Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/66
Sana19.04.2023
Hajmi1,05 Mb.
#930390
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

 
 
 
 
 
 
1-chizma. Korxona mablag‘larining immobilizatsiya shakllari 
 
Uzoq muddatli aktivlar 
Joriy aktivlar 
Asosiy vositalar 
Nomoddiy aktivlar 
Uzoq muddatli moliyaviy 
qo‘yilmalar 
Ishlab chiqarish zaxiralari 
xarajatlari 
Debitorlik qarzlari 
Qisqa muddatli moliyaviy 
qo‘yilmalar
(qimmatli qog‘ozlar) 
Pul mablag‘lari 


19 
Uzoq muddatli aktivlar bir qancha ishlab chiqarish davri foydalaniladigan 
mablag‘lar bo‘lib, ular, demak, darhol naqd pulga aylanmaydigan mablag‘lardir. 
Harakatchan mablag‘lar, ya’ni joriy aktivlar esa bir ishlab chiqarish davrida 
foydalanadi va ular, demak, darhol naqd pulga aylanishi mumkin. 
Korxona mablag‘larining manbalari korxonaga tegishli manbalar va qarz 
manbalari, ya’ni majburiyatlar shaklida bo‘lishi mumkin. Ular ham o‘z navbatida har 
xil manba turlariga bo‘linadi. Bularni quyidagi 2-chizma tasvirida ko‘rishimiz 
mumkin. Korxonalarning mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlari mulk va xo‘jalik yuritish 
shakllaridan qat’iy nazar, avvalambor, ularga tegishli manbalar hisobidan qoplanishi 
lozim va qolgan qismi tashqaridan jalb etilgan qarz-majburiyatlar hisobidan 
qoplanishi mumkin. 
Ko‘rinib turibdiki, qarz manbalari uzoq va qisqa muddatli, banklardan olingan 
kredit shaklida yoki boshqa tashkilotlardan, korxonalardan olingan qarzlar hamd a 
ularga kreditorlik qarzlari shaklida bo‘lishi mumkin.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-chizma.
Buxgalteriya 
nazariyasining 
rivojlanishi, 
iqtisodiy 
tahlil 
usullarini 
takomillashtirilishi xalq xo‘jaligining rivojlanish bosqichlarida hisob va tahlil oldiga 
yangi vazifalar qo‘yilishi munosabati bilan korxona buxgalteriya balansining tuzilishi 
takomillashib bormoqda. 
O‘zlik mablag‘larning 
manbalari 
Majburiyatlar 
Nizom fondi qo‘shimcha va 
reaerf kapitali 
Jamg‘arma va ijtimoiy soha 
fondlari 
Maqsadli moliyalashtirish 
va tushumlar 
Taqsimlanmagan foyda 
Uzoq muddatli kreditlar va 
qarzlar 
Qisqa muddatli kreditlar va 
qarzlar 
Kreditorlik qarzlari 


20 
S.Q.Taturning
1
ma’lumotlariga qaraganda 30-yillarning oxirida korxona 
balansining tuzilishi quyidagicha bo‘lgan: 
Aktiv 
1. Asosiy va mavhum umumiy mablag‘lar. 
2. Me’yorlashtirilgan mablag‘lar (korxonaga tegishli va kreditlashtirilgan). 
3. Kapital ta’mirlashdagi mablag‘lar. 
4. Hisob-kitobdagi mablag‘lar va boshqa aktivlar. 
Passiv 
1. Korxonaga tegishli mablag‘lar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar. 
2. Qisqa muddatli bank kreditlari. 
3. Kapital ta’mirlash uchun xarajat manbalari. 
4. Boshqa passivlar. 
Balans aktivining birinchi bo‘limida asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalarni 
moliyalashtirish, mavhum umumiy mablag‘lar, korxonaning ichki hisob-kitoblari va 
fondlarga ajratmalar ko‘rsatilardi. 
Aktivning ikkinchi bo‘limida materiallar, xomashyo, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulotlarning ombordagi qoldig‘i va ta’minlovchilar ifodalanar 
edi. 
Uchinchi bo‘limda tugallangan va tugallanmagan kapital ta’mirlash hamda 
pudratchilar bilan hisob-kitob ko‘rsatilardi. 
Aktivning to‘rtinchi bo‘limida esa, tovarlarning qiymati, pul mablag‘lari va 
hisob-kitobdagi mablag‘lar o‘z aksini topardi. 
Balans passivining birinchi bo‘limida korxona fondlarini moliyalashtirishga 
ketgan mablag‘lar, uzoq muddatga olingan kreditlar, kreditorlik qarzlari va korxona 
foydasi ko‘rsatilar edi. 
Ikkinchi bo‘limida korxonaning xomashyo materiallariga, tugallanmagan ishlab 
chiqarishga va tayyor mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash uchun olingan bank 
kreditlari ko‘rsatilardi. 
Uchinchi bo‘limda kapital ta’mirlashni moliyalashtirishga ketgan mablag‘lar, 
amortizatsiya fondi, pudratchilar bilan hisob-kitoblar kapital ta’mirlashni bajarish 
uchun olingan bank ssudalari ko‘rsatilgan. 
Passivning to‘rtinchi bo‘limida kreditorlar, maxsus fondlar zaxiralar va maqsadli 
moliyalashtirishga ketgan mablag‘lar ko‘rsatilar edi. 
Ko‘rinib turibdiki, bu davrda to‘rt bo‘limli korxona balansi tuzilardi. Keyingi 
paytlarda besh bo‘limli balans tuzilgan va ko‘p yillar foydalanilgan. Bu balans 
quyidagi shaklda bo‘lgan: 
Aktiv 
1. Asosiy vositalar va aylanmadan tashqari aktivlar. 
2. Me’yorlangan aylanma mablag‘lar. 
3. Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar. 
4. Kapital mablag‘lari va xarajatlar. 
5. Asosiy podani shakllantirishga ketgan xarajatlar. 
1
Татур С.Қ. Анализ хозяйственной деятельности промышленных предприятий. - М., 1940.


21 
Passiv 
1. Korxonaga tegishli mablag‘lar manbalari va ularga tenglashtirilgan 
mablag‘lar. 
2. Me’yorlangan aylanma mablag‘lari uchun olingan kreditlar. 
3. Banklardan olingan har xil kreditlar, hisob-kitoblar va boshqa passivlar. 
4. Kapital qurilish mablag‘larining manbalari. 
5. Asosiy podani shakllantirishga ketgan xarajatlarni moliyalashtirish, 
Shuni ta’kidlash kerakki, yangi balans tizimida faqat bo‘limlarning soni, 
ularning nomlari o‘zgarishi bilan birga balans bo‘limlarining mazmuni, tarkibi ham 
o‘zgardi. 
Balans aktivining birinchi bo‘limida asosiy va mavhum umumiy vositalardan 
tashqari, yana aylanma mablag‘larini tarmoq miqyosida qayta taqsimlash, korxona 
foydasi, tovar-moddiy resurslarini arzonlzshtirish va korxona zararlari ko‘rsatilgan. 
Ikkinchi bo‘limda xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, sotib olingan 
yarim fabrikatlar, yoqilg‘i, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, past qiymatli va tez 
eskiradigan mol, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va tovarlar aks 
ettirilgan. 
Uchinchi bo‘limda pul mablag‘lari, foydalanilgan, uzoq muddatga olingan bank 
kreditlari, jo‘natilgan tovarlar, debitorlik qarzlar ishchi va xizmatchilar bilan hisob-
kitoblar ifodalangan. 
Balans passivining birinchi bo‘limida korxonaning nizom fondi, asosiy 
vositalarning eskirish summasi, me’yorlangan aylanma mablag‘larini ko‘paytirish 
maqsadida budjetdan olingan mablag‘lar, shu maqsadda banklardan olingan ssudalar, 
davlat dotatsiyasi, buyurtmachilardan olingan avanslar ko‘rsatilar edi. 
Ikkinchi bo‘limda esa korxona mablag‘larining aylanmasi uchun olingan 
ssudalar, moddiy resurslar uchun olingan ssudalar, tayyor mahsulot va tovarlar 
ifodalangan. 
Uchinchi bo‘limda hisob-kitob hujjatlari ustidan olingan ssudalar, shartnomalar
aylanma mablag‘larni vaqtincha to‘ldirib turish uchun olingan avanslar, 
ta’minotchilar bilan hisob-kitoblar uchun olingan ssudalar, uzoq muddatga olingan 
kreditlar, kreditorlik qarzlar, maxsus fondlar, amortizatsiya fondi va boshqa passivlar 
ko‘rsatilgan. 
Besh bo‘limli balansdan keyin uch bo‘limli balansga o‘tildi bu balansdan 1993 
yilgacha foydalanilgan. Bu balans quyidagi shaklda tuzilgan edi:

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish