11
transportda tashuvchi. Bu bitim mahsulotlarning ko’plab isrof bo’lishini oldini
olish, mahsulotni iste’molchilarga sifatli yetkazib berish imkoniyatlarini beradi
Sabzavot mahsulotlarini kichik omborxonalarda saqlash hajmini
oshirish
.
Buning uchun fermer xo’jaliklari sharoitida kichik omborxonalrni barpo
etish, mavjud omborlarn rekonstruktsiya qilish talab etiladi.
Ularda saqlashning
yangi texnologiyalaridan keng foydalanish taqozo etiladi (boshqariladigan gaz
muhiti, muzlatish, yangi qadoqlash idishlari va h.k.). bularning barchasi
mahsulotni sifatli saqlash va eksport hajmini oshirish imkonini beradi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishda boshqa tarmoqarga xos
imkoniyatlar ham mavjud. Bular sug’horish suvlarini tejash va sifatli yetkazib
berish
tizimlari,
kasallik
va
zararkunandalarga
qarshi
kurashishning
uyg’unlashtirilgan tizimlari, biologik o’g’itlardan
keng foydalanish, tuproqqa
ishlov berishni kamaytirish, agroekotizimga tashqi ta’sirlarni minimumga tushirish
va boshqalardir.
O’zbekistonda kartoshkkachilik va sabzavotchilikni rivojlantirishda ilmiy
tadqiqotlarning ahamiyati ham yuqridir.
Yuqorida bildirilgan fikrlar ushbu tarmoqlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish
yo’nalishlari va muammolarini aniq belgilashga asos bo’ladi.
-
Selektsiya va urug’chilik yo’nalishida ilmiy tadqiqotlar roilini oshirish, unda
biotexnologiyalar, gen muhandisligi, duragay avlodlarni tezkor ko’paytirish,
adaptiv selektsiya uchun mutagenezdan keng foydalanish va boshqalarni o’z ichiga
olishi kerak ;
-
Nav xilma-xilligini ta’minlash,
bunda yuqori hosildor, muhitning stress
omillariga chidamli, mahsulot tarkibida nitratlar va pestitsidlarning qoldiq
miqdorini kam to’plovchi navlar va duragaylar ulushini oshirishga e’tiborni
kuchatirish zarur.
Bundan tashqari, respublika uchun ultra tezpishar
kartoshka va sabzavot
mahsulotlari navlariga ehtiyoj yuqoridir. Bunday navlar o’rtagi navlar hosili
chiqquncha aholini sifatli va yangi mahsulotlar bilan mo’l miqdorda ta’minlash
imkonini beradi. Ular takroriy ekinda ham qisqa muddat ichida qo’shimcha
mashulot yetishtirib olish imkoini beradi.
Sabzavotlarni bahorgi emas, balki eng erta va takroriy ekinda etishtirishni
kuchaytirish yerdan oqilona foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Birlamchi urug’chilik tizimini faollashtirish va tadqiq qilish bugungi kun
zarurati ekanligicha qolmoqda.
Ta’m va tovar sifatlari yuqori bo’lgan, biokimyoviy tarkibi boy noan’anaviy
sabzavotlarni introduktsiya qilish orqali mamlakat sabzavot assortimentini oshirish
talab etiladi.
Agrotexnik ishlanmalar ham
navga xoslanib ishlab chiqilsa, sabzavot
ekinlarini etishtirish samaradorligi yanada ortadi. Bu holda mamlakatimiz navlari
ham yuqori agrotexnikada xorijiy duragaylardan qolishmagan holda yuqori sifatli
mo’l hosil berishi mumkin.
Etishtirilgan mahsulotlar bir qancha talablarga javob bermog’i lozim:
12
Yuqori mahsuldorlik
Tezpisharlik
Kasallik va zararkunandalarga
chidamlilik
Issiqqa chidamlilik
Qurg’oqchilikka chidamlilik
Saqlashga yaroqlilik
Transportabellik
Yuqori tovarboplik va texnologik sifatlari
Ekologik jihatdan xavfsizlik
Raqobatbardoshlik
Bularning barchasi qishloq xo’jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishni
talab etadi. Bunda asosiy e’tibor, agrotexnik ishlanmalar, yangi yuqori hosildor va
muhitning stress omillariga chidamli nav va duragaylarni keng tatbiq etish, tashqi
muhitga zarar keltiruvchi pestitsidlar va tuproqqa ishlov berish tizimlarining
ulushini kamaytirish, bunda biologik o’g’itlardan foydalanish va o’simliklar
kasalliklari hamda zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan
himoya usullarini
kengsh qo’llashga e’tibor berish va boshqalarga e’tibor berish taqozo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: