115
bizning tavsiyalarimiz asoslangan va amaliyot talablariga to‘liqroq javob beradi.
Tavsiya etilgan kriteriyalardan amaliyotda foydalanilsa, korxonalarning iqtisodiy
nochorligini
tahlil
qilish,
aniqlash
sezilarli
takomillashtiriladi
va
bozor
munosabatlaridan foydalanish samarasi ko‘tariladi.
O‘quv qo‘llanma korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishning bozor
munosabatlari davridagi nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilish, yoritish bizni
quyidagi xulosalarga olib keldi:
- Bozor munosabatlariga o‘tish bilan korxonalarning moliyaviy holatini
ahamiyati oshib boradi.
- Korxonalarni ishlab chiqarish — xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ularning
moliyaviy holatini tahlil qilishni tutgan o‘rni kuchayib boradi.
- Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilash maqsadida
respublikada hisobni va hisobotni tashkil etish takomillashtirilmoqda.
- Moliyaviy tahlil bozor munosabatlarining talablariga javob bera borib, u har
tomonlama, asoslangan, chuqur bo‘lishi lozim.
Moliyaviy tahlil ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan, korxonalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida
faoliyat kechirayotgan korxonalarni moliyaviy holatini baholab, me’yoriy va ilg‘or
korxonalarning ko‘rsatkichlari bilan solishtirib, moliyaviy holatni yaxshilash
tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.
Ikkinchidan, bozor munosabatlari davrida tabiiy bo‘lgan korxonalarning
iqtisodiy nochorligini har tomonlama, asoslangan ravishda tahlil qilib, korxonalarni
sanatsiyaga o‘tkazish, bankrot deb e’lon qilish jarayonini takomillashtirish.
Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilash uchun:
- moliyaviy tahlil usulini takomillashtirishi lozim;
- moliyaviy tahlil bo‘yicha me’yoriy-uslubiy tavsiyalarni har tomonlama ishlab
chiqish;
- barcha o‘quv yurtlarida moliyaviy tahlil fanini o‘qitishni yaxshilash lozim;
- korxonalarni moliyaviy holatini tahlil qilishda qiziqqan manfaatdor organ va
tashkilotlarni bu borada qilayotgan ishlarini yanada yaxshilash zarur;
- moliyaviy tahlilda moliyaviy ko‘rsatkichlarni miqdoriy ifodalash, baholash,
ular iqtisodiy mazmun bilan bog‘lanish tarzda tahlil etilishi lozim;
- moliyaviy tahlil bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, mutaxassislar keng iqtisodiy
ilmga ega bo‘lishlari kerak;
- moliyaviy tahlil yakunida korxonalarning moliyaviy holatini ko‘tarishga
safarbar etilgan tavsiyalar bo‘lishi darkor.
Ishonamizki, yuqorida eslatilgan muammolarni yechish uchun qo‘yilgan
vazifalarni bajarishda tavsiya etilayotgan ma’ruza matnlari sezilarli yordam beradi.
50>100>100>
Do'stlaringiz bilan baham: