farovonligini  o‘stirish,  iqtisodiyotni 
kompyuterlashtirish  va  axborotlashtirish,  kompaniya  imidji  va  tovar  markasini  oldi-
sotdi jarayonini tezlashtirish kabi omillari bilan bog‘liq. 
Tovar  o‘rovini  ishlab  chiqish  jarayoni  quyidagi  qarorlarni  qabul  qilishni  o‘z 
ichiga  oladi:  o‘rov  konsepsiyasini  asoslab  berish,  o‘rovning  qo‘shimcha 
tavsifnomalarini  (o‘lchami,  shakli,  materiali,  rangi,  matni,  tovar  markasining 
joylashuvi) yaratish, o‘rovni sinab ko‘rish. 
Tovar  o‘rovi  konsepsiyasi  xaridor  va  iste’molchilar  uchun  qo‘shimcha 
xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  yangi  mahsulotlarni  ishlab  chiqishga  ko‘maklashuvchi 
asosiy tamoyil va g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. 
Yangi mahsulotlar uchun o‘rovlarning bir necha xil variantlari modellashtiriladi 
va  tahlil  qilinadi.  O‘rovni  yaratishda  qabul  qilinuvchi  qarorlar  tovarni  taqsimlashda 
qo‘llanuvchi  tovar  harakatlanishi  tizimi,  tovar  narxi  va  reklamani  tashkil  etish  bilan 
kelishib olingan bo‘lishi lozim. 
Fan-texnika  taraqqiyoti  va  bozor  munosabatlarining  rivojlanishi  o‘rovning 
vazifasi  va  mazmunini  rivojlantirishga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ushbu  omilar  tufayli  o‘rov 
tovarni transport orqali tashishda uni himoya qilish vositasi sifatida emas, balki tovar 
haqidagi  ma’lumotlar  manbai  sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Tovar  o‘rovini  tayyorlashda 
quyidagi  talablar  bajarilishi  lozim:  original  bo‘lish  va  patentlar  bilan  himoyalanish; 
estetik  shartlarga  javob  berish;  funksionallikni  ta’minlash,  ya’ni  tovarning  elementi 
bo‘lish; reklama harakatlarini amalga oshirish; kam xarajat talab qilish; iste’molchiga 
etib  borguncha  tovarning  saqlanishini  ta’minlash;  transport  va  ombor  xarajatlarini 
ratsionallashtirishga  ko‘maklashish;  tovarni  sotish  uchun  qulay  bo‘lish;  tovarning 
raqobatbardoshligi  va  ekologik  tozaligini  aks  ettirish;  ikkilamchi  xom-ashyo  sifatida 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish. 
Shu  tariqa,  zamonaviy  sharoitlarda  o‘rov  tovar  siyosatining  samarali  vositasi 
vazifasini  bajaradi.  U  oldi-sotdi  jarayonini  tezlashtiradi  va  engillashtiradi,  tovar  va 
firma imidjini kuchaytiradi. 


57 
 
Yangi  tovarni  bozorga  olib  chiqishdan  oldin  uni  iste’mol  qilishning  xavfsizligi 
va  ishonchliligi  nuqtai  nazaridan  sinab  ko‘rish  lozim.  Sinovlar  dala  va  laborotoriya 
sharoitlarida  o‘tkazilishi  mumkin.  Sinov  shakllari  tovarning  o‘lchami,  vazifalari  va 
turiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Sinovlarni  o‘tkazish  uchun  iste’molchilar  yangi  tovarlar 
joylashgan laboratoriyaga taklif qilinadi yoki bu tovar iste’molchilarga uyda tekshirib 
ko‘rish uchun foydalanishga berib yuboriladi. 
Testdan 
o‘tkazishda
 
quyidagi 
ko‘rsatkichlar  ahamiyatga  ega:  sinov 
o‘tkaziladigan  joy  (bozor,  laboratoriya,  uy);  ob’ekt  (tovar,  narx,  nom,  marka); 
sinovda  ishtirok  etishga  jalb  qilinuvchi  shaxslar  (xaridor,  ekspert);  muddat  (qisqa, 
uzoq vaqt); hajm (bitta tovar, tovarlar partiyasi); testdan o‘tkaziluvchi tovarlar soni. 
Yangi tovarni sinovdan o‘tkazish natijalari asosida bu tovarni ishlab chiqarish va 
uni  bozorga  olib  chiqish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilinadi.  SHuni  e’tiborga  olish 
kerakki, tovarni ommaviy  ishlab chiqarish  tovar  innovatsiyasining  ishlab chiqarishni 
tashkil  etish  va  marketing  xarajatlari  kabi  eng  ko‘p  xarajat  talab  qiluvchi  bosqichi 
hisoblanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish