6. Adabiyotlar ro‘yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O‘zR qonunlari.
2. O‘zR Prezidenti farmonlari.
3. O‘zR Hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko‘rsatiladi:
muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan
joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada)
bosilgan bo‘lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta)
sahifasi raqami.
7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyat jihatidan tekshirilishi
Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so‘zlardan boshqa so‘zlarning qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ilovalar ular mazmunini ko‘rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qo‘yiladi.
Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo‘yicha kafedra belgilagan ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.
Referat- ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida yaratiladi. Referat yozishdan maqsad - manb‘a sifatida o‘rganilayotgan matnning mazmunini qisqacha bayon qilishdir.
Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:
Nima haqda? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qoshilib bolmaydi?
Mavzu boʻyicha savollar:
1.Matnni qisqartirish qanday amalga oshiriladi?
2.Matnni kengaytirish qanday vosita orqali amalga oshiriladi?
3.Referat yozish qonun-qoidalarini tushuntiring.
Topshiriqlar:
1.Quyidagi iqtisodga oid matn yuzasidan reja tuzing va shu asosida so‘zlab bering.
Iqtisodiy yangi soʻzlar
Bugungi kunda barcha sohalarda yangi so‘zlar bilan boyimoqda. Jumladan iqtisodiyot sohasi ham “toʻlishib” bormoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotning yetakchi yoʻnalishlaridan boʻlgan buxgalteriya, marketing, menejment, logistika yoʻnalishlari yangi soʻzlar bilan boyishi har bir iqtisodchini bee’tibor qoldirmasa kerak. Oʻzbek tilining asoschilari A.Navoiy va M.Qoshgʻariyning iqtisodiyotga oid atamalari mazkur sohaning xazinalaridir desam mubolagʻa boʻlmaydi.
Tilimizni asrab-avaylash, toza saqlash, chet tillar ta’sirini bir me’yorga keltirish zarurati har birimizning zimmamizda ekanligi xususida koʻp va xop gapirmoqdamiz, soʻz yuritamiz. Inchunun, tilimizdagi oʻzgarishlar, avvalo, istilohlar evaziga kirib keldi deyish mumkin. E’tiboringizga ko‘p qoʻllanilayotgan soʻzlarining kelib chiqishi, ma’nosi haqida gaplashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |