2.2. OATB «Mikrokreditbank»da raqobat strategiyalari va taktikalaridan
foydalanish holati tahlili
Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o’zining bevosita
raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristika va
xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g’oyatda xilma-xil bo’lishi va
tovarning o’ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo’shimcha
xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo’lishi, hamda
firma yoki tovarga xos bo’lishi mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy bo’ladi
va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo’lgan
raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi
deb ataladi.
Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman
olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan
kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin
Agar raqobatli afzallik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan
bo’lsa, u “tashqi” afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi
yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo’ladi.
Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning “bozor qudratini” oshiradi,
ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini
qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib
turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi.
42
Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya - bu
differentsiatsiya strategiyasi bo’lib, bu strategiya firmaning marketing
sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning
istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi.
Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani
boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga
erishishga imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi
tovarga asoslangan bo’lsa, bunday afzallik “ichki afzallik” deb ataladi.
Ichki raqobatli afzallik - firmaga ko’proq rentabellik keltiruvchi va uni
sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko’proq
darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir.
Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya - bu xarajatlar bo’yicha
afzallik strategiyasi bo’lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish
“nou-xau”siga asoslanadi.
Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo’lgan bu ikki turi
ko’pincha bir-biriga to’g’ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi
ko’nikma va madaniyatni talab qiladi.
OATB “Mikrokreditbank”ning raqobatbardoshligini tahlil qilish uning
birinchi navbatda uning ichki imkoniyatlari, kuchli tomonlarini aniqlashga
asoslanadi. Jamiyatning asosiy raqobatchilari tumanda joylashgan qurilish
mollari xususan g’isht ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi.
Korxona faoliyatini baholovchi muhim ko’rsatkichlardan biri rentabellik
darajalari hisoblanadi. Rentabellik ko’rsatkichlarini turli yo’nalishlar bo’yicha
hisoblash mumkin xususan,tovar aylanish rentabelligi, davr(muomala)
xarajatlari rentabelligi, aktivlar va xususiy kapital rentabelligi va boshqalar.
Rentabellik ko’rsatkichlari har qanday tadbirkorlik faoliyatining baholash
mezonlaridan biri hisoblanadi.
Rentabellik ko’rsatkichi sof foydaning alohida moliyaviy ko’rsatkichlarga
bo’lish orqali hisoblanadi. Bunda ushbu moliyaviy ko’rsatkichlarning sarflanishi
natijasida qanday samaradorlikka erishilganini anglash mumkin.
43
2012 yilda OATB «Mikrokreditbank» bir qator xalqaro moliyaviy
institutlar bilan samarali hamkorlikni davom ettirdi. Bankning muvaffaqiyatli
faoliyati mashhur xalqaro reyting agentliklari va moliyaviy-tahliliy nashrlar
muntazam e’lon qiladigan obro’li reyting-varaqlarida o’z aksini topadi. «Fitch
Ratings» va «Ekspert RA» (Rossiya) agentliklari Bankka reyting kredit
layoqatining barqaror va istiqbolli prognozlari bo’lgan darajasini belgilaganlar.
Hisobot yilida Xitoy Davlat rivojlanish banki bilan OAJ «Farg’onaazot»
loyihasini moliyalashtirish uchun 8,5 mln. AQSH doll. miqdorida Qarz Bitimi
imzolangan edi. SHuningdek Xitoyning Eksport-import banki bilan 2012 yilda
kichik va xususiy tadbirkorlikning loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 mln.
AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ajratish to’g’risida kelishuvga
erishildi.
«DEU kapital» korporatsiyasi (Janubiy Koreya) va «Tsentrinvestkapital»
banki (Rossiya) bilan hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolangan, ular bilan
birgalikdagi investitsion faoliyat, yangi bank xizmatlarini joriy etishning
istiqbollari ko’rib chiqilmoqda.
Islom Taraqqiyot banki va kichik biznes vakillari – OATB
“Mikrokreditbank”ning mijozlari o’rtasida «O’zbekiston tijorat banklari uchun
global moliyalashtirish liniyasi» bo’yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun
Agentlik va Lizing bitimlari imzolangan.
Bundan tashqari, Bank mavjud va yangi hamkorlari bilan – AQSH, Osiyo
va Evropaning xalqaro moliyaviy institutlari va etakchi banklari, jumladan
Jahon Tiklanish va Taraqqiyot banki (JTTB), Landesbank, Commerzbank,
HVB, KfW, Dresdnerbank, JP Morgan Chase, Barclays Commercial Bank,
VSR, KBC, HSBC, American Express Bank, UBS, Citigroup, BNP Paribas,
Xususiy Sohani rivojlantirish bo’yticha Islom Korporatsiyasi, «Renessans
Kapital» moliyaviy guruhi, «LFS Financial Systems» Konsalting guruhi,
Mizuho Bank Ltd, Sumitomo Banking Corporation va boshqalar bilan faol
hamkorlikni davom ettirdi.
44
Eksport-sug’urta agentliklari HERMES (Germaniya), SACE (Italiya),
EGAP (Chexiya), SINOSURE (KNR), Mehib (Vengriya), OeKB (Avstriya),
ODL (Lyuksemburg) va OND (Belgiya) bilan hamkorlikning yuksak sur’atlari
tutib turilmoqda.
OATB “Mikrokreditbank” etakchi xorijiy va respublika kredit, moliyaviy
tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilib, o’z mijozlariga xalqaro hisob-kitoblar
sohasida xizmatlarning keng ko’lamini taklif etadi, mijozlarga qulayroq xizmat
ko’rsatish sharoitlarni ta’minlaydi.
OATB “Mikrokreditbank” 350 dan ortiq vakil banklarga ega, jumladan 50
dan ortiq davlatlarda 338 xorijiy banklarga ega, ularning ichida UBS AG,
Dresdner Bank AG, Deutsche Bank AG, Citibank N.A., JP Morgan Chase Bank,
American Express Bank Ltd., Credit Suisse, BNP Paribas S.A. kabi birinchi
darajali Evropa va Amerika banklari bor.OATB “Mikrokreditbank”
respublikaning muvaffaqiyatli, chet elda tan olingan banklaridan biri bo’lib,
mijozlariga tashqi iqtisodiy faoliyati yuzasidan majmuaviy xizmat ko’rsatish,
malakali maslahat berishni taklif qiladi, zarur bo’lganda esa individual hisob-
kitob sxemalarini ishlab chiqadi, bular uning xalqaro moliyaviy bozorlaridagi
yuqori ish obro’sidan dalolat beradi.
Bank tizimidagi asosiy mijozlar neft-gaz, yonilg’i, kimyoviy sanoat
korxonalari, shuningdek energetika, mashinasozlik va qurilish korxonalaridir.
2012 yil mobaynidaOATB “Mikrokreditbank” tizimida umumiy qiymati
7 333,8 mln. AQSHdollari bo’lgan 3635 ta eksport kontraktlari ro’yxatga olindi.
Ichki valyuta bozoridagi asosiy manbalar valyuta tushumining 50 % lik
majburiy sotilishi va Bankning jalb etilgan mablag’lari bo’lganligini hisobga
olib, bank eksport tushumini oshirish va majburiy sotish prognozini bajarish
choralariga katta ahamiyat berildi. 2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra valyuta
tushumi 647,5 mln. AQSH doll.ni tashkil etdi va 196,6 mln. AQSH doll.
miqdorida majburiy sotilishi amalga oshirilgan, bu esa belgilangan prognozdan
101,6% ni tashkil etadi. Prognoz 101,6% ga bajarilgan. 2012 yilda eksportyor
mijozlarga xizmat ko’rsatish Bank uchunasosiy ustuvor yo’nalish bo’lgan,
45
chunki bozorning ushbu qismi respublikaning eksport salohiyati ortishiga olib
keladi.
Hujjatli operatsiyalar bank tizimining xalqaro hisob-kitoblari sohasida
muhim asbob bo’ladi. Bunda akkreditivlar kontragentlar o’rtasida
munosabatlarni yo’lga qo’yishda muhim o’rin tutadi va chet el davlatlari bilan
ishlar uchun juda ishonchli rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
2012 yilda eksport va importakkreditivlarining hajmi ancha ortgan. Xorijiy
banklar
bilan
birga,
2007
yil1
iyuldan
boshlab,
OATB
“Mikrokreditbank”Hujjatli akkreditivlar uchun Unifikatsiyalangan qoidalar va
odatlarning yangi turiga tayanadi, nashr MTP №600, Parij – 2007 yil tahriri.
Bankning ishonchli hamkor sifatida barqaror obro’si tufayli, uning
akkreditiv va inkassalari jahonning barcha etakchi banklari tomonidan miqdori
420 mln. AQSH doll.dan ortiq bo’lgan bankning limitlari va kredit liniyalari
hisobiga qabul qilinadi (jumladan 30mln. AQSH doll. miqdoridagi eksport
akkreditivlar).
Vakil banklarning keng tarmog’i va zamonaviy aloqa vositalari hujjatli
operatsiyalarni eng qisqa muddatlarda amalga oshirishga imkon beradi.
Qoplangan tasdiqlangan akkreditivlar chiqarilganda xorijiy banklardan «kick-
back» shaklida daromad olishning moslashuvchan tizimi yo’lga qo’yilgan.
Hisob-kitoblarning hujjatli shakllarini qo’llash hisobiga operatsiyalar samarasini
oshirish OATB“Mikrokreditbank” mijozlariga va vakil banklariga biznes
bo’yicha yangi hamkorlarni jalb etish, o’z savdo-iqtisodiy faoliyatini
kengaytirish va amalga oshiriladigan operatsiyalarning hajmini oshirish
imkoniyatini yaratmoqda. Borgan sari ko’proq xorijiy banklar, ayniqsa Rossiya,
Evropa va Xitoyning eng yirik banklari hujjatli operatsiyalar sohasida OATB
“Mikrokreditbank” bilan ishlash niyatini bildirmoqda.
2012 yilda hujjatli operatsiyalar bo’yicha ishlash IABS avtomatlashtirilgan
bank tizimi orqali yo’lga qo’yilgan va rivojlandi. Hujjatli operatsiyalar bo’yicha
xizmatlarni taqdim etish bo’yicha asosiy ishlar O’zbekneftgaz va uning
bo’linmalari, O’zkimyosanoat, SHo’rtan y.X.K., Farg’onaazot, Maksam
46
Chirchiq, Qizilqumtsement, B.N.Q.I.Z., Toshavtobustrans, O’zbekenergo va
uning bo’linmalari, Royson Elektroniks, Ammofos va boshqalar kabi yirik
mijozlar bilan amalga oshiriladi.
2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra 318 mln. dan ortiq AQSH doll.
miqdorida import akkreditivlari, 24 mln. dan ortiq AQSH doll. miqdorida
eksport akkreditivlari ochilgan, 2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra esa ochiq
import akkreditivlarning miqdori 325 mln. AQSH doll.dan, ochiq eksport
akkreditivlari esa - 30 mln. AQSH doll.dan oshdi. Bitimlar miqdorining ortishga
moyilligi sezilmoqda. Mijozlar topshirig’i bo’yicha hujjatli operatsiyalar AQSH
doll., Evro, Rossiya rubllari, ingliz funt sterlinglari va Yaponiya yenalarida
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |