6. Buyruq mazmunli matnlar. Buyruq havmda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi.
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar. Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
Kishilarning nutqiy faoliyati monolog, dialog, polilog ko‘rinishida amalga oshadi.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz mazmunida bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, toʻliqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Monolog – so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqdir. Monologik nutqda so‘zlovchi o‘ziga ma’lum bo‘lgan voqea-hodisalar, o‘z ichki kechinmalari haqida ma’lumot beradi. Monologik nutq tinglovchilarni suhbatga faol aralashuvga undamaydi; ulardan aytilganlarga javob talab qilmaydi. Sintaktik jihatdan monologik nutq murakkab tuzilgan bo‘lib, keng qamrovlidir.
Monologik nutq o‘z xususiyatlariga qarab bir necha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: ichki monolog va tashqi monolog. Tashqi monologning dramatik monolog, lirik monolog, xabar monolog kabi turlari bor.
Ichki monolog badiiy adabiyotda qo‘llanuvchi uslubiy usullardan biridir. Bu usul yuz bergan aniq voqealarni ularning ta’sirida qahramon ichki kechinmalarida paydo bo‘lgan fikrlar sifatida bayon etishi imkonini beradi. Ichki monolog so‘zlovchining ichki nutqidir.
Tashqi monolog so‘zlovchining tashqi nutqidir. Unda til imkoniyatlari haqiqatga aylanadi. So‘zlovchining nutq mazmunini yetkazishga ko‘maklashuvchi turli xil harakatlari yordamida bayon etiladigan monologik nutq dramatik monolog deyiladi. Dramatik monolog so‘zlayotgan shaxsning qo‘li, gavdasi, qoshi, boshi, kafti kabi a’zolari zarurati tug‘ilganda harakat qiladi. Turli tarzdagi ma’noli harakatlar fikrning tinglovchi tomonidan yaxshi tushunib olinishiga ko‘maklashadi.
So‘zlovchining ichki his-tuyg‘ularini, ruhiy kechinmalarini ifodalovchi tashqi monologik nutq lirik monolog deyiladi. Lirik monologda shaxsning orzu-umidlari tashqi dunyodan olgan taassurotlari kelajak rejalari aks etadi. Masalan: Uch kunda jadal bilan bitta do‘ppi bitkazaman. Men bu do‘ppimning nusxasini toleyimdan chizdim, gullari yurak qonimdan yaproqlari sariq chehralaridan namunadir.
So‘zlovchining yuz bergan voqea-hodisalar haqida hikoya qilib berilishi xabar monolog hisoblanadi. Xabar monologida voqea raviy tilidan bayon etiladi. Xabar monologi hikoyachilik, qissachilikda ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan: Tush payti maxsus avtobusda ishga borayapman.
Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrini bildirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |