Nima hamshir lik . tashxis hisoblanmaydi va nima uchun.
Nima hamshiralik tashxisi xisoblanmaydi
|
Misol
|
Mantiqiy asos
|
Tibbiy tashxis
| Qandli diabet |
Tibbiy kasallik xamshiralik parvarishiga muxtoj bo'lsa-da faqatgina hamshiralik muolajalari bilan davolanmaydi. Hamshiraning nishon predmeti kasal odam va bu kasallikning odam faoliyatiga ta'sir xisoblanadi.
|
Tibbiy patologiya.
| Gipoglikemiya |
Xamshiralar mos parvarishlashlari uchun kasallik asosida yotgan patalogiyani bilishlari kerak, lekin yana bir bor shuni ta'kidlash lozimki, xamshiraning diqqat markazida patalogiya emas, balki odam turadi. Xamshiralik tashxisi sohasi odamning gipoglekimiyaga reaksiyasi, gipoglekimiyaning odam faoliyatiga qanday tarzda ta'sir qilishi.
|
Diagnostik testlar, davolash, jihozlash.
| Nahorda qon tarkibidagi qand miqdori, insulinterapiya, insulin yuborish uchun shpritslar, infuziya uchun nasoslar. |
Hamshiraning nishon predmeti mijozning diagnostik tekshirukv, davolash va jihozlashga munosabati hisoblanadi. Insulinterapiyaga extiyoj agar bilimlar yoki o'z-o'ziga hizmat kamchiligini ko'rsatsa, bu shunchaki insulinterapiya emas, balki hamshiralik tashxisi bo'ladi.
|
Mijozning terapevtik extiyojlari.
|
Parhyez, jismoniy mashqlar va insulin bogliqliklarini bilish zarurati.
|
Hamshiralik tashxisi mijoz ehtiyojini emas, salomatlik muammosini aks ettirishi kerak. Misol: Parhyez, jis-moniy mashqlar va insulin bog'liqliklarini bilmaslikdan salomatlik muvozanatining buzilishi.
|
Terapevtik xamshiralik vazifalari
|
Mustaqil parvarishlash bo'yicha terapevtik ko'nikmalarni takomillashtirish.
|
Tashhisni xamshiralik ishidan emas, mijozdan kelib chiqib qo'yish kerak va mijozning salomatligi muammosi sifatida tartibga solish kerak. Misol: O'z-o'ziga xizmat kamchiligi: qandli diabetdagi xayotga qiziqish va bilishga intilish susayishi bilan bog'liq o'z-o'ziga xizmat ko'nikmalari .
|
Yagona belgi yoki simptom
|
Uch kun mobaynidagi samarali mustaqil insulin yuborishdan so'ng mijoz xamshiraga: “Bugan menga insulin muolajasini siz bajarasiz”, - deydi.
|
Xamshiralik tashxisi belgilar yoki belgilar majmuasi aniqlanishigacha olib chiqilmaydi. Belgilar va simptomlar muammo tartibiga (formulirovkasiga) emas, muammo tartibining (formulirovkasiningn) aniqlanishiga olib keladi. Mazkur vaziyatda qo'shimcha ma'lumotlar yig'ilib taxlil qilinmaguncha hamshiralik tashxisiga ko'rsatma yo'q.
|
Tasdiqlanmagan hamshiralik taxlili
|
Yuqori keltirilgan vaziyat quyidagi xamshiralik tahliliga olib keladi: tavsiyalarning depressiya bilan bog'liq bajarilmasligi.
|
Bu mijoz muammosini aniq ko'rsatmaydigan dastlabki xamshiralik tashxisidir. Hamshiralik sinov tashxisini yakuniy yozilishigacha tasdiqlash uchun qo'shimcha ma'lumotlar zarur bo'ladi.
|
1.4.3. REJALASH
Hamshira mijozning ma'lumotlarini to'plab, uni interpretatsiya qilib, mustahkam tomonlari va muammolarini aniqlab, hamshiralik tashxislarini ko'yib va ularning ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibini keltirib bo'lgach, hamshiralik tadbirlarini rejalashga kirishadi. Hamshiralik jarayonining rejalash boskichida hamshira mijoz va uning oilasi bilan hamshiralik tashxisida belgilangan muammoning oldi olinishiga, kamaytirilishi yoki tugatilishiga (yo'qotilishiga) olib keluvchi mijoz vazifalarini ishlab chiqadi (1) va bu vazifalarning mijoz bajara olishiga erishish tadbirlarini aniqlaydi (2). Rejalash elementlari kuyidagilar hisoblanadi:
- Ustivorliknk o'rnatish.
- Vazifalarni tuzish vabaholash uslubini ishlash.
- Mos hamshiralik tadbirlarinn tanlash.
- Hamshiralik parvarishi rejasining ma'lumoti. Rejalash bosqichida xdmshira mijoz va uning oilasi bilan ishlashi juda zarur. Agar hamshiralik parvarishi rejasida ko'rsatilgan vazifalarni mijoz tasdiqlamasa yoki mijoz muammolarining oldi olinishiga, kamaytirilishiga yoxud yo'qotilishiga olib kelinmasa, bu reja mazmunan ahamiyatsiz hisoblanadi. Vazifalarni tuzish mijozlar bilan samarali ishlashni xohlagan hamshiralar uchun zarur professional ko'nikma hisoblanadi.
Samarali davolash rejasini ishlab chiqish uchun hamshiraga zarur ko'nikmalar - hamshiralik ishini bilish (hamshiralik amaliyoti standartlarini ham), mijoz ma'lumotlarini to'plash, ularning interpretatsiyasi va tahlilini hamda bu ma'lumotlarni anik, qisqa yetkaza bilishdir.
Hamshiralik rejalashning alohida xususiyatlari
Hamshiralik jarayonining rejalash bosqichidagi asosiy masala mijoz muammolarining oldi olinishi yoki yo'qotilishi maqsadida parvarishlash rejasini ishlashdir. Har tomonlama davolash rejasi, shuningdek. mijozning asosiy ehtiyojlari (shaxsiy gigiyena va ovqatlanish) ni qondirish uchun zarur hamshiralik parvarishkni ham aniklaydi va bu parvarishlash rejasi bajarilishiga mos hamshiralik majburiyatlarni ifodalaydi. Rejalashga ijodiy yondashadigan hamshira unga o'zining va hamkorlikning majburiyatlarini kiritadi. Hamshirani mijozning salomatlik va kasallikka qarashi qiziqtirishi sababli hamshiralik parvarishi rejasi keng hamshiralik vazifalarini - samara himoyasini, kasalliklar oldi olinishini, sog'ayish jarayonida hamkorlikni va buzilgan funksiyalar tiklanishi taktikasi osonlashtirilishini bajarishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |