Toshkent davlat iq tiso diyo t universiteti q. X. Abdurahmonov



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/128
Sana14.07.2022
Hajmi7,45 Mb.
#800835
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128
Bog'liq
3150-Текст статьи-7814-1-10-20200908

hal qiluvchi
huquqiy shart-sharoiti 
hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlan
muhim rag4batlantiruvchi omil boMib xizmat qiladi. 
Yuqori unumdor qishloq 
xo‘ja!igi 
yerlarida va yetarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi 
kuchi ko‘proq jamlanadi va ish joylari normal faoliyat ko‘rsatadi. Yangi ish joylarini 
yaratish va ishlab turgan korxonalami kengaytirish yo‘li bilan ishchi kuchiga talab 
va taklif o‘ rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga 
keltiriladi. Bu esa, mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik 
miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
49


Shu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida 
ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi 
omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. 
Ishchi kuchiga talabning ortishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: 
noqishloq xo‘jaligi tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish, mehnat 
q o ‘llan ilad ig an am aldagi m in taq alarn i tex n ik qayta jih o zlash , 
modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi 
yerlami o‘zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko‘rsatish va shaxsiy 
mehnat faoliyati ко‘lam ini kengaytirish, kichik va o‘rta biznes hamda xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda ishchi kuchi 
taklifmi va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular 
ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy yordamchi xo'jaiik, yakka mehnat faoliyati, xususiy 
tadbirkorlik va o ‘z-o‘zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, 
bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish 
va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflyatsiya va 
ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlaming mobilligini (safarbarligini) hamda 
malakasini oshirish va boshqalar.
Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi 
kuchi taklffining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko£rsatadi. Ularga 
quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish 
beruvchilaming tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo'lgan 
mablag‘lar jamg‘armasi; yollangan xodimlaming pul daromadlari; nafaqaxo'rlar 
va bolali ayollaming mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; 
kasbga tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zanmyati bo‘lgan 
shaxslami mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy 
imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo‘jaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da 
band bo'lganlar soni; Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat 
qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlami takomillashtirish va hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi 
miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o'zgarishi bilan belgilanadi: mavjud bo'lgan 
va yangidan yaratiladigan ish joylari; investitsiya salohiyati va uning takror 
ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar; mulkchilik 
shakllarining turU-tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to'lovga qodir 
emasligi (bankrotligi) va hokazo.
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida 
aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy 
muammolami hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo‘yicha 
ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o'rtasidagi munosabatlar markaziy 
oJrin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va 
hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda
50


0 ‘zbekiston Respublikasining «M ehnat Kodeksi», Xalqaro M ehnat 
Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat 
Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy 
muzokaralar, bir tomondan, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan 
esa, 'mehnatkashlaming bitta yoki bir necha tashkiloti 
0
‘rtasida: a) mehnat 
sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o‘rtasidagi 
munosabatlami tartibga solish; v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va 
mehnatkashlaming tashkiloti yoki tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlami 
tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralami bildiradi”.
Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo‘llanishmng eng muhim afzalligi 
shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, 
moslashuvchan) bo‘ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma’muriy usullaiga 
qiyoslab bo‘lmaydi.
Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi uchun ancha foydalidir. 
Shaxsiy shartnoma tizimi mehnatkashning mehnat sharoiti va unga to‘lanadigan 
ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlar esa, 
bunday imkoniyatni bermaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko‘p 
hollarda mehnatkashlami ijtimoiy kafolatlaming kattagina qismidan mahrum etadi.
Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, awalo, Andijon, 
Fargcona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, 
Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozomi tartibga solishning ancha 
samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo'lgan talabning oshishi va uning taklifi 
kamayishini hisoblash zarur.
Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ко'rib chiqaylik:
a) ishchi kuchiga talabni oshirish usuli.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida mulkni xususiylashtirish va davlat 
tasarrufidan chiqarish, iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish, zarar keltirib 
ishlayotgan korxonalarni tugatish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv 
texnologiyalami joriy etish hisobiga asosan ishlab chiqarishdan bo‘shatilayotgan 
xodimlar — mehnatkashlar salmog£i ko‘paymoqda.
Ishchi kuchiga bo'lgan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini tatbiq 
etish — mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur 
hududlar uchun samarali tarmoqlami rivojlantirishga qaratUgandir.
Yangi ish joylarini yaratish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar — 
sarmoyalar qo^lanishining asosiy yo'nalishlari sifatida qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid qilish hamda agroservis xizmati 
ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo'yicha ish joylarini yaratish, ishlab 
chiqarish kuchlari va bandlikning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar 
sektordagi ishdan vaqtincha bo‘shatilayotgan shaxslar uchun mavjud 
korxonalarni kengaytirish va qayta ta'mirlash kabilarni sanab o4ish lozim.
51


Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilikning turli shakllarini 
rivojlantirish, ayniqsa Jdchik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini 
oshirishning eng muhim yo‘nalishIaridan biridir. Respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Qo‘shma 
majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, «2004 yilda mamlakat iqtisodiyotida 
kichik biznes va xususiy tarmoq ko‘lami hamda hajmi salmoqli darajada o‘sdi. 
Kichik biznes korxonalari soni o‘tgan yilda 14 foizga ko‘paydi. Xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 425 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari 
tashkil etildi. Bu 2003 yilga nisbatan 14 foiz ko‘p, demakdir. Bu natijalarga 
erishishda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlari kafolatlash, ularni davlat 
ro‘yxatiga olishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy qilish, mahsulot va 
xizmatlarni sertiflkatlashtirish tartibini unifikatsiya qilish, kichik biznes 
subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish 
bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlari muhim omil bo£ldi»1.
Yangi ish joylarini yaratish korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini 
oshirish, byudjet to‘lovlari va xodimlaming vaqtincha va qisman bandligi uchun 
ijtimoiy sug‘urta badallarini kamaytirish, ularni ishga qabul qilish jarayonini 
yengillatish, bandlikning noan’anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog‘liq 
sarf-xarajatlarni to‘lash chora-tadbirlari yordamida amalga oshiriladi;
b) ishchi kuchi taklifini kamaytirish usuli.
Ishchi kuchlari taklifini kamaytirish, shuningdek, ularning mehnat bozoriga 
oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishni rag‘batlantirish hamda ish 
vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar o/rtasida 
qayta taqsimlash orqaii samarali bandligini tashkil etish mumkin. 
Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi* asosida umumta’lim 
dasturlarini kengaytirish va o‘qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy 
tayyorgarlikni yaxshilash, o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim oladigan talaba 
o‘rinlarini kolpaytirish va kechki hamda sirtqi olquvdagi talaba o‘rinlarini 
qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlaiiga stipendiyalami 
oshirish, ayottarga bola parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqalar va beriladigan 
muddatni ko‘paytirish. Mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; 
pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning 
pensiyalarini oshirish — mehnat bozorida ishchi kuchlari oqib kelishini 
kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlari taklifini 
kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va 
vaqtincha shakllariga o‘tishlami rag‘batlantirishga ulaiga ham ish bilan to‘la band 
qilingan shaxslarga mo6ljallangan ijtimoiy ta’minotning turlarini, ta’tillar va 
ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o‘rnatish, kafolatlangan eng kam
1 «Тошкент о^шоми», 2005 йил 31 январ.
52


miqdordagi ish haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta’tillarni o‘z vaqtida 
berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning ishchi kuchi yetishmaydigan mintaqalari (Jizzax, 
Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da ishchi kuchlariga 
talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko‘paytirish mehnat bozorini tartibga 
solishning maqsadga muvofiq usullaridir.
Ushbu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat:
a) ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usullari.
Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu 
mintaqalarda va tarmoqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlami joylashtirish va yangi 
ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: 
ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo‘shimcha soliqlar belgilash; 
qat’iy kredit siyosatini o4kazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun bir 
maitalik to‘lov joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni 
rag‘batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni 
kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi muhim 
ahamiyatga egadir.
b) ishchi kuchlari taklifini ko‘paytirish usuli.
Hozirgi shart-sharoitlarda mehnat byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutloq 
ko‘paytirishga, qayta ishlash sanoati va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va 
shaxobchalari hamda shaxsiy mehnat faoliyati sohalarining rivoji jiddiy to‘siq 
bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka 
strukturasi bo‘yicha hudud iqtisodiyotining noqishloq ishlab chiqarish 
tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o‘sish sur’atiga javob bermaydi. Shu 
bois ishchi kuchi taklifining sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish hamda uning 
mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlik 
davlat xizmati tizimidagi va boshqa o‘quv yurtlaridagi xodimlaming malakasini 
oshirishni tashki etish, korxonalaming o‘zidagi maxsus kurslarda kasb-korga 
o‘rgatishni yaxshilash va ularga soliq to‘lovida imtiyozlar berish, mahalliy kadrlar 
raqobatbardoshligini oshirishning maqsadli dasturini ishlab chiqish kerak.

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish