Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti



Download 1,12 Mb.
bet12/119
Sana01.09.2021
Hajmi1,12 Mb.
#162188
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

ICHKI INFEKSIYA

Shifoxona ichi infeksiyalari (gospital, nazokomial, yatrogen) deb — davolash-lrofilaktika muassasalarida bo'lish. tekshirtiruv, davolanish va ishlash oqibatida vujudga keladigan har kanday mikrob etiologiyali kasalliklarga aytiladi (BJSST ta'rifi). Davolanish muddatining uzokka cho'zilib ketishi, shunga muvofik sarf-xarajatlarning oshishi, bemordagi dastlabki xastalikni davolash natijalarining yomonlashuvi, o'lim hollarining yuqoriligi kabi omillar shifoxona ichi infeksiyalari bilan kasallanish muammosi dolzarbligini belgilaydi. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko'ra, shifoxonalarga yotqizilgan bemorlardan 20-30 foizida shifoxona ichi infeksiyalari kuzatshshoqda. Respublikamizda o'tkir V gepatit bilan og'rigan bemorlarninng qariyb 50 foizi o'zlariga kasallikni turli tibbiy muolajalar okibatida yuktirib olishayotganligi aniqlanmokda.

Ko'pgina yukumli kasalliklar bilan muvaffaqiyatli kurashilib, izchil kamaytirilayotgan bir sharoitda shifoxona ichi infeksiyalarining yuqori darajada saqlanib qola^tganligi bu infeksiyalar epidemik jarayonining o'ziga xosligidan guvohlik beradi. Shuningdek, barcha shifoxona ichi infeksiyalari epidemik jarayoniga xos umumigy qonuniyatlar bilan birga turli yo'nalishdagi (profildagi) davolash muassasalarida epidemik jarayonning alohida xususiyatlari mavjud. Bu o'ziga xosliklar yotqizilgan bemorlar toifasi (kontingenti), parazitlar populyatsiyasi hamda epidemik jarayon rivojlanayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Shifoxona ichi infeksiyalari keng tarqalishiga sabab bo'luvchi, ko'maklashuvchi omillar kuyidagilardir:

Biron xastalik bilan shifoxonaga yotkizilayotgan kishilarning turli mikroorganizmlarga qarshiligi (rezistentligi) nisbatan pasayganligi, bu holat qariyalarda yoshga bogliq tarzda ko'shimcha va surunkali kasapliklarda, chala tug'ilishda, operatsiyalardan keyin va hokazolarida kuzatilishi mumkin;

- ko'p tarmoqli yirik davolash - profilaktika muassasalarining ko'payayotganligi;

- immunodepressant va sitostatik vositalarining, glyukokortikoidlar, nur terapiyasining keng qo'llanishi;

- davolash maqsadlarvda turli apparatlardan va murakkab usullardan foydalanish;

- aseptika va antiseptikaga rioya qilishning, dezinfeksion-sterilizatsion rejimga amal qilishning susayib borayotganligi;

- antibiotiklarni noto'g'ri ko'llash oqibatida antibiotiklarga chidamli mikrob shtammlari shakddanishi va kengtarqalayotganligi;

- bemor tashxisotidagi xatoliklar va hokazolar.

Uz mohiyatiga ko'ra shifoxona ichki infeksiyalari tibbiyotning azaliy tamoyillaridan biri - «bemorga zarar yetkazmay davolash» tamoyilining buzilishi oqibatidir. Yuqorida ko'rsatilgan omillarning omuxtalashuvi natijasida, shifoxonalardagi yuqumli kasalliklarni nafaqat patogen mikroorganizmlar, balki shartli patogen va opportunist mikroblar xam keltirib chiqarmokda.

Shifoxona ichi infeksiyalarining profilaktikasi epidemiologik nazorat tamoyillariga asoslanishi zarur. Parofilaktik epidemiyaga qarish tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida muayyan infeksiya epidemik jarayonini doimiy va uzluksiz kuzatib borish tizimiga epidemiologik nazorat deyiladi (BJSST ta'rifi). Epidemiologik nazorat epidemiyaga qarshi ishlarni malakali tashkil etishning asosidir. Ma'lumki, turli davolash-profilaktika muassasalari bir-biridan qo'llayotgan tashxisot usullari, davolash vositalari, davolanayotgan kontingenti, ta'minoti, xizmat ko'rsatish saviyasi va xodimlar malakasiga ko'ra jidsiy farq qiladi. Bu omillar muayyan shifoxonada vujudga kelayotgan shifoxona ichi infeksiyasi epidemik jarayoniga ta'sir etmasdan qolmaydi. Demak, epidemiologik nazorat dasturini tuzish jarayonida har bir shifoxonadagi shifoxona ichi infeksiyasi epidemik jarayonining o'ziga xosligi inobatga olinishi zarur. Shu bilan birga, epidemiologik nazorat dasturining barcha shifoxonalar uchun tatbik etilishi zarur bo'lgan umumiy tamoyillari mavjuddir.

Bizning shifoxonamizda epidemiologik nazorat xay'ati tuzilgan. Bu hay'atga bosh shifokorning davolash ishlari bo'yicha muovini, san-epidemologik bo'lim mudiri, yuqumli kasalliklar shifokori, bosh hamshira, bosh shifokorning hamshiralar ishlari bo'yicha muovini kiradi. Har bir bo'limlardagi epidemiologik nazoratga javobgar katta hamshiralar shu hay'atga bo'ysunadi. Epidemilogik nazorat dasturida shifoxona epidemiologining o'rni katta ahamiyatga ega.

Uning asosiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:

- epidemiologik tahlil qilish vatashxis qo'yish;

- shifoxona ichidagi yuqumli kasapliklarni ro'yxatga olish;

- shifoxona ichidagi yuqumli kasalliklar oldi olinishi va kamaytirilishi chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- shifoxona ichidagi yuqumli kasallik oldi olinishi maksadida tibbiyot xodimlarining, - shu jumladan, oliy malakagsh hamshiralarning malakasi oshirilishini takomillashtirish;

- shifoxoia xodimlarining yuqumli professional kasalliklari oldi olinishi maqsadida . zarur tadbirlarni uyushtirish va shu ishlar bajarilishini nazorat qilish;

- yuqumli kasallik aniqlanishi borasida qilinayotgan yoki yangi kiritilayotgan klinik jarayonlarni va tibbiyot apparatlarni baholash.



Gospital infeksiyaning oldini olish uchun bo'limlarda har bir hamshira Uzbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruklarga asoslanib ish tutishi va chora-tadbirlar o'tkazishi zarur.

560-sonli buyruq «Uzbekiston Respublikasida virusli gepatitlarning oldini olish» hamda karshi kurashysh haqida. Shu buyruqqa asoslanib, hamshiralar bo'limlarida har bir bemorga alohida ishlovlar (obrabotkalar), sterilizatsiya va dezinfeksiya usullari sifatli bajarilishi lozim. 524-sonli buyruq «OITS kasalligining oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish haqida». Shifoxonada ro'y berishi mumkin bo'lgan yuqumli kasapliklarning oldini olishga, ayniksa, OITS kasalligi qo'zg'atuvchisi tarqalishining oldini olish bo'yicha lozim bo'lgan ishlar kat'iy nazoratga olinishi zarur. Barcha davolash-profilaktika muassasalarida OITS, parenteral virusli gepatitlar (V,S,D,Q,G’) kasalliklariga tekshirilmagan qon va uning mahsulotlarini bemorga qo'yish man etiladi. Oliy malakali . hamshiralar o'tkir yuqumli kasalliklarning oldini olish bo'limlariga davolanish uchun kelgan bemorlardan epidemiologik anamnezning to'g'ri yig'ilishiga katta e'tibor berishlari kerak. Bunda bemor qayerdan kelganligi, boshqa shahar va mamlakatlarga chikkanligi, so'nggi 6 oy mobaynida qanday muolajalar olganligi, nimada, kayerda, kim tomonidan yoki bir oy ichida yuqumli kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi, tishini (qachon) davolatganligi va boshqa so'rovlar o'tkaziladi, Yana: laboratoriya tekshiruvlarvdan o'tganmi va 3 oy mobaynida tana harorati ko'tarilganmi kabi savollar ham oydinlashtirilishi zarur. O'tkir yukumli ichak kasapliklari bo'yicha (275-sonli buyruk) epidemik holatlarda, ayniqsa, bahor, yoz, erta kuz mavsumida (vaziyatni nazarda tutgan holda) epidemiyaga qarshi kurash operativ rejalari ishlab chiqiladi. O'tkir yukumli ichak kasalligining oldi olinishi, o'z vaqtida aniqlanishi va birinchi yordam ko'rsatishda oliy malakali hamshiralarning roli katta: San-epid rejimga rioya qilish, dizenfeksiyani o'z vaqtida va sifatli o'gkazish, (bo'limlarda kasallik aniqlanganda) oral regidratatsiya va dezintoksikatsiya chora-tadbirlarini o'tkazish, izolatsiya yoki bemorni yukumli kasalliklar shifoxonasiga o'tkazish, shoshshshnch xabarnoma berish, muloqotda bo'lgan boshqa bemorlarni nazoratga olish va hokazo. Sil kasashtigining oldi olinishi (591-sonli buyruq) maqsadida bemorni kasalxonaga yogkazishdan oddin tskshiruv o'tkaziladi (shu jumladan, epid anamnez yig'ish ham). Davolash-profilaktika muassasi rahbariyati tomonvdan flyurografik kabineglarning faoliyati ta'minlanadi. Uz vaqtvda o'pka va ko'krak kafasi a'zolari kasalliklari aniqlanadi, tashxis ko'yish va davolash, nazoratga olinadi. Bezgak kasalligining oldini olshl (618-sonli buyruq) maksadvda tana harorati 3 kundan ortiq (aprel-oktabr oylari davomida — birinchi kuni ham) ko'tarilgan bemorlardan qalin tomchiga, gemokulturaga qon olinadi. Ayniqsa, epidemik vaziyat notinch hududlardan kelgan bemorlarga jiddiy e'tibor berish zarur. Yiring-seyagik kasalliklar (173-sonli buyruk) paydo bo'lishiniig oldini olshvda va profilaktik chora-tadbirlarni o'tkaziivda oliy malakali hamshiralarning shpi kshta ahamiyatga ega. Muolaja va bemorlar xonalarida, bo'limning har bir xonasida o'z vaqgida yalpi tozalashni jadval bo'yicha o'tkazish va boshqa chora-tadbirlarni uyuiggarshs, statsionar ichvda yuqumli kasalliklar, shu jumladan, yiringli-septik kasalliklar garqshtshinsh1g oldini olish tadbirlari hisoblanadi. Shu maqsadda oliy malakali hamshiralar sanitar-okartuv ishparini olib borishi zarur. Ya'ni buvda aholi bilan. hamshiralar bilan. bemorlar bilan tushuntirish olib borish, radio va televideniye orkshti, tibbiy muassasada, bo'lishshrda sanbulletenlar chiqarish, ro'znomachar va tibbiy jurnallarda maqolalar chikarish va ilmiy ishlarda qatnashish ko'zda tutiladi. Statsionar (shifoxona) ichi infeksiyalari egaademiologak nazorati va ularning oldini olish tadbirlari asosan retrospektiv egshdemiolognk taxdilga asosyaanadi va doimo korreksiya qshshb turiladi. Shifoxonada turli diagaostika va davolash manipulatsiyalari, alohidalash-epidemiologik tadbirlari, slerilizatsiya va dezinfeksiya sifati ustidan doimiy nazorat amalga oshiriladi. Buning ychun shifoxonada tegashdi ko'rsatma sh tavsiyanomalar mavjud. Bu vazifalarni ijobiy hal etishga klmgohlarning yetakchi mugaxassislari jalb ztib boriladi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish