152
12 sm, janubiy rayonlarida xatto 10-14 sm chuqurlikka ekadilar.
Kartoshkadan eng
erta xosil olish uchun iloji boricha eng erta va yuza ekiladi. Ekish muddatidan kechga
qolinsa tuganak chuqurroq ekiladi.
Ekish chuqurligini tanlashda quyidagilarga amal qilinadi. Qator orasiga ishlov
berish va hosilni yigishni mexanizatsiya yordamida bajarish uchun o’simlik bir xilda
rivojlanishi kerak. Buni ta’minlash uchun nihollar bir vaqtda hosil bo’lishi; tuganaklar
bir xil chuqurlikka ekilishi; tuganak ekilgan qatlamda
gaz va havo almashishini
ta’minlash, uni tagida mayin g’ovak tuproq bo’lishi kerak. Tuganak ekilgan maydon
sogtuproqli bulsa, tuganak ostidagi qatlam zichligi – 1,1-1,2 g/sm
3
, qumoqlida – 1,3-
1,4 g/sm
3
bulishi kerak; egat tubidan pushta chuqqisigacha bulgan balandligi 12-14 sm
dan oshmasligi kerak: chuqqi urta chizigi ekilgan tuganaklar chizigi ustida ± 2 sm
farqi bilan joylashishi kerak .
Kartoshka erta muddatda yuzaroq ekilishi kerak, chunki tuproq sathi tez qizishi
hisobiga nihollar erta hosil bo’ladi, ularni zamburg’ kasalligiga chidamliligi oshib xato
miqdori kamayadi.
Yirik
tuganaklar chuqurroq, maydalari esa yuza ekilishi kerak. Ekish chuqurligi
tuganak diametriga tugri kelib , uni yuqori qismi yer satxiga yaqin turishi kerak.
Tuganak ekilgan uyachuqurligi meyorida bulsa xosilni kavlab olishni osonlashtiradi.
Tuganaklar xosil buladigan uyani chopiq qilish davrida tuproq bilan kumish maqsadga
muvofiq buladi. Tuproq bilan kumish balandligi 5-7 sm dan oshmasligi kerak 31-
rasm).
10 rasm. Me’yorida ekish va chopiq qilish sxemasi (QaLLHH , 1988).
Me’yoridan chuqur ekish kartoshka xosildorligiga salbiy ta’sir etib, uni
yuqotilishini kupaytiradi, kartoshka kovlagich mexanizmi
ishini qiyinlashtirib, ish
unumdorligini pasaytiradi va tuganaklar mexanik shikastlanish xavfini kupaytiradi.
O’zbekistonda kartoshka ekish chuqurligini tanlash uni, ekish muddati bilan
bog’liq bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu yerda ertagi kartoshkadan
eng erta
hosil olish vazifasi qo’yilsa, u 6-8 sm chuqurlikka ekiladi. Bunda urug’lik tuganaklar
tuproqni tez va yaxshi qiziydigan qatlamiga joylashtiriladi va u nihol hosil bo’lishini
tezlashtiradi. Erta bahorda ekilgan kartoshka nihollarini tabiiy namlik hisobiga hosil
qiladi.
153
O’zbekistonda yozgi ekish muddati davrida tuproq kuchli qizib va u tezda qurib
qoladi. SHuning uchun urug’lik tuganak chuqur ekilsa, u
tuproqning harorati past va
namligi ko’p qatlamiga joylashadi. SHu sababli ekilgan tuganaklardan baquvvat nihol
olish uchun yozgi muddatda u chuqur ekiladi. Yozgi muddatda o’rtacha yiriklikdagi
urug’liklar 10-12 sm chuqurlikka, yiriklari esa 12-14 smga ekiladi.
Yozgi muddatda ekish yuqori xaroratli kunlarda utkaziladi, urug’lik
tuganaklardan tuliq kuchat olish uchun ular tuproqning namligi kup bulgan qatlamiga
joylashtirilishi zarur. SHu sababli oldindan olingan egatlarni sugorib, yetilgan davrida
ekish tavsiya etiladi. Kartoshka yozda tekis dalaga ekilsa, ekish bilan bir vaqtda egat
olinib shu kuni sugorilishi kerak. Sugorish
bir kunga kechiktirilsa, xata miqdori
sezilarli darajada kupayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: