O’zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo’lgan sanoat tarmoqlari
Guruhlar
Iqtisodiyot
sektorlari
Iqtisodiyot
tarmoqlari
Raqobat
afzalliklari
Kuchli raqobat
mavqeiga ega
bo’lgan tarmoqlar
Xom ashyo va qazib
chiqarish
Rangli metallurgiya,
paxtani qayta ishlash,
neft-gaz, og’ir sanoat
Yuksak
raqobatdoshlik
afzalliklariga ega
Nisbiy
raqobatdoshlik
mavqeiga ega
bo’lgan tarmoqlar
Iste’mol tovarlari
ishlab chiqarish
mashinasozlik,
avtomobilsozlik, engil,
kimyo, oziq-ovqat
Nisbatan past
raqobatdoshlik
afzalliklariga ega
Potentsial
raqobatdoshlik
mavqeiga ega
tarmoqlar
Yuqori qo’shilgan
qiymatga ega tayyor
mahsulotlar ishlab
chiqarish
Mikroelektronika-
axborot kompleksi,
farmatsevtika,
mikrobiologiya
Potentsial
rivojlangan
raqobatdoshlik
afzalliklariga ega
Manba:
www.ecsoman.edu.ru- internet sayt ma’lumotlari
Qayta ishlash tarmoqlarida birinchi kategoriyali kuchli raqobatdosh
guruhiga sanoatning quyidagi xomashyo va qazib chiqarish sektorlari kiradi:
neft-gaz, rangli metallurgiya, paxtani qayta ishlash sanoati. Ushbu tarmoqlar
hissasiga mamlakat sanoat eksportining 70 foizdan ortig’i to’g’ri keladi. Tashqi
bozorda tarmoqning raqobatdoshligini aks ettiradigan ko’rsatkich hisoblangan
umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlari ulushi o’sish
tendentsiyasiga ega: rangli metallurgiyada 72 dan 85 foizga, qora metallurgiyada
28,2 dan 55 foizga, neft-gaz sohasida 20,1 dan 47 foizga, paxta tozalashda 87
foizdan 90 foizga o’sgan. Ushbu tarmoqlarning raqobatdoshlik indikatori boshqa
ishlab chiqarish turlariga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.
Raqobatdoshlik salohiyatiga ega bo’lgan istemol tovarlari ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan ikkinchi guruh tarmoqlarga quyidagi tarmoqlar
kiradi: engil sanoatning qayta ishlash tarmoqchalari, oziq-ovqat sanoati,
avtomobilsozlik. Mahalliy iste’mol tovarlari raqobatdoshligi indeksi xomashyo
50
ishlab chiqarishdagi shakllangan raqobatdoshlik ko’rsatkichiga nisbatan
birmuncha past. Umumiy ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlarining
engil sanoatdagi ulushi 35 foiz, mashinasozlikda 25,5 foiz, oziq-ovqat sanoatida
5 foiz. Ushbu tarmoqlarning tashqi bozordagi raqobatdoshligi sanoatning
o’rtacha darajasidan taxminan 20-25 foiz past hisoblanadi
22
.
Umuman olganda sanoat tarmoqlarining raqobatdoshligining pastligi
muammosi saqlanib qolmoqda. Qayta ishlash sektori tarmoqlaridagi asosiy
mahsulotlarni ishlab chiqarishning ichki xarajatlari jahondagi o’rtacha narx
darajasiga yaqinlashib qolgani holda, ba’zi mahsulotlar turlari bo’yicha o’rtacha
jahon bahosiga nisbatan yuqori. Ushbu tendentsiya moddiy texnika va
energetika xarajatlari ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotgani bilan
belgilanadi.
O’zbekistonning bozor iktisodiyotiga o’tish boskichida marketingning
asosiy vazifasi raqobatli bozor muhitini shakllantirishdir. Mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilari o’rtasida rakobat quyidagilarni ta’minlaydi:
Korxonalarining tashkiliy huquqiy turli shakllari, ko’p ukladli iqtisodiyotni
shakllantirish va rivojlantirish:
Korxonalari mahsulotlarini sotish sohalarini rivojlantirish:
Vositachi
korxonalarning
narxlarini
oshirish
kabi
monopollashuv
shartnomalariga yo’l qo’ymaslik:
Tovar bozoridagi harakat yullaridagi to’siqlarni bartaraf etish:
Xozirgi zamon bozorida muvaffaqiyatga erishish, ilmiy texnika natijasida
firmaning ishlab chiqarish, moliyaviy va texnologik saloxiyati bilan emas, balki
marketing tadqiqotlari o’tkazishdagi faollik, tashabbuskorlik va tajribasi bilan
aniqlanadi degan fikr- muloxazalar xukm surmokda. Buni tasdiqlovchi xaqiqat
shuki, keyingi 10-15 yilda marketing tadqiqotlari zamonaviy biznesning katta
mustaqil sohasiga aylanib ketdi. Ma’lumotlarga ko’ra 50 foizdan ko’p
amerikalik, 86 foiz evropalik va 60 foiz Yaponiya biznesmenlari, firma va
kompaniyanlari marketing tadqiqotlari o’z kuchlari bilan olib borganlar.
22
Strategiya dalneyshego povisheniya konkurentosposobnosti natsionalnoy ekonomiki: materiali chetvertogo foruma
ekonomistov / otv.red. M.P. Narzikulov. –Tashkent: BaktriaPress, 2012. S. 29.
51
Qolganlarga esa maxsus tadqiqot muassasalariga murojaat qilishadi. Xozir
marketing tadqiqotlari bilan juda ko’p ilmiy - tekshirish byurolari, firmalari,
agentliklari, universitetlari, davlat muassasalari shug’ullanmokda. Masalan,
G’arbiy Germaniyada 120 dan ko’prok 3 ming kishilik ilmiy xodimlari bo’lgan
tashkilotlar marketing tadqiqoti olib bormokda. Frantsiyada bunday muassasalar
100, Angliyada 200, AQSH da 800 dan ko’prok bo’lib, bir yilda 1 milliard
dollar atrofida mablag’ aylantiradi.
OATB “Mikrokreditbank” muvaffaqiyatining asosiy sabablaridan biri
ham uning biznesni diversifikatsiyalash strategiyasidan unumli foydalanganida
bo’ldi. Biznesni 2005 yilda sovun ishlab chiqarishdan boshlagan kompaniya, sal
keyinroq, kir yuvish vositalari mahsulotlari ham sotishni yo’lga qo’ydi va
bozorda munosib o’ringa ega bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay, diversifikatsiya
strategiyasiga amal qilgan holda kompaniya o’zi uchun yangi bo’lgan biznes –
kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishga kirishdi. Va chet ellik hamkorlar
yordamida mamlakatimizda birinchi bo’lib kosmetika ishlab chiqarishni
o’zlashtirdi.
Aytish mumkinki, har qanday xususiy biznesning rivoji avvalambor
mamlakatda unga yaratilgan shart-sharoitlar, keng yo’l, so’ngra, asoschilarning
tashabbuskorligi va mehnatsevarligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, biznes
yuritishning zamonaviy texnologiyalari va usullaridan qanchalik omilkorlik
bilan foydalanishiga bog’liqdir.
Ish yakunida biznesda diversifikatsiya strategiyasidan foydalanish
bo’yicha quyidagi xulosa va takliflarga kelindi:
1. Xususiy biznesni rivojlantirish strategiyalari ichida kompaniya faoliyatini faol
diversifikatsiya qilish strategiyasini eng samarali vositalardan biri, deb
hisoblaymiz;
2. OATB “Mikrokreditbank” misolida aytish mumkin-ki, diversifikatsiyani
qo’llashdan oldin joriy faoliyatni har tomonlama tahlil qilish, moliya va
imkoniyatlarni xolis baholash hamda hisoblab chiqishdan keyingina amalga
oshirilishi lozim;
52
3. Diversifikatsiyani amalga oshirish uchun kompaniya boshqaruv tizimi, biznes
yo’nalishlar orasidagi o’zaro munosabatlar, mijozlar bilan ishlash tartiblarini
to’liq qaytadan isloh qilish va optimallashtirish maqsadga muvofiq;
4. Kompaniya yanada rivojlanib borishi uchun bozordagi o’zgarishlarni doimiy
kuzatib borishi, boshqaruvning korporativ uslublarini joriy etishi, boshqaruvga
qarindosh-urug’chilik munosabatlarining zarar qilishiga yo’l qo’ymasligi zarur.
Ana shunda, uning kelajagi yanada porloq bo’lishi shubhasiz.
Tovar raqobatbardoshligini o’rganish jarayoni murakkab va o’z ichiga
quyidagi bosqichlarni oladi:
tovar sotilish bozorini o’rganish;
raqiblar haqida ma’lumotlar yig’ish;
iste’molchilar talablarini o’rganish;
raqobatbardoshlikni oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;
ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobati qobiliyati darajasini
baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Tovar raqobatbardoshligining asosiy sharti quyidagi ko’rinishiga ega bo’lgan
boshqa xuddi shunday tovarlarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan
iborat:
K=S/I
b
→ max
bu erda S- tovarning foydali samarasi, I
b
- tovarni xarid qilish va foydalanish
bo’yicha xarajatlar(iste’mol bahosi).
Tovar raqobatbardoshligini ta’riflovchi ko’rsatkichlarning eng asosiylari
quyidagilardir:
1. Me’yoriy ko’rsatkichlar
1
1
Do'stlaringiz bilan baham: |