4.6-rasm. Qo’sh g’ildiraklar orasidagi tuproqning zichlanishi.
|
Tuproq zichlanishini kamaytirish uchun quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:
Tuproqning zichlanishi asosan texnikkalarni daladagi harakati bilan bog’liq bo’lganligi uchun iloji boricha dalaga kam va tejamli kirish, qurama (kompleks) agregatlar bilan o’tkazish;
Tuproqning qayta zichlanishining 80% texnikani ekishdan oldin birinchi o’tishida hosil bo’lishini hisobga olib, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish ishlarini mumkin qadar yengil traktorlar bilan bajarish;
G’ildirakli traktorning orqa g’ildiraklari keyin maxsus iz yumshatgichlar o’rnatish va izlarni 30 sm chuqurlikda yumshatish;
Tuproqqa ekishdan oldin ishlov berishda uning namlilik darajasi va traktor shinasining protektorlarini holatiga alohida e’tibor qaratish kerak. CHunki tuproqda namlik darajasi me’yoridan ortiq bo’lsa, shinalar tuproq bilan yetarlicha ilashmaydi va g’ildiraklar shataksiraydi va tuproq zichlanadi.
Tavsiyaviy xulosa:Tuproqqa ishlov berishda iloji boricha zanjirli yoki yengil g’ildirakli traktorlar bilan bir necha agrotexnik tadbirlarni bir - biriga qo’shib olib borish mumkin bo’lgan agregatlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi
3.3. Ish uskunalarining vazifasi va asosiy qismlari. Gidravlik o’rnatish sistemasi.
Traktorning qishloq xo’jalik mashina va qurollarini birlashtiradigan hamda ularni harakatga keltiradigan qismi uning ish uskunalari deb ataladi. Traktorning ish uskunalari: gidravlik o’rnatish sistemasi, tirkash moslamasi, quvvat olish vali va yuritma shkividan iborat. Gidravlik o’rnatish sistemasi, traktorga o’rnatilgan qishloq xo’jalik mashina va qurollarini biriktirish, ularni ish holatdan transport holatga va aksincha hamda belgilangan holatda saqlab turish uchun xizmat qiladi. O’rnatma mashina tirkalma mashinalarga nisbatan qator afzalliklarga ega, chunonchi: o’rnatma mashinalarning yurish qismi va boshqarish mexanizmlari bo’lmasligi tufayli vazni yengilroq bo’ladi: ularni harakatga keltirish uchun ozroq quvvat talab etiladi; dalada burilish polosalari torroq qoldiriladi; ko’pchilik agregatlarda uni traktorchi o’zi boshqaradi; traktorning massasi oshib, tirmashib yurish kuchi oshadi.
Gidravlik o’rnatish sistemasi gidravlik yuritma va o’rnatish mexanizmidan iborat. Gidravlik yuritma: moy baki, moy nasosi, taqsimlagich va kuch silindridan iborat bo’lib, ular truboprovodlar bilan bir-biriga ulangan, Dvigatel quvvatining bir qismini kuch silindriga uzatadi. Moy bakida moy zaxirasi saqlanadi. Unga motor moyi quyiladi. Bakning quyish bo’g’zi ichida moy filьtri, moy nasosiga moy uzatadigan va taqsimlagichdan moy qaytib keladigan trubalar bor. Moy nasosi bakdagi moyni so’rib olib taqsimlagichga yuqori bosimda 10 - 14 MPa da yuboradi. Bu shesternali nasos Dvigatel tirsakli validan harakatga keltiriladi. Taqsimlagich moy nasosidan beradigan moyni kuch silindrining tegishli bo’shliqlariga yuborib gidravlik o’rnatish sistemasining ishini boshqaradi.
Kuch silindri suyuqlik (moy) oqimining energiyasini silindr korpusiga nisbatan ilgarilanma harakat etuvchi, porshenning mexaniq energiyasiga aylantiruvchi gidravlik dvigateldir.Asosiy va chiqarma kuch silindrlari bo’ladi. Asosiy silindr o’rnatish mexanizmiga, chiqarma silindrlar gidrofikatsiya qilingan mashina ish organlariga o’rnatiladi. Ular katta-kichikligiga, porshenning ish yo’li va yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Kuch silindri korpus, qopqoq, shtokli porshenь va cheklovchi klapanli kanallardan iborat.
Porshenь shtogi yuqorigi qopqoqdan chiqarilib, uning uchidagi barmog’i o’rnatish mexanizmining richagiga biriktiriladi. SHtokdagi tirgakni surib qo’yish bilan o’rnatilgan mashina ish organlarining ishlash chuqurligi cheklanadi.
O’rnatish mexanizmi traktorga o’rnatma va tirkalma mashinalarni biriktirish, ish holatiga rostlash, ish holatiga tushirish va transport holatiga ko’tarish uchun xizmat qiladi. Bu mexanizm traktorning orqasiga (ba’zan oldiga) joylashtirilgan richagli 2 yoki 3 nuqtali sistemadan iborat. O’rnatish mexanizmi: burilish richagi, ko’tarish richagi, yuqorigi va pastgi tortqilar, burilish vali va paski o’qdan iborat. O’rnatish mexanizmi taqsimlagich orqali boshqarilib ko’tarish, tushirish, neytral va erkin holatga o’rnatiladi. Pastgi tortqilarni traktorga biriktirilishiga qarab o’rnatish mexanizmi ikki va uch nuqtali sxemada sozlanishi mumkin. Ikki nuqtali sxemada pastgi tortqilarning uchlari bir-biriga yaqinlashtirilib, sharnir holida biriktiriladi. Mashina traktor ostoviga ikki nuqta orqali tayanadi va traktorning ko’ndalananiga siljiy oladi. Bu sxema yer haydashda qo’llaniladi. Uch nuqtali sxemada pastgi tortqilarning oldingi uchi pastgi ukning uchlariga kerib o’rnatiladi. Bu holda o’rnatilgan mashina traktor ostoviga uch nuqta bilan tiraladi. Bu sxemada seyalka, kulьtivator va borona kabi ishlaydigan ya’ni, keng va to’g’ri chiziqli harakat qiladigan o’rnatma qurollar ishlatilganda qo’llaniladi. Ular ish vaqtida yoniga tebranmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |