Nazorat savollari:
Traktor va avtomobillar birinchi marotaba kim tomonidan ixtiro qilingan.
Traktor va avtomobillar qanday xossalariga ko’ra tasniflanadi.
Asaka avtomobil zavodida qanday markadagi avtomobillar ishlab chiqariladi va ularning texnikaviy tavsifnomasini tushintiring.
Traktorning tortish kuchi nima va ular qanday sinflarga bo’linadi.
5.Traktor va avtomobillarda qanday xil dvigatellar qo’llaniladi?
6.Issiqlik dvigatellarining boshqa xil dvigatellardan afzalligi va kamchiligi nimadan iborat?
7.Dvigatelni ish tsiqli deb nimaga aytiladi?
8.Karbyurator va dizel dvigatellari hamda to’rt va ikki taktli dvigatellarni bir-biriga taqqoslang.
9.Ko’p silindrli dvigatellarni silindrlar ish tartibini tushintiring.
10.Dvigatellar qanday mexanizm va sistemadan tashkil topgan?
Adabiyotlar: Asosiy 1,2,3 qo’shimcha 1,2,3,4
Paxtachilikda qo’llaniladigan traktorlarni texnik tavsifnomasini tushintiring.
2-Mavzu:Traktor va avtomobillarni kuch uzatish qismi (transmissiya)
Reja:
1. Traktor transmissiyasining vazifasi va turlari;
2. Transmissiyalarning asosiy qismlari, ularning tuzilishi va ish jarayoni
Tayanch iboralar: transmissiya, uzatish soni, o’zgartirish usuli, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, bosh uzatma, oxirgi uzatma, diffrentsial,tormozlar, oxirgi uzatmalar, burish mexanizmi
2.1 Traktor transmissiyasining vazifasi va turlari
Traktor transmissiyasining vazifasi - dvigatelning tirsakli valida hosil qilingan burovchi momentni traktorni yetakchi g’ildiraklariga (g’ildirakli traktorlarda)yoki yulduzchalariga (zanjirli traktorlarda) o’zgartirib yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy traktorlarning transmissiyalari quyidagicha tasniflanadi:
Uzatish sonini o’zgartirish usuli bo’yicha pog’onali, pog’onasiz va kombinatsiyalashgan turlarga bo’linadi.
Pogonali transmissiyalar belgilangan uzatish sonlari intervaliga ega bo’lib, ushbu cheklangan chegarada agregatning ishlashi nisbatan samarador va tejamkor bo’ladi. Bunday turdagi transmissiyalar asosan mexaniq transmissiya bo’lib, bunda burovchi momentni o’zgartirish shesternyali reduktorlarda tishli juftliklar orqali xaydovchi tomonidan o’zgartiriladi.
Pogonasiz transmissiyalar berilgan uzatish soni intervalida istagan kiymatni olishga imkon beradi, buning natijasida mashina-traktor agregatining ishlatish ko’rsatgichlari hamma vaqt tejamkor va yuqori unumli bo’ladi.
Kombinatsiyalashgan transmissiyalar cheklangan uzatma intervalida uzatish sonlarini pog’onasiz o’zgartirishga imkon beradi.
Burovchi momentni o’zgartirish usuli bo’yicha transmissiyalar mexaniq, gidravlik, elektrik va kombinatsiyalashgan bo’lishi mumkin.
Ushbu xususiyat bo’yicha pog’onasiz transmissiyalar mexaniq (friktsion, pona tasmali), gidravlik (gidrodinamik va gidrohajmli), elektromexaniq turlarga bo’linadi.
Traktorlarga o’rnatilgan barcha transmissiya turlari quyidagi foydalanish va ishlab chiqarish talablariga javob berishi lozim:
Ishlab chiqarish jarayonining ko’rsatgichlarini (harakat tezligi, tortish quvvati) ta’minlashda dvigatelni ishonchli bog’lanishi va ajralishini;
Qishloq xo’jaligi mashinalarining karshiligini o’zgarishiga qarab umumiy uzatish sonini o’zgartira olishini;
Orqaga yurishda dvigatel tirsakli valining aylanish yo’nalishini o’zgartirmagan xolda traktor va avtomobilni yetakchi g’ildiraklarini (yulduzchalarini) aylanish yo’nalishini o’zgartirishni;
Traktor va avtomobil burilayotganida yoki notekis yo’llarda harakatlanganida ularni chap yoki o’ng g’ildiraklariga turli aylanishini;
Agregatni harakatlanish jarayonida unga osilgan yoki tirkalgan qishloq xo’jalik mashinalarini ishchi qismlarini yuritish uchun dvigatel quvvatini bir qismini olish imkoniyatiga ega bo’lishini;
Yuqori foydali ish koeffitsienti va ishonchliligi, katta quvvatni uzata olishi, ta’mirlanuvchanligi, kichik o’lchamli qulay bo’lishini ta’minlashi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |