Ishning maqsadi:Kimyoviy ishlov berish mashinalari miqdorlagichining ishini tekshirish va rostlash tartibini o’rganish.
Kerakli jihozlar:OVX-600 ventilyatorli purkagich, uni agregatlaydigan chopiq traktori; nomogrammalar chizilgan plakatlar; sekundomer; 10 litrlik o’lchov idishi; chilangarlik asboblar; purkash uchliklari komplekti.
Ventilyatorli purkagichlardan g’o’za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashishda, g’o’za bargini tushirishda (defoliatsiya o’tkazishda) keng foydalaniladi.
Ma’lumki, ventilyatorli purkagichlar katta ish unumiga ega bo’lganligi sababli, bu turdagi purkagichlar keng tarqalgan.
Paxtachilikda keng qo’llaniladigan OVX-600 rusumli purkagichning asosiy qismlari quyidagilardan: suyuqlik idishi 1(19-rasm), ta’minlash tizimi 2, harakat uzatish mexanizmi 3, ventilyator 4, soplo 5, sozlagich 6, reduktor 7, miqdorlagich 8 va uchliklar 9 dan iborat.
|
17-rasm. OVX-600 purkagichining umumiy tuzilishi:
1-suyuqlik idishi; 2-ta’minlash tizimi; 3- harakat uzatish mexanizmi; 4-ventilyator; 5-soplo; 6-sozlagich;
7- reduktor;8-rostlagich; 9-uchliklar.
|
Turli vaziyatlarda maqbul purkash sifatini ta’minlash maqsadida, bunday purkagich ko’p variantlarda ishlatiladigan uchliklar 9 to’plami bilan jihozlangan. Uchliklar (10-jadval) bir-biridan ko’zining diametrini katta-kichikligi bilan farqlanadi.
Purkagich miqdorlagichini rostlashdan asosiy maqsad har gektar maydonga belgilagan me’yordagi dori eritmasini bir tekis purkashga erishish hisoblanadi.
10-jadval
Purkagich uchligini tuzish variantlari
Variantlar
|
Ko’z teshigining
kirish va chiqish diametri, mm
|
Uchliklar
soni, dona
|
I
|
Kirish va chiqish - 2,5
|
2
|
II
|
Kirish va chiqish - 2,5
|
3
|
III
|
Kirish va chiqish - 2,5
|
4
|
IV
|
Kirish va chiqish - 2,5
|
8
|
V
|
Kirish- 2,5 va chiqish-6,0
|
6
|
VI
|
Kirish- 2,5 va chiqish-6,0
|
8
|
Purkagichni har gektarga belgilangan Qame’yordagi eritmani purkashga mashinani rostlash uchun bir dona uchlikdan sepilishi lozim bo’lgan suyuqlik miqdori aniqlanadi:
, kgg’min
bu yerda: -bir gektarga belgilangan suyuqlik miqdori, lg’ga;
– purkagichning ishchi qamrash kengligi, m;
- purkagichning harakat tezligi, kmg’soat;
Z - purkagichga o’rnatilgan uchliklar soni, dona: Z= 1 dona
Agar aniqlangan > 50 lg’min bo’lib chiqsa, bir uchlikli ventilyatorli purkash qurilmasi ishlatiladi. Bu miqdorni nomagramma (20a-rasm) yordamida ham topish mumkin.
Agar 50 lg’min bo’lib chiqsa, pnevmodiskli purkash qurilmasi ishlatiladi. Bu qurilma turli o’lchamlarga ega bo’lgan uchliklar to’plami bilan jihozlanadi. To’plamdagi uchliklardan oltita variant (10-jadval) tuzib, kerakli purkash sifatiga erishish mumkin.
Aniqlangan ni ta’minlash uchun 20b-rasmda keltirilgan nomogramma yordamida uchliklar soni Z va purkagich magistrali quvurchasidagi kerakli suyuqlik bosim R aniqlanadi. Keyin esa, magistral quvurchasida belgilangan R bosimi sozlagich yordamida o’rnatiladi va manometr yordamida doimiy nazorat qilinadi.
Nomogramma yordamida hisoblanib aniqlangan ni ta’minlash uchun uchliklar qanday o’rnatilishi aniqlanadi. Pnevmodiskli purkash qurilmasi uchun ham magistral quvurchasida bosimning miqdori nomogramma yordamida aniqlanadi.
a) b)
Do'stlaringiz bilan baham: |