Vi - agregatning ishchi tezligi, kmg’soat: Vi = ε Vn;
Ti - agregatning ish vaqti, soat: Ti = τ Tsm
β - agregatning konstruktiv kengligidan foydalanish koeffitsienti;
ε – agregatning nazariy tezligidan foydalanish koeffitsienti:
τ – smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti
3. Koeffitsientlarning miqdorlari quyidagicha qabul qilinadi:
β - koeffitsientning miqdorlari turli agregatlarning ish unumini hisoblashda quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: tirkalma pluglar uchun -1,10, osma pluglar uchun -1,03-1,07, tishli tirmalar uchun -0,98, diskali tirmalar uchun -0,96, yoppasiga ishlov berish kultivatorlari uchun -0,98, barcha turdagi seyalkalar, qator orasiga ishlov beradigan kultivatorlar uchun – 1,0, yoppasiga mineral va mahalliy o’g’it sepgichlar uchun -0,96.
ε – koeffitsienti asosan traktorning shataksirashiga bog’lik bo’lib, uning miqdori g’ildirakli traktorlar uchun 0,6…0,9, zanjirli traktorlar uchun 0,85…0,98 tashkil etadi.
τ – smena vaqtidan foydalanish koeffitsientimiqdori 7–ilovaga asosan olinadi.
Hisoblangan ko’rsatgichlarning natijalari 16-jadvalga kiritiladi vaolingan ma’lumotlarni o’zaro taqqoslab xulosa yoziladi.
Agregatning bir smenadagi ish unumini ko’rsatgichlari
№
|
Ko’rsatgichlar nomi
|
O’lchov birligi
|
Ko’rsatgichlar miqdori
|
nazariy
|
haqiqiy
|
1
|
Qamrash kengligi
|
m
|
|
|
2
|
Texnologik tezligi
|
kmg’soat
|
|
|
3
|
Smena vaqti
|
soat
|
|
|
4
|
Koeffitsient β
|
-
|
|
|
5
|
Koeffitsient ε
|
-
|
|
|
6
|
Koeffitsient τ
|
-
|
|
|
7
|
Smenadagi ish unumi
|
ga g’smena
|
|
|
Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, berilgan jarayonining sharoitlari (topshiriq);ishning bajarish tartibi bo’yicha hisob-kitoblar va aniqlangan ma’lumotlar 16-jadval ko’rinishida yoziladi hamda olingan natijalarga ko’ra xulosa beriladi.
MUSTAQIL ISHLAR
TALABALAR MUSTAQIL ISHLARI.
Talabaga mustaqil ish mavzusi o’quv yilining boshida reyting daftarchasi raqami bo’yicha tarqatib beriladi. Talaba mustaqil ishi bo’yicha olgan mavzusini kunning ikkinchi yarimida mustaqil ravishda (yoki fan o’qituvchisi ko’magida) auditoriyada, oliygoh yoki markaziy kutubxonalar o’quv zallarida, axborot texnologiyalari markazida (ATM), axborot resurslari markazida (ARM) o’quv-uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar, disertatsiyalardan hamda internet saydlaridan foydalanib bajarishlari mumkin.
Mustaqil ish mavzulari referat shaklida tayyorlanadi va himoya qilinadi. Talaba mustaqil ish mavzusini o’quv yili davomida tayyorlaydi va o’qituvchiga ximoya uchun mavzuni taqdim etadi. Mustaqil ish himoyasi o’qituvchi tomonidan belgilanadi va kunning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Mustaqil ish mavzusi hajmi qo’l yozmada 20-25 betdan kam bo’lmasligi lozim. Baholashda mustaqil ish mavzusining tayyorlanish sifatiga, talabaning xusni–xatiga, grafikaviy tayyorlanishiga qattiq e’tibor beriladi. Talabaning mustaqil ish mavzusi bo’yicha to’plagan bali jami ballar yig’indisiga qo’shib hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishi (TMI) – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O’qishning boshlang’ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog’liq. Ayniqsa, birinchi ko‘rs talabalarining ta’limining navbatdagi turi – oliy ta’lim talabalarga ko’nikishi qiyin kechadi. CHunki ular ta’lim olish jarayonida o’z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o’z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to’g’ri baholash ular uchun katta muammo bo’ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo’lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o’qituvchi dastlab talabada o’z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg’otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to’g’ri tashkil qilishga o’rgatib borish lozim bo’ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o’zlashtiriladigan bilim va ko’nikmalarning ko‘rsdan-ko‘rsga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. SHundan mustaqil ta’limga ko’nikma boshlagan talaba faqat o’qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o’zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o’zi zurur deb hisoblagan qo’shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o’zlashtirishga o’rganib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |