Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva


Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli



Download 3,57 Mb.
bet120/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moliehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlardan foydalanish.
Yakka tartibdagi iste’mol – alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi.
Jamoa bo‘lib iste’mol qilish – jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi.
3.Umumiste’moldagi bozor, pul kabi iqtisodiy so‘zlar yordamida iqtisodiy terminlar yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: bozor – bozor islohoti, bozor segmenti,…
pul – pul tizimi, pul erkinligi,…
Mavzu boʻyicha testlar:
1.Matn tipologik jihatdan qanday koʻrinishga ega?
a) turgʻun strukturali matn,erkin strukturali matn
b)badiiy matn, nobadiiy matn
c)maksimal matn, minimal matn
d)monolog,dialog,polilog
2. …. deyilganda keng koʻlamdagi voqealar yoritilish ehtiyoji bilan yuzagaa kelgan butunlik nazarda tutiladi.
a)maksimal matn
b)badiiy matn
c)nobadiiy matn
d)monolog matn
3.Ifoda maqsadiga va vazifasiga koʻra badiiy matn nechta turga boʻlinadi?
a)7
b)4
c)2
d)5
4.Ikkidan ortiq ishtirokchilar nutqidan tuzilgan suhbat … .
a)polilog
b)dialog
c)muzokara
d)muhokama


  1. MATNNI QISQARTIRISH VA KENGAYTIRISH YO‘LLARI


Tayanch so‘z va iboralar: takror so‘zlar, birikmali sifatdosh, o‘xshatish, tasviriy ifodalar, matn mohiyati, matn tahriri, matn mazmuni.
Har bir matn asosini, ya’ni asosiy fikrini tashkil etadigan gaplar bo‘ladi. Bu gaplar matndan ajralsa, matn mazmuni bo‘lmay qoladi. Shuning uchun matn hajmini qisqartirish va kengaytirishda matn avval yaxshilab o‘qib, tushunilib, kerakli o‘rinlari belgilanib olinadi.
Matnni qisqartirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
· matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
· gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish;
· birikmalarni ma’nodosh so‘zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish;
· matnning qo‘shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
· matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
· birikmali sifatdosh, o‘xshatish va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.
Matnni kengaytirish quyidagi yo‘l va vositalar bilan amalga oshiriladi:
· matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash;
· matnning bosh fikri, g‘oyasini shakllantiruvchi tayanch so‘z yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog‘liq holda o‘z mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo‘shish;
· gapni uyushiq bo‘laklar, kiritmalar, ajratilgan bo‘laklar hisobiga kengaytirish;
· so‘z va birikmalarni ma’nodoshlari – tasviriy ifodalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vositalari bilan almashtirish;
· sodda gapni qo‘shma gapga, qo‘shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish;
· asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo‘shimcha fikr, izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda bog‘lab kiritish;
· matnning kirish, xulosa qismlarini o‘z qarashlari, mulohazalari, ilovalari bilan to‘ldirish.
Matn ustida ishlashda matnni tahlil qiluvchi – muharrir matn bibliografiyasiga ham, keltirilgan ko‘chirmalarning yozlishiga ham e’tibor berishi lozim.
Biror manbadan olinayotgan ko‘chirmalar hech bir o‘zgarishsiz, qo‘shtirnoq ichida keltirilishi va manbasi aniq ko‘rsatilishi shart.
Ayrim matnlar uslubiy jihatdan g‘aliz bo‘lib, matnda hatto bir gapning o‘zida o‘rniga tushmagan jumlalar, so‘z qaytariqlari ko‘p bo‘lishi mumkin. Mana shunday paytlarda, sinonimlar va leksik dubletlarning eng ma’qulini tanlash ustida ish olib boriladi. Bunday mustaqillik davridagi o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda so‘z qo‘llash lozim bo‘ladi.
Matnda ayniqsa, rasmiy matnlarda kishilarning ismi-familiyasini, tashkilot- muassasalar nomlarini, geografik joy nomlarini yozishda har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Qisqartma otlarni yozishda ham har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, O‘zb. respublikasi. O‘z. respublikasi, O‘z. Resp., O‘zb. Respublikasi, O‘z. Respublikasi, O‘z. resp-si tarzida emas, balki O‘zR yozilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi esa O‘zr VM shaklida bir xil yozilishi maqsadga muvoqif bo‘ladi.
Xullas, bu kabi holatlarni yozish va tahrir qilishda ma’lum me’yorga keltirilgan, ko‘pchilikka ma’qul bo‘lib, tilda qonun-qoidalar bilan mustahkamlangan variantlardan foydalanish, aniqrog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustda chiqqan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga tayanib ish ko‘rish lozim.
Agar amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar matn mazmuniga salbiy ta’sir qiladigan bo‘lsa, o‘zgartirishlarni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak. Mazmunga ta’sir qiladigan bo‘lsa, hatto tinish belgilariga ham qo‘l urib bo‘lmaydi. Ba’zi asarlarning yozilganiga bir necha yuz yillar o‘tib ketgan bo‘lib, uning matni hozirgi o‘quvchilarga tushunarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday paytlarda nafaqat ayrim so‘z yoki iboralar, balki muallifning qarashlarini ham anglash o‘g‘ir kechadi. Bunday paytlarda matnshunos izoh berish huquqiga ega.
Voqea- hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlik gapdir. Gapning 4 xususiyati mavjud:
1. Muomalaning eng kichik birligi hisoblanadi;
2. Yaxlit tugal fikrni ifodalaydi;
3. Tugallangan ohang bilan aytiladi;
4. Grammatik shakllangan bo‘ladi.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish