1.Ishning maqsadi: G’alla o’rish, donni tozalash usullari va agrotexnik talablar, kombaynlarni, don tozalagichlarning tuzilishi, ishlash jarayoni va uni ishga tayyorlash bo’yicha ko’nikmalar berish usullari va agrotexnik talablar,
2.Kerakli jihozlar: Dominator-130 g’alla o’rish kombayni, OS-4,5 don tozalash mashinasi ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.
3.Ishni tashkil etish tartibi:
Boshoqli don hosilini yig’ishtirib olishda bir, ikki va uch fazali o’rib-yig’ib olish usullari mavjud.
Bir fazali yig’ishda poyalarni qirqish, yanchish va donni ajratish jarayonlari bir paytda amalga oshiriladi.
Ikki fazali yig’ishda esa don poyasi bilan o’rib olish va dala yuzasiga qator uyumlar ko’rinishida tashlab ketish, bu massa qurigandan so’ng qator uyumini yerdan ko’tarib olish, yanchish va donni ajratish ishlari bajariladi.
Uch fazali o’rib-yig’ib olish usulida poyalarni qirqish, qirqilgan poyalarni maxsus quritish maydonchalariga tashish, ularni quritish, yanchish va donni ajratib olish jarayonlari amalga oshiriladi.
Respublikamizning turoq-iqlim sharoiti yetishtirilgan boshoqli don hosilini qisqa muddatlarda g’alla kombaynlari bilan bir fazali usulda, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri yig’ishtirib olish imkonini beradi.
Agrotexnik talablar: Kombayn jatkasidagi don nobudgarchiligi, ko’pi bilan 0,5%, kombayn orqasidagi yerga to’kilgan don miqdori, ko’pi bilan 1,5%, bunkerdagi donning shikastlanganlik darajasi,ko’pi bilan 2%, bunkerdagi donning tozaligi, eng kamida 95% ni tashkil etishi kerak.
Kombaynlar asosiy ishchi qismlarining tasniflanishi. Kombaynlar yanchish apparatlarini tuzilishiga qarab baraban-taglikli, barabanli va rotorli turlarga bo’linadi.
Baraban-taglikli apparatlar aylanuvchi baraban va ko’zg’almas taglikdan iborat. Barabanlar shtiftli va savagichli turlarga bo’linadi.
SHtiftli baraban o’rnatilgan yanchish apparati aylanuvchan barabanga shaxmat tartibida joylashtirilgan shtiftlar va qo’zg’almas panjarasimon taglikdan tashkil topgan. Savagichli baraban o’rnatilgan yanchish apparati baraban sirti bo’ylab, uning o’kiga parallel kertikli savagichlar o’rnatilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda asosan “Klass” firmasining “Dominator-130” g’alla o’rish kombaynlari ishlatilmoqda.
“Dominator-130” g’alla kombayni (10.1-rasm) qamrash kengligi katta bo’lmagan S 420 rusumli jatka (qamrash kengligi 4,27 m) va klassik ko’rinishdagi ko’ndalang baraban-dekali yanchish qurilmasi bilan jihozlangan.
Kombaynning ish tezligi o’rib olinayotgan g’allaning hosildorligi va uning yotib qolganligi, maydonning tekis-notekisligi hamda boshqa omillarga qarab tanlanadi. Dala o’t bosmagan, hosildorlik 40-50 tsg’ga va poyalar yotib qolmagan tekis dalalarda 4,6-5 kmg’soat ish tezligi “Klaas-Dominator-130” kombaynlari uchun ham maqbul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |