Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov q. X., Xolmominov sh. R



Download 7,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/186
Sana29.11.2022
Hajmi7,82 Mb.
#875062
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186
Bog'liq
3782-Текст статьи-9247-1-10-20201122 (1)

bilan «toiiq» bandlik 
sotsializmdagi m ehnatning um um iyligi va 
majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir. U mehnatga 
layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishning haqiqiy 
imkoniyatlarining berilishi bilan bogiiq. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklami 
hisobga olib, to iiq ish bilan bandlik darajasi bozor iqtisodiyotiga moslashib 
boradi. Mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy xo'jalikka jalb qilishning eng yuqori 
darajasi sifatida talqin qilish ham o‘zgarib boryapti. Ish bilan to‘liq bandlikka 
aholini jalb qilishning har qanday darajasida erishish mumkin, bunda u aholining 
ish o‘rinlariga boigan ehtiyojlarini qondirishga muvofiq kelishi, taklif etilayotgan 
ish o‘rinlari iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, oqilona (samara) boiishi 
lozim. Bu o'rinda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o‘mi deganda shunday 
ish o‘mi tushuniladiki, u insonga yuksak mehnat unumdorligiga erishish va 
o'zining, oilasining yaxshi yashashi uchun yetarli boiadigan ish haqiga ega 
boiish tushuniladi, shu bilan birga bu ish o‘mi uning salomatligiga zarar 
yetkazmasligi va insoniy qadr-qimmatini yeiga unmasligi kerak.
Shunday qilib, ish bilan to iiq bandlik mehnatga qobiliyatli barcha 
fuqarolami kasbiy mehnat sohasiga jalb qilishni anglatmaydi. Inson o ‘z istagi 
bo‘yicha ijtimoiy foydali bandlik sohalaridan birini (xalq xo‘jaligidagi kasbiy 
mehnatni, uy xo'jaligini va shu kabilami) tanlashga haqlidir. Biroq tartibga 
soluvchi asosiy faoliyat turi darom ad keltiruvchi, shaxs farovonligini 
oshiruvchi va rivojlantirishini ta’minlovchi kasbiy mehnat bilan band boiishdir. 
Kasbiy mehnat bilan band b o iish darajasi xodimlar umumiy sonining 
(ular ishlayotgan korxona qanday tashkiliy-huquqiy shaklga ega boiishidan 
qat’i nazar) mehnat resurlari soniga nisbati bilan belgilanadi hamda mehnat 
unumdorligi va jamiyat rivojlanishining ijtimoiy samaradorligi sohasida 
erishilgan yutuqlami aks ettiradi. Buning ma’nosi shuki, ish bilan bandlikdagi 
mazkur proportsiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manfaatlariga, 
uni jadallashtirish natijalariga, fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini 
oshirish m anfaatlariga to iiq mos kelsa, shuningdek, so g io m avlodni 
yetishtirishga, yuqori malakali, yaxshi ta’lim olgan serharakat xodimlami
76


tarbiyalashga qulay sharoit yaratib bersa, bunday bandlik proportsiyasi eng 
maqbul (optimal) deb hisoblanadi.
Yuqorida sanab o'tilgan barcha sharoitlarga javob beradigan ish bilan 
to‘liq bandlik unumdor ish bilan bandlik deb atalishi mumkin. Bunda biz 
unumdor ish bilan bandlik samarali mehnat bilan ayni bir narsa emasligiga 
asoslanamiz. Samarali m ehnat unum dor ish bilan bandlikning tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Pirovard natijada to iiq va unumdor ish bilan bandlik 
uzviy birlikda bo‘ladi. Agar ish bilan to ‘liq bandlikka iqtisodiy jihatdan 
nomaqbul ish o'rinlari yoki munosib tirikchilik o'tkazishni ta’minlamaydigan 
ish o'rinlari bilan erishilsa, u xodimlarning kasb-malaka va ta’lim darajasiga 
yoki xalq xo'jaligidagi vazifalarga zid boisa, malakali kadrlar tayyorlash va 
normal demografik rivojlantirishni ta’minlashga xalaqit bersa, aholining bunday 
ish bilan bandligi umuminsoniy qadriyatlarga yordam bermaydi va ijobiy 
deb hisoblanishi mumkin emas.
Demak, ish bilan to iiq unum dor va erkin tanlangan bandlik, awalo, 
aholining ishga boigan ehtiyoji bilan ish o'rinlari o'rtasidagi miqdor va sifat 
munosibligi ahvolini aks ettiradi, bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratiladi, ya’ni ham ayrim shaxsning, ham umuman 
butun jamiyatning manfaatlari hisobga olinadi.
Iqtisodiy islohot jarayonida mehnat samaradorligining ortishiga qarab 
mehnat bilan bandlikning darajasi umuman mamlakat bo'yicha pasayib 
boradi. yaqin kelgusida respublikamizda ish bilan bandlikning rivojlanish 
xususiyatlari ana shunday kechadi. Bu yerda yuqori samarali iqtisodiyot nisbatan 
kamroq miqdordagi xodimlarga ehtiyoj sezadi, shu bilan birga aholining 
ishchi o'rinlariga b o ig an ehtiyoji ham kamayadi, chunki mehnat bilan 
ijtimoiy foydali bandlikning boshqa sohalariga qiziqish ortadi.
Odamlaming ijtimoiy zarur ish bilan bandlikka boigan ehtiyojini va 
uni amalga oshirish imkoniyatini rejali tartibga solib borish lozim. Bundan 
maqsad insonning faoliyat ko'rsatish, shart-sharoitlarni yaxshilash va 
iqtisodiyotni samarali ishlashini ta ’minlashdir.
Ish bilan bandlik maqomi. Ish bilan bandlik munosabatlari. Ish bilan 
bandlik m aqom i ijtim oiy foydali faoliyatda ishtirok etuvchi m ehnat 
resurslarining bir qismi uchun belgilanadi. Bular daromad olish maqsadi 
bilan tovariar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish uchun ish kuchini taklif 
qiladigan kishilar guruhi, shuningdek, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok 
etsa ham bevosita pul daromadi keltirmaydigan aholi guruhi yoxud ne’matlar 
ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bilan bevosita bogiiq boigan daromad 
keltiradigan kishilar guruhidir.

Download 7,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish