9
rivojlantirishni
jadallashtirdi,
rivojlantirishni
ifodalovchi
miqdoriy
va
sifat
ko‘rsatkichlarining mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlari, o‘sish sur’atlari tubdan
ko‘tarildi. Lekin to‘qqizinchi besh yillikdan e’tiboran yana taraqqiyot sur’atlari
pasaya boshladi, chunki boshlangan islohot takomillashtirilmadi, oxirigacha olib
borilmadi. Rivojlanish sur’atlari yildan-yilga pasayaverdi – bu turg‘unlik yillari edi.
1990 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi, iqtisodiyot orqaga
keta boshladi. Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi. 1991 yildan
boshlab O‘zbekiston ham iqtisodiy inqirozga uchradi.
Sobiq Ittifoq rahbariyati bu holatni sezib, inqirozdan chiqish yo‘llarini qidira
boshladilar. Bu muammoni yechish uchun ikki yo‘l bor edi:
- birinchidan, ittifokdosh respublikalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish;
- ikkinchidan, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish zarur edi.
Ana shunday iqtisodiy inqiroz paytida sobiq SSSR ning
tarqatilishi ittifoqdosh
respublikalarning hammasini mustaqil davlatlarga aylanishini va bozor iqtisodiyotiga
o‘tishlarini tezlashtirdi.
Biroq O‘zbekiston o‘z xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish dasturini
ilgariroq ishlab chiqib, 1990 yilning oktyabr oyida o‘tkazilgan respublika Oliy
Kengashining majlisida qabul qilindi. Demak, O‘zbekiston bozor munosabatlariga
o‘tish borasida o‘z yo‘lini izlab topib, o‘z andozasini ishlab chiqib, mamlakatda
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda va demokratik
tamoyillar asosida qurmoqda.
Xalq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, rivojlantirish korxona va
tashkilotlarning moliyaviy holatini, tutgan o‘rnining ahamiyatini tubdan o‘zgartiradi,
korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy natijalari ularning ishini baholashda
asosiy ko‘rsatkichlarga aylanib qoladi. Bozor munosabatlari bozor iqtisodiyotining
shakllanishi, rivojlanishi davrida korxona va tashkilotlarning
moliyaviy holati
ahamiyatining ko‘tarilishiga quyidagi vaziyatlar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimini bozor munosabatlari bilan almashtirish
korxonalar faoliyati natijalarini baholash mezonini tubdan o‘zgartiradi. Agar ilgari
korxonalar faoliyatining natijalari, avvalambor, ishlab chiqarish dasturining bajarish,
ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi bilan ifodalangan bo‘lsa, bozor
munosabatlari davrida korxonalar faoliyati moliyaviy natijalar va moliyaviy
ko‘rsatkichlar — foyda hamda rentabellik ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Bu o‘z
navbatida bozor munosabatlari davrida korxonalar faoliyatining moliyaviy holatiga
e’tibor oshayotganligidan dalolatdir.
2. Jamiyatda foydalanilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan qat’iy nazar
korxonalar faoliyatini tashkil qilish uchun xo‘jalik yuritish usullaridan foydalaniladi.
Shunday usullardan biri xo‘jalik hisobi usulidir. Xo‘jalik hisobi usuli sobiq Ittifoq
davrida shakllandi va mamlakatimizda keng foydalanildi. Chunki o‘sha davrda
korxona va tashkilotlar faoliyati xo‘jalik hisobi tamoyillari asosida tashkil qilingan
edi.
Lekin o‘sha davrda ko‘pgina korxona va tashkilotlar faoliyatida xo‘jalik hisobi
rasmiy ravishda foydalanilgan edi. Ko‘p tarmoqlar va
korxonalar davlat budjetiga
hech qanday foyda keltirmadi, ya’ni doimo zarar bilan ishlab, davlatdan hamma vaqt
dotatsiya va subsidiya olib, hayot kechirardi. Demak, bu korxona va tashkilotlar
10
xo‘jalik hisobining asosiy tamoyili — o‘z-o‘zini oqlash, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish
tamoyillarini amalga oshirmaganlar. Chunki bu holat ma’muriy
buyruqbozlik va
rasmiyatchilik tizimining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lgan edi.
Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan moliyaviy yakunlar asosiy
ko‘rsatkichlarga aylanar ekan, korxonalar faoliyatida endi yuzaki emas, haqqoniy
xo‘jalik hisobi amalga oshirilishi lozim. Demak, korxonalar faoliyatining moliyaviy
natijalari tutgan o‘rni oshib boradi, bozor munosabatlari xo‘jalik hisobi usulini inkor
etmay, uni qabul qiladi va haqqoniy xo‘jalik hisobini amalga oshiradi.
3. Ma’lumki, markazlashtirilgan rejalashtirish ma’muriy buyruqbozlik va
rasmiyatchilik davrida korxonalarning mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlari asosan davlat
budjeti tomonidan moliyalashtirish yo‘li bilan qoplanar edi, chunki xalq xo‘jalik
ijtimoiy ishlab chiqarish mamlakatimizda, asosan bir ijtimoiy-iqtisodiy ukladdan
iborat bo‘lgandi va davlat rejalariga binoan uning buyurtmalarini bajarish bilan
shug‘ullanardi.
Bozor munosabatlari davrida ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti shakllanar ekan,
davlat ukladida ham bozor munosabatlari, keng foydalanilar ekan, korxona va
tashkilotlarning
mablag‘larga
bo‘lgan
ehtiyojlari
tabiiy
ravishda
asosan
moliyalashtirish orqali emas, balki kreditlashtirish, ya’ni banklardan kreditlar olish
orqali qondirilishi mumkin. Buning uchun korxonalar o‘z faoliyatini samarali tashkil
qilishlari, olingan kreditlarni o‘z vaqtida
qaytib berish qobiliyatiga, ya’ni kerakli
darajada moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lishlari kerak.
4. Markazlashtirilgan rejalashtirish va bozor munosabatlarini shakllantirish
tizimidan qat’iy nazar xalq xo‘jaligini rivojlantirishda davlatning ishtiroki,
aralashuvi, uning boshqaruv roli tabiiy ravishda bo‘lishi kerak.
Lekin markazlashtirilgan rejalashtirish tizimida butun korxona va tashkilotlar
davlatniki bo‘lganligi hamda uning qaramog‘idaligi uchun doimo davlat
rahnamoligidan foydalanganlar, davlat ularga hamma vaqt yordam berib turgan.
Bozor munosabatlari davrida esa davlat tomonidan yordam doimo kamayib
boradi. Korxona va tashkilotlar keng iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lib, o‘z
faoliyatiga o‘zlari javob berishlari lozim. Shuning uchun ham korxona va tashkilotlar
o‘zlarining kerakli moliya holatiga ega bo‘lishlari kerak.
5. Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalararo raqobat bo‘lgan emas.
Ularning hammasi davlat rejalariga asosan faoliyat ko‘rsatishgan. Iqtisodiy nuqtai
nazardan og‘ir holatga tushib qolgan korxonalar davlatdan olingan yordamga
asoslanib o‘z faoliyatini davom ettiraverganlar. Og‘ir moliyaviy holatga tushib
qolgan korxonalarni sinish tizimi bo‘lgan emas.
Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan korxonalararo raqobat tizimi
shakllandi. Agarda korxonalar og‘ir moliyaviy holatga tushib qolsa,
olingan ssuda va
qarzlarni o‘z vaqtida qaytib bera olmasa, bu korxonalar ustidan xo‘jalik sudiga bank
va kreditorlar tomonidan arizalar tushadi va xo‘jalik sudi bu korxonalarni sindi yoki
bankrot bo‘ldi deb qarorlar qabul qiladi. Demak, korxonalar bankrotlikka
uchramaslik uchun bozor munosabatlarining talablariga javob bera borib, o‘z
faoliyatini yaxshi moliyaviy holatda ushlab turishlari lozim.
6. Pirovardida bozor munosabatlari davrida korxonalar moliyaviy holatining
ahamiyati oshib borishi to‘g‘risida gap borar ekan, yana bir narsani ta’kidlash lozim.
11
Respublika jahon bozor iqtisodiyoti munosabatlariga kirib borarkan hamda
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bo‘lar ekan, respublikada hisob va hisobot
tizimlari xalqaro andozalarga o‘tkazilishi lozim. Bu milliy schyotlar tizimidan
foydalanishni, hisob va hisobot tizimlarini bozor iqtisodiyoti talablariga moslab
takomillashtirishni, moliyaviy hamda boshqaruv hisobi va hisoboti tizimlarini tatbiq
qilishni talab etadi. Bu tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri korxonalarning
moliyaviy holatini yaqqol ko‘rsatib berish va har tomonlama ifodalashni talab etadi.
Chunki bozor munosabatlari davrida korxonalarning moliyaviy holati ham
nazariyada, ham amaliyotda asosiy muammoga aylanadi.
Shunday qilib, xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilishi,
respublikada
bozor iqtisodiyoti shakllanishi munosabati bilan korxonalarning moliyaviy holatiga
e’tibor oshib boradi. Demak, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish eng
dolzarb masalalarga, shuningdek, moliyaviy tahlil uslubini o‘rganish, o‘zlashtirib
olish xalq xo‘jalikning, butun iqtisodiy idora va organlarning, tashkilotlarning eng
asosiy vazifalaridan biriga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: