Tayanch iboralar
Moliyaviy mustahkamlik – korxonalarning moddiy aylanma mablag‘lar tegishli
manbalar bilan qoplanish darajasi.
Moliyaviy barqarorlik – korxonalar faoliyatini pasaytirmasdan bir darajada
ushlab turishi yoki rivojlantirish.
53
Moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni qoplash manbalari –o‘zlik
manbalar, uzoq va joriy majburiyatlar.
Buxgalteriya balansini qaytarib berishga qodirlik darajasi.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Korxonaning moliyaviy mustahkamligi deb nimani tushunasiz?
2. Moliyaviy mustahkamlik bilan moliyaviy barqarorlik o‘rtasida qanday farq
bor?
3. Moliyaviy mustahkamlikka qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
4. Moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilish uchun iqtisodiy adabiyotlarda qanday
adabiyotlar tavsiya etilgan?
5. Moliyaviy mustahkamlik darajasi qanday aniqlanadi?
6. Moliyaviy mustahkamlik qaysi shakllarda ifodalanadi?
6. Moliyaviy mustahkamlik shakllari qaysi moliyaviy vaziyatlarda ifodalanadi?
7. Moliyaviy mustahkamlik shakllari qaysi moliyaviy vaziyatlarda ifodalanadi.
8. Buxgalteriya balansini likvidligi deb nimani tushunasiz?
9. Buxgalteriya balansi likvidligi ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va ular
qanday aniqlanadi.
54
4- bob. AYLANMA MABLAG‘LARNING AYLANISHI, MAHSULOTLAR
TANNARXI VA KORXONALARNING MOLIYAVIY HOLATI
4.1. Aylanma mablag‘larning aylanishi va korxonalarning moliyaviy holati
Ma’lumki, korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun ular kerakli miqdorda
ishlab chiqarishning asosiy va aylanma fondlari, mehnat va boshqa resurslari bilan
ta’minlanishi lozim. Ishlab chiqarishning asosiy fondlari o‘z tarkibiga bino, inshoot,
uskuna, xo‘jalik jihozlarini olib, ular ishlab chiqarishning texnikaviy bazasini tashkil
etadi va uzoq vaqt, ko‘plab ishlab chiqarish sikllarida xizmat qiladi. Ularning qiymati
amortizatsiya hisoblash orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tannarxiga o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish aylanma fondlari o‘z tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralarini, pul
mablag‘larini olib, ular ishlab chiqarishning bir siklida foydalaniladi va qiymati
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi. Ishlab chiqarishda
ham asosiy, ham aylanma mablag‘larni borligi, holati, ulardan foydalanish darajasi
korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, asosiy vositalardan samarali foydalanilsa, mehnat unumdorligi ortadi,
tannarx kamayadi, foyda ko‘payadi, rentabellik darajasi ko‘tariladi. Aylanma
mablag‘laridan samarali foydalanilsa, mahsulot tannarxi kamayadi, foyda ko‘payadi,
rentabellik darajasi ko‘tariladi.
Lekin korxonalarni moliyaviy holati tahlil qilinganda, faqat bir muammo —
aylanma mablag‘lar aylanishi bilan korxonalarning moliyaviy holati o‘rtasidagi aloqa
tahlil etiladi, chunki aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxonalar
moliyaviy holatiga bevosita va miqdoran ta’sir ko‘rsatadi. Undan tashqari amaliyot
shuni ko‘rsatadiki, aylanma mablag‘larning aylanishi susaygan vaziyatda ham
korxona moliyaviy holatining boshqa ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi mumkin va
aksincha, aylanma mablag‘larni aylanishi tezlashgan bo‘lsa, korxona moliyaviy
holatining boshqa ko‘rsatkichlari yomonlashgan bo‘lishi mumkin.
Demak, aylanma mablag‘larning aylanishi o‘zgarishiga qandaydir katta
ahamiyatga ega bo‘lgan muhim shart-sharoitlar, omillar ta’sir ko‘rsatar ekan va bu
vaziyatni moliyaviy tahlil paytida ko‘ramiz.
Aylanma mablag‘larning aylanishi tezlatilsa, uning bir qismi tejaladi,
qo‘shimcha foyda barpo bo‘ladi, undan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun va
boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Aksincha, aylanma mablag‘larning
aylanishi sekinlashtirilsa, korxonaga aylanma mablag‘lar yetmay qoladi va korxonada
faoliyatni davom ettirish uchun tashqi manbalardan (bank krediti va hokazo)
foydalanib, korxona aylanma mablag‘lari to‘ldirilishi kerak.
Shu sababli korxonalar aylanma mablag‘larining aylanishini o‘zgarishi va uni
korxonalarning moliyaviy holatiga ta’siri tahlil etiladi. Bu tahlil ikki yo‘nalishda
o‘tkaziladi:
1. Umuman aylanma mablag‘lari bo‘yicha.
2. Aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha.
Umuman aylanma mablag‘lar bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil etiladi:
1. Aylanma mablag‘larni aylanish miqdori.
2. Aylanma mablag‘lar bir marta aylanishi uchun o‘rtacha sarf qilingan kalendar
55
kunlar.
3. Aylanma mablag‘larning birkitish ko‘rsatkichi.
4. Aylanma mablag‘larni tejalgan yoki to‘ldirilgan summasi. Aylanma
mablag‘larning o‘rtacha 70 foizi ishlab chiqarishda, 30 foizi ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni sotish jarayonida foydalaniladi. Demak, aylanma mablag‘larni
aylanishiga ishlab chiqarish siklining muhlati va mahsulotni sotish uchun sarf
qilingan vaqt ta’sir ko‘rsatadi.
Aylanma mablag‘larning aylanish miqdori sotilgan mahsulotlardan olingan
tushumni aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymatiga bo‘lish bilan aniqlanadi. Lekin
tushumdan qo‘shilgan qiymatga solingan soliq bilan to‘langan aktsiz solig‘i olib
tashlanadi, ya’ni:
Sotilgan mahsulotlardan olingan tushum (qo‘shilgan qiymatga solingan va aksiz soliqlarsiz
Joriy aktivlarning o‘rtacha qiymati
Sotilgan mahsulotlardan olingan tushum «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobot»dan olinadi, aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymati buxgalteriya
ma’lumotlariga asoslanib hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. Aylanma mablag‘lar
to‘g‘risidagi buxgalteriya ma’lumotlari ikki shaklda bo‘lishi mumkin: intervalli
qatorlar va momentli (lahza) qatorlar.
Intervalli qatorlar — aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq
davrlarda beriladi. Masalan, aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymati oylar bo‘yicha
beriladi: yanvar — 500 m.s, fevral — 550 m.s, mart — 540 m.s.
Shunday ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, aylanma mablag‘larning chorakdagi
o‘rtacha qiymati oddiy o‘rtacha arifmetik yo‘l bilan aniqlanadi, ya’ni:
(500 + 550 + 540)/3=1590/3=530 m.s.
Momentli (lahzalik) qatorlarda aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu
aniq davrlarning boshlanishiga keltirilishi mumkin. Masalan, 1 yanvarga — 500 m.s,
1 fevralga — 550 m.s, 1 martga — 560 m.s. va 1 aprelga — 580 m.s.
Shunday ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, aylanma mablag‘larning birinchi
chorakdagi o‘rtacha qiymati xronologik yo‘l bilan aniqlanadi, ya’ni:
550
3
1650
1
4
2
580
560
550
2
500
m.s.
Korxonalar faoliyatida mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotishga sarf
qilingan vaqt o‘zgarib turishi bilan aylanma mablag‘larni har bir aylanishiga turlicha
vaqt sarf qilinishi mumkin. Aylanma mablag‘larning umuman aylanish yo‘nalishini
ifodalash uchun yuqorida ko‘rsatilgan ikkinchi ko‘rsatkich aniqlanadi, ya’ni aylanma
mablag‘larni bir marta aylanishi uchun sarf qilingan o‘rtacha vaqt. Buning uchun
tahlil qilinayotgan kalendar kunlarni soni birinchi ko‘rsatkichga, ya’ni aylanma
mablag‘larni aylanish miqdoriga bo‘linadi, ya’ni:
miqdori
aylanish
ng
aktivlarni
Joriy
soni
kunlar
kalendar
an
qilinayotg
Tahlil
Oxirgi paytda aylanma mablag‘larni aylanishini tahlil qilishda yangi
ko‘rsatkichdan foydalanilayapdi. Bu aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi.
Aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi yuqorida ko‘rilgan birinchi ko‘rsatkichni
56
— aylanma mablag‘lar aylanish miqdorining aksi bo‘lib, bu ko‘rsatkich aylanma
mablag‘larni o‘rtacha qiymatini sotilgan mahsulotlardan olingan tushumga bo‘lish
yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni:
Aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi sotilgan mahsulotlarning har bir
so‘miga nisbatan sarf qilingan aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma
mablag‘larning aylanishi tezlashtirilsa bu sarf kamayadi, aylanma mablag‘larni
aylanishi susaytirilsa, bu sarf oshib boradi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘larning aylanishini ifodalab,
korxonalar
moliyaviy holatiga ushbu aylanishning o‘zgarishi ta’sirini hali
ko‘rsatmaydi, bu ko‘rsatkichlar kerakli, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular
yordamida eng asosiy to‘rtinchi ko‘rsatkich aniqlanadi - ya’ni aylanma mablag‘larni
tejalgan yoki to‘ldirilgan summasi. Bu ko‘rsatkich aylanma mablag‘larning
aylanishini tezlashtirish natijasida aylanma mablag‘larni tejalish summasini yoki
aylanma mablag‘larni- aylanishini susaytirish natijasida aylanma mablag‘larni
to‘ldirish summasini ifodalaydi. Ko‘rsatkich korxona buxgalteriyasida mavjud
aylanma mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qarab ikki yo‘l bilan aniqlanadi.
Agar korxonada yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan ikkinchisi to‘g‘risida
ma’lumotlar bo‘lsa, ya’ni, aylanma mablag‘larni bir marta aylanishi uchun sarf qilgan
o‘rtacha kalendar kunlar ko‘rsatkichi bo‘lsa quyidagi yo‘l bilan hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |