112
- sanatsiyaga o‘tkaziladigan korxonalar;
- bankrot, sindi deb e’lon qilinadigan korxonalar.
Shunday qilib, korxonalarni bankrotligi va sanatsiyaga o‘tkazish masalalari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi
mol-mulk Davlat Qo‘mitasi huzurida korxonalarni iqtisodiy nochorligi masalalari
bo‘limi tomonidan tayyorlangan, qabul qilingan bir qancha me’yoriy-uslubiy
hujjatlarga qaramasdan korxonalarni iqtisodiy nochorligini aniqlash bo‘yicha hali
respublikada asoslangan, kelishilgan, yagona uslubiyat shakllangani yo‘q.
Lekin bunday uslubiyatni shakllantirish ob’yektiv zaruratdir. Chunki bozor
munosabatlari davrida korxonalarni bankrotga uchrashi, sinishi tabiiy hol, bunday
hodisalar eng rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ham mavjud. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida gap borar ekan, 1995-1998 yillarda respublikada
700 dan oshiq korxonalar va tashkilotlar bankrot deb e’lon qilingan, ulardan 346 tasi
tugatilgan. 1999 yili bankrot deb e’lon qilingan korxonalar va tashkilotlarni soni 969
tani tashkil etdi. 1999 yil 1 yanvargacha 538 korxona va tashkilotlar sanatsiya qilindi,
ulardan 400 tasi amalga oshirilgan tadbirlar natijasida o‘zlarining moliyaviy holatini
yaxshiladilar.
Korxonalarni iqtisodiy nochorligini tan olish, ularni sanatsiyaga o‘tkazish,
bankrot deb e’lon qilish - mas’uliyatli, har tomonlama murakkab muammo, chunki bu
korxona va tashkilotlarning, qolaversa, ularning mehnatkash jamoalarining kelgusi
hayot-mamotidir.
Demak, korxonalarning iqtisodiy nochorligini tan olish, ularni sanatsiyaga
o‘tkazish, bankrot deb e’lon qilish, bu muammoni har tomonlama asoslangan
ravishda yechishni talab etadi. Buning uchun korxonalarni iqtisodiy nochorligini tan
olish usulini har tomonlama asoslash va shakllantirish lozim. Fikrimizcha bu usul
quyidagi tamoyillarga asoslangan bo‘lishi lozim:
- korxona va tashkilotlarni iqtisodiy nochorligini aniqlash ko‘rsatkichlari
bankrot deb e’lon qilinadigan, sanatsiyaga o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlarga
alohida tasdiqlanishi lozim;
- buni e’tiborga olib, iqtisodiy nochor deb tan olingan korxona va tashkilotlar
ikki guruhga bo‘linishi lozim: bankrot deb e’lon qilinadigan, sanatsiyaga
o‘tkaziladigan;
- korxona va tashkilotlarni iqtisodiy nochorligi bilan shug‘ullanuvchi hukumat
komissiyasi va mol-mulk qo‘mita uchun yagona usul shakllanishi lozim va ular
iqtisodiy nochor korxonalar masalalarini qurishda bir xil kriteriyaga asoslanishi
kerak.
- iqtisodiy nochor deb tan olingan korxona va tashkilotlarni qarzlarni qaytarib
berishga qodir emas, deb qabul qilinishi lozim.
Yuqorida ko‘rilgan tamoyillar hamda korxona va tashkilotlarni iqtisodiy
nochorligi bilan shug‘ullanishni takomillashtirish maqsadida, fikrimizcha, iqtisodiy
nochorlikni aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: