Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov q. X., Xolmominov sh. R


Korxona darajasida mehnatni boshqarish



Download 7,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/186
Sana29.11.2022
Hajmi7,82 Mb.
#875062
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   186
Bog'liq
3782-Текст статьи-9247-1-10-20201122 (1)

Korxona darajasida mehnatni boshqarish 
miqyosi va faoliyat sohasidan 
qat’i nazar, har bir korxonada mehnatni boshqarish amalga oshiriladi. Bu 
jihatdan korxonalar o'rtasida tafovut faqat boshqarish ahamiyatliligining 
darajasi, uning mazmunining toiiqligi, mazkur korxona faoliyatining pirovard 
natijalariga erishish uchun maqsadlar qo'yilishi, boshqarish obyektlari va 
funksiyalarini aniqlashdan iborat.
Korxonada m ehnatni boshqarish maqsadi — xodimlardan, jonli va 
moddiylashgan mehnatdan nihoyat darajada oqilona va samarali foydalanish hamda 
mehnatga haq toiash va mehnatni moddiy rag'batlantirishga mablag' sarflash 
bilan birgalikda fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlari va vazifalariga rioya etish.
Umumiy tarzda olib qaraganda bevosita mehnat jarayoni, mehnat jarayonidagi 
odamlar o'rtasidagi munosabatlar, ishchi kuchini tiklash korxonada mehnatni 
boshqarish obyektlari boiadi. Korxonadagi boshqarish faoliyatiga tatbiqan olib 
qaraganda ushbu obyektlami aniqlashtirish va alohida obyektlar sifatida korxona 
xodim larini boshqarish, xodim lar m ehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan 
ta’minlashni boshqarish, mehnat unumdorligi va mehnat sifatini boshqarish, 
mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag'batlantirishni boshqarish, mehnat faoiiyati 
jarayonida ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlari boshqarishni 
ajratish mumkin. O'z navbatida, yuqorida ko'isatib o'tilgan obyektlaming har 
birini ham maydaroq obyektlaiga boiish mumkin. Masalan, korxona xodimlarini 
boshqarish, xodim lam i izlash, tan lab olish, yollash, m oslashtirish, 
rivojlantirishni, ularni kasb jihatidan o'qitib o'rgatish va qayta tayyorlashni, ish 
sohasida ko'tarilishlarini rejalashtirishni, faoliyatlarini baholashni o'z ichiga oladi. 
Xodimlar mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni boshqarish mehnatni 
taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylarini tashkil etish, mehnat usullarini, 
mehnat sharoitlarini, mehnat tartibi va dam olish tartibini oqilonalashtirishni, 
mehnatni me’yorlashni, moddiy rag'batlantirishni va hokazolami nazarda tutadi.
Rejalashtirish, hisobga olish, tahlil qilish, nazorat yuritish va baholash 
korxonada mehnatni boshqarishning asosiy funksiyalaridir. Bu funksiyalar 
barcha yuqorida sanab o'tilgan obyektlarga taalluqlidir va vaqt ichida tsiklli 
tarzda takrorlanish tendentsiyasiga ega boiadi. Mazkur funksiyalar qarorlami 
asoslashga qaratilgan. Ulaming barchasi ishonchli axborotlarga asoslangan 
bo iish i lozim, mehnatni boshqarishda yangi m uammolar yuzaga kelgan 
sayin mazkur axborotlami yangilash, kengaytirish va chuqurlashtirish zarur. 
Tezkor va ko'p tom onlam a tahliliy axborot mavjudligi, rejalashtirilgan 
jarayonlami amalga oshirishni hisobga olish va nazorat qilishning doimiy
229


amal qiluvchi tizimi ishlab turganligi eng oqilona yechimlar izlashga intilishni 
yuzaga keltirishga ko'maklashadi va mehnatni boshqarish samaradorligini 
oshirish imkonini beradi.
Korxonada mehnatni boshqarishni tashkil etish obyektiv va subyektiv 
omillarga bog‘liq. Korxonaning miqyosi, ishlab chiqariladigan mahsulot, 
texnologik jarayonning murakkabligi, ishlab chiqarishning xususiyatlari va 
turi, boshqaruvchilaming malakasi va hokazolar obyektiv omillarga, rahbarlar 
tomonidan mehnat muammolariga yondashilishi subyektiv omillarga kiradi.
Respublikaning aksariyat korxonalarida yaqin vaqtlargacha mehnatni 
tashkil qilishni boshqarish asosan to'rt bo'limda: kadrlar bo'limi, mehnatni 
tashkil qilish bo‘limi, mehnat va ish haqi bo'limi hamda texnika xavfsizligi 
va mehnat muhofazasi bo'limida jamlangan edi. Mazkur xizmatlar turlicha 
tu z ila r edi. U lar b ir-b irla rid a n tu zilm asi, yuklatilgan funksiyalari, 
bo‘ysunishlari va odamlar soni bilan farqlanar edi.
Yirik korxonalarda ko'rsatib o‘tilgan bo'limlar ichida byurolar, laboratoriyalar 
ajratilar, shuningdek, mehnat fiziologiyasi, psixologiyasi va sotsiologiyasi bo'yicha 
alohida bo'linmalar tashkil qilinar hamda sexlarda tashkilotchi-muhandislar va 
me’yorlovchi muhandislar mustaqil lavozimlari kiritilar edi. O'rtacha korxonalarda 
ko'pincha atigi bir mehnat va ish haqi bo'limi tashkil etilar, unga turli byurolar 
(tarifli m e’yorlash byurosi, mehnatni tashkil qilish byurosi va boshqalar) 
kirar yoki ularda me’yorlovchi, tashkilotchi lavozimlari kiritilar edi. FGchik 
korxonalarda, odatda mehnatni boshqarish alohida xizmatlari tashkil qilinmas
ushbu masalalar bilan shug'ullanadigan shaxslar esa boshqa iqtisodiy yoki 
texnikaviy xizmatlaming tarkibiga kiritilar edi.
Hozirgi sharoitda yirik korxonalaming mustaqil tuzilmalarga ajralishi 
ro 'y berm oqda, kichik xususiy korxonalar tashkil qilinmoqda. Bunday 
korxonalarda ishlash uchun keng ixtisosdagi mutaxassis tashkilotchilar tobora 
tez-tez talab qilinmoqda.
Mehnatni boshqarish bilan shug'ullanuvchi xizmatlar turlicha bo'ysunuvda 
bo'lishlari mumkin edi. Jumladan, kadrlar bo'limi direktoming yoki kadrlar 
bo'yicha direktor o'rinbosarining bo'ysunuvida, mehnat va ish haqi bo'limi 
direktor yoki iqtisodiy masalalar bo'yicha direktor o'rinbosari yoxud bosh 
iqtisodchining buysunuvida edi. Ya’ni tuzilmaviy bo'linm alar m ehnatni 
boshqarishga taalluqli bo'lgan o'zaro bog'liq masalalami hal qilib borar ekanlar
boshqaruvning turli pillapoyalaridagi shaxslaming bo'ysunuvida bo'lar edilar. 
Keyingi vaqtlarda respublikada mehnatni boshqarishga yalpi yondashishni 
ta ’minlash uchun xodimlami boshqarishning yangi tizimlari shakllantirila 
boshlandi, ularda kadrlar, mehnat va ish haqi bo'limi, ijtimoiy rivojlanish 
bo'limi xodimlami boshqarish bo'yicha direktoming o'rinbosariga bo'ysunadi.
Chet el korxonalarida ko'pincha inson resurslarini boshqarish yagona 
xizmati ishlaydi va u kompaniya prezidentining o'rinbosarlaridan biriga 
bo'ysunadi. Bunday xizmatning tarkibida turli bo'linmalar, masalan, ishga
230


yollash va m ehnat m unosabatlari, ish haqini tashkil etish, xodim lam i 
o‘qitib-o‘rgatish boiinm alari va hokazo boiinm alar ajratiladi.

Download 7,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish