176
- statistik ko’rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar);
- sezgirlik usuli (bitta risk omili o’zgarishining loyiha samaradorligi
mezonlarining o’zgarishiga bog’liqligini tadqiq qilish);
- kritik nuqtalarni aniqlash usuli;
- ssenariylar usuli;
- Monte-Karlo usuli;
- diskontlash stavkasini o’zgartirish usuli va boshqalar.
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda muayyan turdagi riskning ko’payishi yoki kamayishiga
ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar
aniqlanadi;
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o’tkaziladi;
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai
nazardan aniq ko’rinishdagi risk tahlili olib boriladi:
a) loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni
aniqlash;
b) investitsiya loyihasida ishtirok etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligini (moliyaviy mablag’lar qo’yilmasining samaradorligini) aniqlash;
- to’rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo’yicha alohida
operatsiyalar tahlili o’tkaziladi;
- beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar
hajmi aniqlanadi;
- oltinchi - so’ngi bosqichda, ko’rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo’yicha
ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo’qotish yoki pasaytirish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Odatda, bunday vaqtlarda turli xil
yo’qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham
ko’rib chiqish mumkin.
Loyiha risklarini aniqlash, tadqiq qilish, baholash va pasaytirish tadbirlarida
risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari; loyiha
risklarini boshqarishning axborot ta’minoti; risklarning monitoringi va istiqbolini
belgilash; risklarning oldini olish; risklarni kamaytirish texnologiyalari; risklarni
178
Sezgirlik tahlili loyihaning o’xshash parametrlaridan biri o’zgarganda, loyiha
samaradorligi qay darajada o’zgarishiga miqdoriy baho berishda qo’llaniladi.
Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi
omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o’tkazish tavsiya etiladi.
“Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan
tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgan holdagi sotish hajmi
aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo’lsa, korxona zararlarni qoplashi
mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo’lsa, korxona ishini zararsiz olib
borayotgan bo’ladi. “Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi
miqdorini topish maqsadida qo’llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo’lsa,
korxona zararga ishlayotgan bo’ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va
qiymatni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: