Tomchilatib sug’orishni qo’llashning asosiy afzalliklari.
Ekinlar hosildorligi ortadi va sifati yaxshilanadi(2.2-jadval);
Sug’orishga ishlatilayotgan suv odatdagi usullarga nisbatan 20-60 % gacha kamayadi;
Mehnat va resurlar sarfi kamayadi(kulьtivatsiya qilish kamayadi, texnika kam ishlatiladi;)
Beriladigan o’g’it miqdori 50 % gacha kamayadi;
Tuproq eroziyasi to’xtaydi, yer osti suvi sathi ko’tarilishi va tuproq sho’rlanishi kamayadi.
Tomchilatib sug’orishniqo’llashning samarasi
12.1-jadval
Ekin turi
|
Suv tejalishi,%
|
Mehnat sarfining kamayishi, %
|
Hosildorlik oshishi,%
|
Paxta
|
30-40
|
50-60
|
90-150
|
Bog’-tokzor
|
40-60
|
25-30
|
20-25
|
Sabzavot-poliz
|
50-55
|
50-60
|
55-65
|
11.3. Suvdan samarali foydalanishni tashkil etish
Suv sarfi me’yorlarini belgilash va undan foydalanishda quyidagilarga:
- sizot suvlar yer betiga yaqin joylashgan maydonlarda ularni joylashish chuqurligiga qarab, sizot suvlar 2...3 m chuqurlikda joylashgan yyerlarda suvga bo’lgan ehtiyojning 15 foizi; 1...2 m chuqurlikda bo’lsa 35 foizi va 1 m gacha chuqurlikda joylashganda esa 60 foizi ana shu suvlar hisobiga qondirilishi;
- haydalma qatlam osti shag’al bo’lgan kuchsiz tuproqlarda ekinlarni sug’orishlar soni va me’yori taxminan 15 foizga ko’paytirilishi;
- ekinlarning rivojlanish bosqichlari va sizot suvlarining joylashish chuqurligiga qarab ularni ekinlar gullay boshlangunga qadar o’sish davrida beriladigan suvning 25...30 foizi, gullash va hosil to’plash davrlarida 50...60 foizi va hosilni yetilish davrida esa qolgan qismi berilishi talab etiladi.
Suv dala bo’ylab bir tekis va isrof bo’lmasdan taqsimlanishi uchun maqbul sug’orish usuli va uni tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega. Suvdan unumliroq foydalanish maqsadida ekinlar kechayu-kunduz sug’oriladi, bunda sug’orish sifatiga va uning tunda tashkil qilinishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Sug’orishda o’qariqlar oralig’i dalaning reьefi va tuproqning suv o’tkazuvchanligiga qarab 60...150 m qilib olinadi.
Suvdan samarali foydalanish uchun hududning tuproq-iqlik sharoitini hisobga olgan holda suvni har bir egatdan yoki bitta egat oralatib o’zgaruvchan oqim bilan berish tavsiya etiladi. Ekinlarni qator oralatib sug’orish chuchuk sizot suvlar yuza joylashgan o’tloq tuproqlarda, yaxshi madaniylashtirilgan bo’z tuproqlarda, nishabi kam dalalarda yaxshi natija beradi.
Yangi o’zlashtirilgan, o’zlashtirishning dastlabki ikki yilida hali sho’rdan tozalanmagan yyerlarda suvni har bir egatdan oqizib sug’orish, me’yorlarini ilgaridan sug’orib kelinadigan yerlarga qaraganda 30...40 foizga ko’paytirish tavsiya etiladi.
Mahalliy sharoitlarga qarab tanlangan sug’orish usuli quyidagi talablarga javob berishi kerak:tuproqda zarur suv, havo, oziq, tuz va issiqlik rejimini saqlashi; dalada tuproqning kerakli namligini yaratishi; suvni kam sarflagan va maksimal foydali ish koeffitsientiga (kamida 0,90...1,0) erishgan holda belgilangan sug’orish rejimini ta’minlashi; tuproqning yaxshi strukturasini saqlashi;sug’oriladigan maydonda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish uchun sharoit yaratishi; sug’orishda yuqori ish unumini ta’minlashi, sug’orishni iloji boricha mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga imkon berishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |