Nazort savollari:
Qator orasiga ishlov berish ishlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?
Qator orasiga ishlov berishdaqanday agrotexnik talablar qo’yiladi?
Qator orasiga ishlov berish ishlari qanday tashkil etiladi?
Kultivatorning ishchi qismlari turlari va ularning vazifasini ayting.
Ekinlarni parvarishlashda amalga oshiriladiga ishlarning samaradorligini oshirishda nimalarga alohida ahamiyat berish zarur?
Adabiyotlar: Asosiy 1,2,3 qo’shimcha 1,2,3,4
8-Mavzu: Paxta hosilini terib olishda qo’llaniladigan mashinalar
Reja:
1.Paxtani mashinada terishningo’ziga xos xususiyatlariva usullari;
2.Paxta terish mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni;
3.Paxtani mashinada terib olishni uzluksiz oqim usulida tashkil etish.
Tayanch iboralar:paxtani mashinada terish usullari,agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar.
8.1. Paxtani mashinada terishning o’ziga xos xususiyatlari va usullari
Paxta mashinalar bilan terilganda mehnat unumdorligi 2-3 barobaroshadi, terish ishlarining tannarxi 20% va undan ziyod kamayadi. SHuning uchun ushbu tadbirni sifatli qilib amalga oshirishni tashkil etish eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanib, yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda, isrofgarchiliksiz terib olishga imkon yaratadi.
Paxta terish mashinasi hosilni to’kmasdan, iflos qilmay yuqori unum bilan ishlashi uchun quyidagi tadbirlarni:
- paxta dalalarini tanlash,dalani mashina terimiga tayyorlash, g’o’za tuplarini bir tekis chilpish va defoliatsiyalash tadbirlarini maqbul muddatlarda o’tkazish;
- maydonlarni begona o’tlardan (ayniqsa g’o’zaga aylanib o’suvchi o’tlardan) tozalash;
- mashina qismlarini daladagi paxtaning holatiga qarab to’g’ri rostlash, texnik qarovlarni o’z vaqtida sifatli qilib bajarish;
- terim-transport otryadlarini tashkil qilish va ularni zarur qo’shimcha agregatlar bilan butlash va mexaniq haydovchi-operatorlar malakasini oshirish kerak bo’ladi.
Mashina terimi uchun paxta dalalarini tanlashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: paxta dalalarining o’rtacha hosildorligi 25-30 tsg’ga dan kam bo’lmasligi, tuproq unumdorligi yuqori va tekislangan bo’lishi; begona o’tlar, ayniqsa, o’ralib o’suvchi o’simliklardan toza bo’lishi, shakli to’g’ri to’rtburchak ko’rinishida, maydoni kamida mashinaning bir kunlik ish unumiga (4-6 ga) teng bo’lishi, uzunligi 500 metrdan kam bo’lmasligi lozim.
Dalani mashina terimiga tayyorlashda quyidagi tadbirlarni, ya’ni, oxirgi kultivatsiyada olingan egatlar qator oralarining o’rtasidan olinishi, bunda tuproq g’o’za tuplari tagiga surilib, uning yotib qolishiga yo’l qo’yilmaslik; g’o’za tuplarining qalinligi 1 gektarda 90-100 ming dona, har bir tupda 14-16 ta hosil shohi va 2-3 ta bo’liq ko’raklar paydo bo’lganda chilpish o’tkazish; defoliatsiya ishlarini ko’saklarning ochilish darajasiga qarab havo harorati 14-15 dan yuqori bo’lganda tabaqalashgan holda o’tkazish; defoliatsiyadan 6-8 kun o’tgach dalaning boshi va oxirida 10-12 m kenglikdagi qayrilish maydonchasidagi ochilgan paxtni qo’lda terib olish, g’o’zapoyadan tozalash va tekislash ishlarini sifatli qilib bajarilishi ta’minlashdan iborat.
Paxta terish ishiga qo’yiladigan agrotexnik talablar: mashinaning bir yurishida ochilgan paxta hosilining 90-95% yig’ishtirishi; yerga to’kilayotgan paxta miqdori 3-4%, terilmasdan va g’o’zapoyaga ilinib qolgani 2...3%, terilgan paxtaga aralashgan barg, xas-cho’p, chanoq pallalari kabi qo’shindilar 8%, terilgan paxtadagi shikastlangan chigitlar 1%, mashina o’tgandan keyin yerga to’kilgan xom ko’raklar soni har 3m masofada 1 donadan va paxta tolasining shikastlanishi 0,5% dan oshmasligi kerak; terilgan paxta tolasi ko’k shira, yoqilg’i-moy va boshqa narsalar bilan ifloslanmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |