120
uchun harorat 7° dan pasaymasligi lozim. SHuning uchun kartoshka tuganaklari
tuproq 10 sm qatlami 7—8° isiganda ekiladi. Harorat 18—20° bo’lganda o’simliklar
tez ko’karib chiqadi.
Nishlatilmagan urug’lik tuganaklar ekilganda unib chiqish ekilganning 20—25-
kuni, urug’lik tuganaklar nishlatilib ekilganda esa 6—11 kun oldin ko’karib chiqadi.
Ekilgandan unib chiqishgacha haroratning 10—12° gacha pasayishi ko’karishni 5—6
kunga uzaytiradi. Kartoshka urug’lik tuganaklari unib chiqish uchun 240—300
0
foydali harorat yig’indisini talab etadi.
Harorat 3° dan past va 35° dan yuqori bo’lganda tuganakdagi kurtaklarning
o’sish va rivojlanishi to’xtaydi. Bu holatlarda tuganak bir necha kun qolsa, uning o’zi
va kurtaklari nobud bo’ladi.
Kartoshka palagining o’sish va rivojlanishi uchun qulay havo harorati 18—23°
hisoblanadi. Harorat bundan oshsa, fotosintez sekinlashadi, 40° ga yetganda palak
o’sishi to’xtab, fotosintez natijasida hosil bo’layotgan oziq moddalar nafas olish uchun
yetmaydi.
Palak past haroratga tahsirchan. Agar harorat minus 1—2° ga pasayib, 5—6 soat
davom etsa, u nobud bo’ladi. Ana shunday qisqa muddatli sovuqdan zararlangan yosh
o’simliklarning regeneratsiya (qayta tiklanish) qobiliyati yuqori bo’ladi. Bunday
o’simlikli maydonlar darhol qator orasi ishlanib, azotli o’g’itlar bilan oziqlantirilib
sug’orilsa yetarli. Kartoshkaning yaxshi gullashi va meva tugishi uchun qulay harorat
18—21°. Yuqori haroratda gul va g’unchalar to’kilib ketadi, 27—29° da esa gullash
to’xtaydi. Tuganakning shakllanishi uchun tuproq harorati 18—20° bo’lgani qulay
hisoblanadi. Harorat 6° dan past va 23° dan yuqori bo’lsa, tuganak hosil bo’lishi
sekinlashadi, harorat 2° dan pasaysa, 26—29° dan oshganda esa mutlaqo to’xtaydi.
Past (—1, 2°) va yuqori haroratdan tuganaklar nobud bo’ladi. Yuqori harorat tahsirida
fotosintezning uzoq vaqt to’xtab qolishi tufayli kartoshka tuganaklari keyingi o’sish
qobiliyatini yo’qotadi. Fotosintez jarayoni tiklangandan keyin esa ona o’simlik
stolonlarida yangi shakllanmagan tuganaklar hosil bo’lib, ekologik aynish kuzatiladi.
Buning oqibatida kartoshkaning irsiyati va sifati yomonlashadi, hosildorligi kamayib,
tovarlik sifati pasayadi. SHunga ko’ra O’zbekistonda shakli o’zgargan tuganaklar ko’p
uchraydi.
Kartoshka o’simligi o’suv davrida talab etadigan o’rtacha foydali harorat
yig’indisi (10° dan yuqori) tezpishar navlar uchun 1000—1200°, o’rtapishar navlar
uchun 1200—1400°, kechpishar navlar uchun esa 1400-1600° ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: