Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva



Download 3,57 Mb.
bet41/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

Eslatma:
1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: «Bu men»,— qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga (O. Yoqubov);
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini:
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi o‘zbek adabiy tilming lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar; 2) o‘zbekcha so‘zlar; 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar; 4) arab tilidan kirgan so‘zlar; 5) rus tilidan kirgan so‘zlar («O‘zbek tili» darsligidan).

Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bo‘lmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi; AQSH (Amerika Qo‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (Atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.




Mavzu bo‘yicha savollar:

  1. Bosh harflar imlosi qoidalariga amal qilinadigan holatlarni sanab o‘ting.

  2. Xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so‘z qanday harf bilan boshlanadi?

  3. Vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar nomi tarkibi qanday yoziladi?



Topshiriqlar:

              1. Qishloq xoʻjaligi va uning yoʻnalishlari bilan bogʻliq atoqli otlarga misollar keltiring.

Namuna: Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bank- moliya akademiyasi.

              1. Quyidagi kasbiy soha boʻyicha terminlarni yodda saqlang va ular ishtirokida 10 ta gap tuzing.

Tadbirkorlik

Kishilarning foyda olish maqsadida,tavakkalchik asosida, oʻz mablagʻi, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyati.

Biznes reja

Biznes-gʻoyani amalga oshirish maqsadida qilinishi zarur boʻlgan,oʻzaro muvofiqlashtirilga xatti-harakatlar dasturi.

Tijorat

Tovarni muayyan narxda sotib olib, soʻng boshqaga oʻz foydasini koʻzlab qimmatroq narxda sotishdan iborat tadbrkorlik faoliyati.

Sugʻurta

Turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.

Korxona

Tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish amalga oshiriladigan xoʻjalik tashkiloti.

Firma

Tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona.

Shirkat

Birgalikda faoliyat koʻrsatish maqsadida ikki va undan ortiq kishilarning mulki asosida tashkil qilingan va faoliyat natijasiga birgalikda toʻla javob beriladigan firma.

Aksiyadorlik
jamiyati

Nizom jamgʻarmasi aksiyalarini sotish yoʻli bilan shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma.

Aksiya

Firma nizom jamgʻarmasiga hissa qoʻshilganini tasdiqlovichi va egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat – qimmatbaho qogʻoz.

Dividend

Aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi.

Menejment



Biror koʻzlangan maqsadga erishish usullari shakllari,vositalari va boshqarish tamoyillarini oʻrganadigan fan

Menejer



Maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki boshqaruvchi.

Marketing

Bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni qondirishga yoʻnaltirilgan faoliyat.

Marketolog



Marketing faoliyati bilan shugʻullanuvchi , maxsus bilimga ega boʻlgan mutaxassis.

Reklama



Iste’molchilarga tovar haqida ma’lumot berish orqali ularning tovarga boʻlgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri.

Iqtisodiy
erkinlik

Iqtisodiyot qatnashchilariga mustaqil va erkin iqtisodiy qarorlar qabul qilishini ta’minlash.

Davlat
budjeti

Davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati.

Tijorat banki



Aholi, firma va tashkilotlarga xizmat koʻrsatish banki

Depozit



Omonat yoki bankka qoʻyilgan mablagʻ.

Kredit



Bank tomonidan mijozlariga berilgan qarz.

Boj

Davlatning muassasalari tomonidan koʻrsatilgan ba’zi bir xizmatlari uchun yoki davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirish uchun toʻgridan-toʻgri toʻlanadigan haq.



3. Jоnli so‘zlаshuv nutqigа хоs so‘zlаrni yozmа аdаbiy tildа yozing.


Namuna: sеvindi - suyundi.
Аnjоn, Sаmаrqаn, Tоshkаn, аsmа, do‘slik, ishliymаn, tеlvizоr, ko‘yni, оbkеtаmаn, to‘r, ishkа, silаr, bo‘mаydi, аbzаl, mахtаnchоq, mаrt, dаsro‘mоl, dаslаpki, yusso‘m, ushtа, оlli, tахsimlаmоq, shаmmi, birоntа, аynаlmоq.

  1. Quyidagi kasbiy soha bo‘yicha matnni o‘qing va o‘zlashtiring.




Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish