4.2. «Ishsizlik» tushunchasi va uning sinflashuvi
Ishsizlik va u bilan bog‘liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy-mehnat
munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Ishsizlik muammosini
o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini oshirish orqali
mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada
yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik
darajasini pasaytirish uchun qo‘shimcha ishchi o'rinlari yaratish, ulami
ishga tushirish, aholining tabiiy o'sishidan orqada qolmasligi lozim.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston dunyo ham jam iyati davlatlari o ‘rtasida
aholisining jadal o ‘sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz
aholisi soni har yili o ‘rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli
aholi soni esa 250-300 ming kishiga ko‘paymoqda.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi
bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biror bir qonuniy daromad
manbaiga ega bo'lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda,
jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini Birlashgan MillatlarTashkiloti
41
(BMT), Xalqaro M ehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish jamiyati talablariga ko'ra ishlab chiqishadi.
Xalqaro tashkilotlariiing beigan ta’rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda
— ishga ega bo'lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi.
Mana shu asosiy shartlaiga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni
ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo'shimcha shartlar talab qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi
Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (16 yoshdan boshlab
to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga
(mehnat daromadiga) ega bo'lmagan ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy
mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbiy tayyorlash
va qayta tayyorlashdan o'tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga
qobiliyatli shaxslar e’tirof etiladi.
Amaliyotdagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga
bo'lgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon bo'ladi.
«Iqtisodiyot» fani uchun ishsizlik muammosini o ‘rganishdan asosiy
maqsad - aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat
(korxonalar) ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini
yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Ishsizlikni yaqindan o ‘rganish, iqtisodiy tabiatini bilish uchun uning
sinflashuvini bilish maqsadga muvofiqdir. Kelib chiqish mazmuniga ko‘ra,
ishsizlikni quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin:
• tabiiy ishsizlik;
• majburiy ishsizlik.
Tabiiy ishsizlik deyilganda ishchi kuchi harakati va uning ma’lum bir jamiyat
a’zosi sifatidagi mehnat hulqiga aloqador bo'lgan ish bilan band bo‘lmaganlik
holatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytiladigan bo'lsak, tabiiy ishsizlik guruhlariga
kiruvchi ishchi kuchi uning egasi — fuqaroning istak-xohishlariga muayyan
ma’noda bog'liq holda ishsizlik holatida bo‘lishiga tabiiy ishsizlik deyiladi.
Majburiy ishsizlik turlari esa ishsizlikning ishchi kuchiga aloqador
boim agan holda kelib chiqishini tavsiflaydi.
Friksion ishsizlik deyilganda, ishchi kuchining bir ish joyidan boshqa
ish joyiga ishga o ‘tayotganda ishsiz qolish holatiga aytiladi.
Tarkibiy ishsizlik ishchi kuchiga bo'lgan taklif umumiy tarkibining
o'zgarishi bilan bog'liq bo‘lib, uning tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi
o‘zgarishiga olib keladi. Bu, odatda, ba’zi kasblar va tarmoqlaming paydo
bo‘lishi, b a’zilarining yo‘qolishi, gohida esa tarmoqlardagi iqtisodiy
inqirozlar tufayli mehnat zahiralari qayta taqsimlanishi bilan bog'liq.
42
Davriy ishsizlik deyilganda, iqtisodiy tushkunlikning muayyan davrida
(ishlab chiqarishning pasayishi) yuzaga keladigan ishsizlik turi tushuniladi.
Iqtisod ilmida ishsizlikning boshqa turlari to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi.
Chunonchi, institutsional ishsizlik, iqtisodiy ishsizlik, yashirin ishsizlik va hokazo.
Ishsizlik t arkibi uning sabablariga ko‘ra, ishchi kuchining 4 asosiy toifasini
o £z ichiga oladi: ishdan bo‘shatilishi natijasida o'zjoyini yo'qotganlar, ishdan
ixtiyoriy ravishda bo‘shaganlar, tanaffusdan so‘ng mehnat bozoriga kelganlar,
mehnat bozoriga birinchi bor kelganlar. Bu toifalaming o'zaro nisbatlari
awalambor iqtisodiy sikllar fazalariga (bosqichlariga) bog‘liq.
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori, chunki ixtiyoriy va tarkibiy
ishsizlik u yoki bu ko'rinishda mavjud bo‘ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy
darajasi inflyatsiyaning kuchayishini to'xtatib turadi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo‘q. Hali hech
kim iqtisodiyot u ch u n m a’lum ishchining ishlab chiqarish bilan
shug‘ullangandan ko‘ra, ishsiz bo'lgani afzal ekanligini isbotlashga erishgan
emas. Aksincha, ayrim hisoblaidan ko'rinadiki, yalpi milliy mahsulotni yuqori
darajada ishlab chiqarish natijasida ishsizlikning tabiiy darajasi pasayadi.
Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo'lib qolaveradi. Chunki, yalpi milliy
mahsulot ishlab chiqarish o‘z imkoniyat darjasiga yetmagan bo‘ladi. Yalpi
milliy mahsulotni potensial darajasiga yetkazish esa, haddan tashqari iqtisodiy
farovonlikka olib keladi va oqibatda inflyatsiya kuchayishi mumkin. Quyidagi
tadbirlar ishsizlik tabiiy darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
• aholini mavjud ish o‘rinlari haqida xabardor etishni yaxshilash;
• mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish;
■
ishsizlami davlat tomnidan muhofaza qilish darajasini pasaytirish;
Xalqaro Mehnat Tashkiloti standarti bo'yicha, tabiiy ishsizlik darajasi
1,5-2,5% ni tashkil etadi.
Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning
salbiy ta’siiga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. Ouken qonuniga
ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga oshganda yalpi milliy mahsulot
2,5 foizga kamayadi yoki 2,5 foiz yalpi milliy mahsulot yo‘qotiladi. Demak,
mos ravishda ulaming nisbati 1:2,5 ga teng. Shu nisbatga asoslanib, yo‘qotilgan
yalpi milliy mahsulotning mutlaq qiymatini aniqlash mumkin.
Ishsizlikning ko'payishi iqtisodiyotning o ‘sish sur’atlarini pasaytiradi.
Shuning uchun ham potensial hajmdagi yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy
mahsulot
ri)
haqiqatdagi yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy mahsulot
x)
dan katta bo'ladi, ya’ni:
Yalpi Milliy Mahsulot n
>
Yalpi Milliy Mahsulot x.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |