Maxsus tirkamalar turli qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib, quyidagi ko’rinishdagi: a – past bo’yli; b- o’rta bo’yli va v-baland bo’yli mevazor bog’larda ishlatishga mo’ljallangan.
Bunday tirkamalar (2.28-rasm) ostki 1 va yuqorigi 3 platformalar bilan jihozlangan. Yuqorigi platformani ikkita silindrlar 6 bilan gorizontal holatda ko’tarish yoki tushirish mumkin. Pastki platformaga gidrotizimli zanjirli konveyer o’rnatilgan bo’lib,u platformani uzunligi bo’yicha ko’chib yurishini ta’minlaydi.
Yuqori platformaga konteynyerlarni yuklash uchun u gidrosilindr yordamida tushiriladi va ortgich 5 bilan beshta konteyner o’rnatiladi. So’ngra platforma 3 ko’tariladi va ostki platformaga oltita konteynyerlar joylashtiriladi.
Meva to’ldirilgan konteynyerlar saqlash omborlariga tashiladi va ular teskari tartibda tushirib olinadi hamda bo’sh konteynyerlar qayta joylashtiriladi. So’ngra ular dalaga olib boriladi va mevazor bog’lar qatorlari orasiga qo’yib chiqiladi.
KPU-2 meva yig’ish mashinasiqator oralari kengligi 6 m gacha va shoxlarining diametri 7 m gacha bo’lgan bog’zorlardagi danakli va urug’li mevalarni yig’ib olish uchun mo’ljallangan.
10.5- rasm. Bog’lardagi mevalarni qo’lda terish kompleksi:
a – konteyner tashish tirkamasi; b- meva tozalash va saralash punkti; v- PKO-0,5 yig’ish-terish platformasi; g –PKO-0,75 yig’ish-terish platformasi; 1,3,9 –platformalar; 2,11-ustunlar; 4-konteynyerlar; 5-yuklagich; 6,12-gidrosilindrlar; 7-to’siq; 8,13-suriluvchi yo’laklar; 10-rama; 14,15- ish maydochalari
Mashina chap 4 va o’ng 2 agregatlardan (13.7-rasm) tashkil topgan bo’lib, ular o’ziyurar shassilarga o’rnatilgan. CHap agregat 4 markaziy rama, ilgich 3, bo’ylama 6 va ko’ndalalang 7 transportyerlar, konteyner uchun maydoncha 5 va tebratgich 8 dan iborat. Tebratgich 8 gidromotor orqali ishga tushiriladi.
O’ng agregat shassi 2 elastik materialdan yasalgan roliklarda o’rnatilgan ilgich 1 bo’lib, uni gidrosilindr yordamida daraxt tanasi tomon surish mumkin.
Mashina quyidagicha ishlaydi. Agregatlar chap va o’ng tarafdan meva daraxtiga yaqinlashib, ilgich 1 va 3 larni bir-biriga yaqinlashtiradi va tebratgich 8 ishga tushirilib daraxt tanasi silkitiladi. Tebranish natijasida uzilgan mevalar ilgichlarga to’qiladi. So’ngra ular qiya o’rnatilgan ko’ndalang transporter 7 lar orqali bo’ylama transporter 6 ga uzatiladi.
Bunda to’kilgan barglar va mayda chiqindilar tebranish hisobiga mevalardan ajraladi va qarama-qarshi tomonga harakatlanib, pastga – yer yuzasiga to’qiladi. Bo’ylama transporter 6 chiqindilardan tozalangan mevalarni konteyner 5 ga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |