Eslatma:
1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: «Bu men»,— qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga (O. Yoqubov);
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
— mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini:
— ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi o‘zbek adabiy tilming lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar; 2) o‘zbekcha so‘zlar; 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar; 4) arab tilidan kirgan so‘zlar; 5) rus tilidan kirgan so‘zlar («O‘zbek tili» darsligidan).
Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bo‘lmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi; AQSH (Amerika Qo‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (Atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
Mavzu bo‘yicha savollar:
Bosh harflar imlosi qoidalariga amal qilinadigan holatlarni sanab o‘ting.
Xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so‘z qanday harf bilan boshlanadi?
Vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar nomi tarkibi qanday yoziladi?
Topshiriqlar:
Qishloq xoʻjaligi va uning yoʻnalishlari bilan bogʻliq atoqli otlarga misollar keltiring.
Namuna: Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bank- moliya akademiyasi.
Quyidagi kasbiy soha boʻyicha terminlarni yodda saqlang va ular ishtirokida 10 ta gap tuzing.
Tadbirkorlik
|
Kishilarning foyda olish maqsadida,tavakkalchik asosida, oʻz mablagʻi, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyati.
|
Biznes reja
|
Biznes-gʻoyani amalga oshirish maqsadida qilinishi zarur boʻlgan,oʻzaro muvofiqlashtirilga xatti-harakatlar dasturi.
|
Tijorat
|
Tovarni muayyan narxda sotib olib, soʻng boshqaga oʻz foydasini koʻzlab qimmatroq narxda sotishdan iborat tadbrkorlik faoliyati.
|
Sugʻurta
|
Turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
|
Korxona
|
Tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish amalga oshiriladigan xoʻjalik tashkiloti.
|
Firma
|
Tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona.
|
Shirkat
|
Birgalikda faoliyat koʻrsatish maqsadida ikki va undan ortiq kishilarning mulki asosida tashkil qilingan va faoliyat natijasiga birgalikda toʻla javob beriladigan firma.
|
Aksiyadorlik
jamiyati
|
Nizom jamgʻarmasi aksiyalarini sotish yoʻli bilan shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma.
|
Aksiya
|
Firma nizom jamgʻarmasiga hissa qoʻshilganini tasdiqlovichi va egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat – qimmatbaho qogʻoz.
|
Dividend
|
Aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi.
|
Menejment
|
Biror koʻzlangan maqsadga erishish usullari shakllari,vositalari va boshqarish tamoyillarini oʻrganadigan fan
|
Menejer
|
Maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki boshqaruvchi.
|
Marketing
|
Bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni qondirishga yoʻnaltirilgan faoliyat.
|
Marketolog
|
Marketing faoliyati bilan shugʻullanuvchi , maxsus bilimga ega boʻlgan mutaxassis.
|
Reklama
|
Iste’molchilarga tovar haqida ma’lumot berish orqali ularning tovarga boʻlgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri.
|
Iqtisodiy
erkinlik
|
Iqtisodiyot qatnashchilariga mustaqil va erkin iqtisodiy qarorlar qabul qilishini ta’minlash.
|
Davlat
budjeti
|
Davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati.
|
Tijorat banki
|
Aholi, firma va tashkilotlarga xizmat koʻrsatish banki
|
Depozit
|
Omonat yoki bankka qoʻyilgan mablagʻ.
|
Kredit
|
Bank tomonidan mijozlariga berilgan qarz.
|
Boj
|
Davlatning muassasalari tomonidan koʻrsatilgan ba’zi bir xizmatlari uchun yoki davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirish uchun toʻgridan-toʻgri toʻlanadigan haq.
|
3. Jоnli so‘zlаshuv nutqigа хоs so‘zlаrni yozmа аdаbiy tildа yozing.
Namuna: sеvindi - suyundi.
Аnjоn, Sаmаrqаn, Tоshkаn, аsmа, do‘slik, ishliymаn, tеlvizоr, ko‘yni, оbkеtаmаn, to‘r, ishkа, silаr, bo‘mаydi, аbzаl, mахtаnchоq, mаrt, dаsro‘mоl, dаslаpki, yusso‘m, ushtа, оlli, tахsimlаmоq, shаmmi, birоntа, аynаlmоq.
Quyidagi kasbiy soha bo‘yicha matnni o‘qing va o‘zlashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |