Raqamli iqtisodiyot tushunchasi nisbatan uzoq boʻlmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga oʻtishda, qanday o‘zgarishlar roʻy berishi mumkinligini aytib oʻtgan.
Raqamli iqtisodiyot – bu xoʻjalik faoliyatini yuritish boʻlib, bunda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishdagi asosiy omil raqamlar koʻrinshidagi ma’lumotlar boʻlib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar koʻrsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan faoliyatdir.
Quyidagi iqtisod sohasiga oid matn orqali grammatik me’yorga amal qilish qoidalarini tushuntiring. Matn yuzasidan savollar tuzing.
Hukumat 2019−2021 yillarga moʻljallangan asosiy iqtisodiy islohotlar yoʻl xaritasini e’lon qildi.Islohotlarning asosiy maqsadi Oʻzbekistonning raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga barqaror oʻtishini ta’minlashdan iborat.
Hukumat islohotlarning navbatdagi bosqichidagi ustuvor yoʻnalishlarni e’lon qildi. Bugun taqdim etilgan “Oʻzbekistonda 2019−2021 yillarga moʻljallangan asosiy iqtisodiy islohotlar yoʻl xaritasi”da kelgusi uch yil mobaynida iqtisodiy sektorni isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan. Islohotni yoʻlga qoʻyishning asosiy maqsadi raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga barqaror oʻtishni ta’minlashdan iborat. Jahon banki ushbu ijobiy tendentsiyani qoʻllab-quvvatlaganlarini xabar qildi.“Bank milliy iqtisodiyotning barqaror oʻsishi va Oʻzbekiston fuqarolarining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hukumat bilan yaqin hamkorlikda ishlashni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Bugungi kunda hukumat tomonidan taqdim etilgan islohotlarning yoʻl xaritasi beshta asosiy yoʻnalishdan iborat:
-makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
-raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtishni jadallashtirish;
-ijtimoiy himoya va davlat xizmatlarini koʻrsatishni kuchaytirish;
-bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini kuchaytirish;
-ekologik samaradorlikni oshirish.
Har bir sohada ustuvor islohotlar boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga oʻtish tajribasiga asoslanadi, hamda Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.Qisqa vaqt ichida iqtisodiy sohada koʻp yutuqlarga erishilganligiga qaramasdan, barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida hali ham qiyinchiliklar mavjud.
Xususan, ularning bahosini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, davlat korxonalarining faoliyati va moliyaviy sektorning samarali ishlashini ta’minlash zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |