O‘zbekiston va xalqaro aloqalar
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishidagi o‘tgan qisqa davrda respublikani suveren davlat sifatida qaror toptirish yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirildi. Hozir O‘zbekistonni 200 taga yaqin davlat tan olgan. Dunyodagi 140 dan ortiq mamlakatlar bilan rasmiy diplomatiya aloqalari o‘rnatilgan. Toshkentda 38 mamlakat o‘z elchixonasini ochgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston to‘la huquqli asosda eng obro‘li va nufuzli tashkilotlar tarkibiga kirgan bo‘lib, barcha qit’alardagi o‘nlab mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.
Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli rivojlantirishni xavfsizlik va barqarorlikning kafolati deb bilamiz. O‘zbekiston dunyo uchun ochiq.
Hujjat turlaridan shartnomani yozishni oʻrganing.
Shartnoma hujjati haqida ma’lumot
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvidir. Shartnoma davlat, kooperativ yoki shirkat xo‘jaliklari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatiladigan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi
Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga ega: mahsulot yetkazib berish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat yo‘li bilan xarid qilish, bino va inshootlar qurilishi, turar joy ijaralari haqida va boshqalar.
Tashkilotlarda keng qo‘llaniladigan oddiy shartnomalarning zaruriy qismlari quyidagilar:
1. Shartnomaning nomi (Mahsulot yetkazib berish shartnomasi, imoratni ijaraga olish shartnomasi, pudrat shartnomasi kabi)
2. Shartnoma tuzilgan sana.
3. Shartnoma tuzilgan joy.
4. Shartnoma tuzilayotgan tomonlarning aniq va to‘liq nomi (matnning keyingi o‘rinlarida ularni qisqartirib, shartli nomlash mumkin: “buyurtmachi”, “institut”, “muassasa”, “uy-joylardan foydalanish idorasi”, “bajaruvchi”, “ijrochi”, “direktor”, “xodim” kabi) tomonlar vakillarining ismi va otasining ismlari, familiyalari, ularning vakolat doirasi (ularga shartnoma tuzish huquqini beruvchi vakolatlar haqida).
5. Shartnoma matni (bu qism ba’zan boblarga bo‘linadi, har bir bob rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar bandlarga bo‘linib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan ko‘rsatiladi. Xuddi shu nizolarni ko‘rib chiqish tartibi, shartnomaning umumiy summasi, uning amal qilish muddati ham bayon qilinadi).
6. Tomonlarning huquqiy manzillari.
7. Tomonlarning imzolari va muhrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |