Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti



Download 1,12 Mb.
bet7/18
Sana05.04.2017
Hajmi1,12 Mb.
#6079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18

Har tomonlama rejalash


Har tomonlama rejalashning uch asosiy turi bor dastlabki, joriy muammoga qaratilgan va chiqaruvdagi rejalash.

Dastlabki rejapash mijoz kelganda hamshiralik anamnezi yiggan, fizikal ko'rik o'tkazgan hamshira tomonidan bajariladi. Har tomonlama bu reja hamshiralik tashxisi ro'yxatida sanalgan, ustivorligiga ko'ra joylashtirilgan va mos mijoz vazifalari hamda hamshiralik parvarishini belgilovchi har bir muammoga qaratilgan.

Agar hamshira staidart rejalarni mijozning iidividual ehtiyojlariga moslay bilsa, ular dastlabki reja uchun eng yaxshi asos bo'la oladi. Standart reja manbalari kompyuterlashtirilgan rejalar, reja tuzish bo'yicha qo'llanmalar va muassasa ishlagan rejalardir.

Joriy rejalash muammoga qaratilib, uni mijoz bilan ishlovchi har bir hamshira bajarishi mumkin. Uning asosiy vazifasi parvarishlash rejasiga joriy o'zgarishlarni kiritishdir. Joriy reja bo'yicha ishlash hamshiralik tashxisining aniq tartibga solinishini (muammoning ham, holatning ham tartibga solinishini) va yangi to'plangan hamda tahlil qilingan ma'lumotlar asosida yangi tashxis ko'yish; avvalgi vazifalarni aniqroq va zarurat bo'yicha yangilarini qo'yish; mijoz oldiga Qo'yilgan vazifalar bajarilishi bo'yicha hamshiralik tavsiyalari va keyingi rejalash uchun xamshiralik tadbirlariga mijoz Qarashlarini hujjatlashlardan iborat.

Bu bosqichda yangi tashxis qo'yish uchun standart rejalar Foyda qilishi mumkin, lekin bunda diqqat mijozning alohida ehtiyojlari qondirilishi uchun individual hamshiralik parvarishini ishlashga qaratilgan. Masalan, «Ko'prok suyuqlik ichirish» standart hamshiralik tavsiyasi «Ovqatlanishlar oraliqlarida 60 ml dan apelsin sharbati ichishni, oldida toza suv turishini tavsiya etish» tarzida ifodalanishi mumkin.



Chiqaruvdagi rejalashnn mijoz va uning oilasi bilan bevosita ishlaydigan yoki mijozning jamoasini yaxshi biladigan hamshira yoxud ijtimoiy xodim bajargani ma'qul. Chikaruvdagi har tomonlama rejalash mijoz shifoxonaga kelgan kundayoq boshlanadi. Izchil rejalash hamshira mijoz va uning oilasi mutaxassislar tavsiyasini uyda bajarishda davolash tartibi hamda muammo mohiyatini. tushunishlari uchun maslahat berish ko'nikmalaridan foydalanishini talab etadi.

Ustivorlikni o'rnatish


Parvarish rejasini ishlab chikish yoki o'zgartirish oldidan ustivorlik bo'yicha tuzilgan hamshiralik tashxisi ro'yxatini ularning kjori (mijoz muvaffaqiyati uchun yuqori xavfdagi), o'rta (hayotga xavfsiz holat) va past (ayni kasallik va oqibat bilan bevosita bog'liqmas) darajaga kiritilganligi to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun qarab chiqish foydalidir. Har kungi parvarish rejasiii tuzishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:

- Mijoz sog'lig'i holatidagi xavfli hisoblangan o'zgarishlar ularning samarasiga ta'sir etdimi? Masalan, noaniq vazn yo'qotish dastlabki tibbiy tashxisi bilan shifoxonaga kelgan mijozda tuxumdonlar raki aniklanishi tibbiy parvarish ustivorligiga to'g'rilashlar kiritishni talab etdi.

- Sog'liq holati yoki kasallik yoxud hamshiralik parvarishi rejasiga mijoz qarashlarining o'zgarishi hamshiralik tashxisiga ta'sir etdimi? Masalan, hamshira tibbiy tashxisni bilgach, mijozga yuqori ustivor tashxis hisobidan samarasiz individual muolajani belgilashi mumkin edi va maslahat rejalashtirdi. Lekin, agar mijoz buyumlarini joylashtirishni o'ylab ko'rish uchun bir kunchalik bezovta kilmasliklarini talab qilsa, hamshira shu kunga ustivorlik tartibini o'zgartiradi.

- Muammolar o'zaro bog'likmi, ya'ni muammolarning birini ko'yib ikkinchisi bilan shug'ullanish mumkinmi?

- Mijoz muammolarining bir nechtasi bilan bir vaqtda ishlash mumkinmi?

Bu savollarga javob olingach, hamshira muammolarni ularning bajarilishi navbati bo'yicha ro'yxatini tuzadi. Ustivorlikni o'rnatish hamshirada vaqt va kuch mijozning dolzarbroq muammolariga qaratilganligiga ishonch tug'diradi.



Vazifalarni tuzish


Vazifa - bu yakuniy maqsad. Mijoz vazifasi kutilayotgan natijani ifodalaydi. Maqsad, vazifa va natija turli mazmundagi so'zlardir. Ba'zi tibbiy muassasalarda maqsad va vazifa atamalari istalayotgan, natija esa erishilgan ko'rsatkichlarni ifodalash uchun qo'llaniladi.

Hamshiralik tashxisi asosida vazifalar tuzish. Vazifalar hamshiralik tashxisi muammolari tartibidan chiqariladi. Har bir hamshiralik tashxisiga davolash rejasi bo'yicha hal etilishi muammo tartibining to'g'ri yechilishini ko'rsatadigan bir masala qo'yilishi kerak. Muammo yechilishiga alokador boshka vazifaladni ham ko'yish mumkin.

Uzoq muddatli vazifalarning yaqin muddatlilaridan farqi. Uzok muddatli vazifalarni chiqaruvda ko'llash mumkyn, bunda ularning tartibga solinishi keng bo'lib, natijalar butun tibbiy jamoaga yetkaziladi. Masalan, ikki 77 yoshli keksa ayollar chap son sinishi bo'yicha o'xshash tashrixlardan so'ng hamshiralik bo'limida davolanishmokda. Ularning biri so'nggi ikki yil mobaynida hamshiralik parvarishi shifoxonasida davolanayotgan bo'lsa, ikkinchisidagi son sinishi xar kungi cho'milish jarayonida yuz bergan. Yakin muddatdagi vazifalari o'xshash bo'lsa-da, ularning hamshiralik parvarishi turlicha uzok muddatli vazifalarga karatilgan bo'lganligi uchun bir xil bo'lmasligi kerak.

O'rgatuvchi, peshomotor va namoyish (affektiv) vazifalar. Vazifalarni mijozga mos o'zgarishlar asosida toifalarga ajratish mumkin. O'rgatuvchi vazifalar mijoz bilimlari yoki intellektual odatlarining ko'payishini ifodalaydi. Masalan, shifoxonadan chiqarilgan mijoz 6.12.93. gacha oyoq yarasining nam applikatsiyalari davomidagi uch foydali samarani bilishi kerak. Psixomotor vazifalar mijoz tomonidan yangi ko'nikmalar egallanganini ifodalaydi. Masalan, mijoz 6.12.96. da oyoq yarasining nam va quruq applikatsiyalari qanday bajarilishini ko'rsatib beradi. Affektiv vazifalar kadr, ishonch va munosabatlarning o'zgarishlarini ifodalaydi. Affektiv vazifalarni tuzish va bayon etish qiyin bo'lsa-da, ular mijozning murakkab muammolarini yechishda sezilarli ahamiyat kasb etishi mumkin.

Vazifalarni tuzish bo'yicha kursatmalar. Vazifalar qo'yishda mijoz va hamshira hamshiralik tashxisidagi muammolar tartibining «Bu muammoning yechilishi yoki oldi olinishiga kanday o'zgarishlar ta'sir etadi?» degan savoliga duch keladilar. Bunga batafsil javob mijoz vazifasi bo'lib qoladi. Vazifa tuzishdagi zarurroq shartlardan biri qobiliyat va qiziqishlari bois mijoz va uning oilasini jarayonga faol tortish hisoblanadi. Ular bu jarayonga kanchalik kirishsalar, qo'yilgan vazifalarga erishish ehtimolligi shunchalik baland bo'ladi. Mijozning har bir vazifasi subyekt (mijoz), fe'llar (mijoz bajaradigan harakat) va mijozning kutilayotgan xulqini kuzattadigan va o'lchanadigan atamalarda ifodalovchi kriteriy (mezon)ga ega bo'lishi kerak. Quyidagilar yaxshi tuzilgan mijoz vazifalriga misol hisoblanadi:

- Navbatchilik oxirigacha iste'mol kilingan suyuqlikning umumiy hajmi 1800 ml bo'ldi.

- Keyingi kelganda - 23/12/93, da mijoz bo'shashish texnikasini to'g'ri namoyish etadi.

Agar bu axborot boshqa hamshiralar uchun zarur bo'lsa, vazifalar tuzishda maxsus shartlar qo'shish foydali bo'ladi (masalan, «Chiqaruv oldidan mijoz umurtqani tutish uchun filadelfiya yoqasidan foydalanib dahlizda mustakil yuradi»).



Keng tarqalgan xatoliklar. Vazifalar tuzishdagi keng tarqalgan xatoliklar kuyidagilar:

- Mijoz vazifasi hamshira vazifasi hisoblanishi. Noto'g'ri: Bemorga uyg'oq vaqti har 2 soatda 60 ml suyuqlik ichish tavsiya etilein. To'g'ri: Bemor 24.02.94. dan boshlab uyg'oq vaqti har 2 soatda 60 ml suyuqlik ichadi.

- Kuzatish va o'lchashni bildirmaydigan fe'llar ko'llash. Noto'gri: Onasi (F. yoki I. va SH.) o'z chaqalog'ini qanday cho'miltirishni bilib oladi. To'g'ri: Chaqaloqlarni parvarishlash mashg'ulotlarida katnashgach, onasi (F. yoki I. va SH.) bolani to'g'ri cho'miltirish muolajasini ko'rsatadi. Bilmoq, tushunmoq, o'rganib olmoq fe'llari vazifa tuzishda ishlatilmasligi maqsadga muvofiq.

- Yaqin muddatli vazifalarga mijozning bittadan ko'p odatlarini kiritish. Noto'g'ri: Mijoz sog'likqa zararli ta'sirlar ro'yxatini tuzadi va chekishni bas qiladi. To'g'ri: Keyingi -11.03.93. dagi uchrashuvda mijoz chekishning sog'liqqa zararli uchta ta'sirini belgilaydi (1) va o'zining chekishni to'xtatish rejasini izohlaydi (2). 20.06.93. da mijoz chekishni to'xtatganligi to'g'risida ma'lumot berishi kerak.

- Mijoz vazifasining noaniq tartibi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish