3.3-§. Qurilma laboratoriya stendining parametrlarini asoslash
Qurilmaning quyidagi parametrlari asoslanadi:
D – disk diametri, m;
n – diskning aylanishlar soni 1s da, ayl/min;
L – disklar orasidagi masofa, m;
z – simli arqonlar soni, dona;
– rasm. Qurilmani parametrlarini aniqlashga doir sxema
G‘o‘zapoyani simli arqon bilan maydalash laboratoriya stendining disklari diametri shunday tanlanishi keraki g‘o‘zapoyalar disklarga o‘ralib qolmasligi kerak.
Hozirgi kunda respublikamizda etishtirilayotgan g‘o‘zapoya navlarining balandligi Hg‘ =80…..120 sm ga teng. G‘o‘zapoyasi balandligi o‘rtacha 1m deb olsak . Bundan quydagi shart bajarilishi kerak:
ld >Hg‘
bunda ld – disk aylanasining uzunligi , m ; Hg‘ – g‘o‘zapoya balandligi, m ;
xulosa qiladigan bo‘lsak diskning aylana uzunligni shunday tanlashimz kerakki 1m dan katta bo‘lishi kerak, shunda g‘o‘za poyasi disklarga o‘ralib qolmaydi. Disklar aylanasining uzunligi topish formulasidan biz disk radiusini topib olamiz.
𝑙 = 2𝜋𝑅d (3.1)
bunda ld – g‘ildirak aylanasining uzunligi , m ;
Rd – g‘ildirak radiusi , m ; π – 3,14 ga teng.
(3.1) ifodadan tegishli qiymatlarni qo‘yib disk radiusi 0,16 m ekanligi aniqlandi.
Bizga diskning radiusi malum demak biz disk diametrini aniqlaymiz.
𝑑d = 2𝑅d (3.2)
bunda Rd – g‘ildirak radiusi , m;
dd – g‘ildirak diametri , m;
(3.2) ifodadan tegishli qiymatlarni qo‘yib, disk diametri 0,32 m ekanligi aniqlandi. Biz tanlagan stendning disklari diametri 32 sm qilib belgilandi.
Disklarning simli arqoni ish jarayonida murakkab xarakatga ega, yani disklar bilan o‘z o‘qi atrofida ω burchak tezlik bilan aylanishi Vd= ωRd chiziqli tezlikka va mashina bilan ilgarilanma xarakatining tezligi Va bo‘lgan ko‘chirma tezlikka ega. Disklarning simli arqoning chiziqli tezligi agregatning ilgarilanma xarakatlanish tezligidan 5-8 martagacha katta bo‘lishi kerak. Agar katta bo‘lmasa disklarlarning simli arqoni g‘o‘zapoyani maydalamasdan yotib qolishi, kerakli o‘lchamda maydalamasligi mumkin. Hozirgi kunda g‘o‘za qator orasiga bug‘doy ekish agregati 5,5-7,0 km /soat tezlik bilan xarakatlanib bug‘doy ekishini inobatga olsak, o‘rtacha 6 km /soat
tezlik bilan xarakatlanadi. 6 km/soat yani 1,7 m/s ilgarilama tezlik bilan harakatlanadi.
Disk simli arqonining chizikli tezligi agregatning ilgarilanma harakatdagi tezligidan o‘rtacha 7 marta katta deb hisoblab, shundan diskning aylanish tezligini aniqlaymiz,
𝑉d = 7𝑉𝑎 (3.3)
bunda Vd – diskning chiziqli tezligi , m/s;
Va– agregat tezligi , m/s;
(3.3) ifodadan tegishli qiymatlarni qo‘yib, diskning aylanish tezligi 12 m/s ekanligi aniqlandi.
CHiziqli tezlikni topish formulasidan ω yani burchak tezligini topamiz,
𝑉d = 𝜔𝑅d (3.4)
bunda ω – diskning burchak tezligi, 1/s ;
Rd – disk radiusi, m ;
(3.4) ifodadan tegishli qiymatlarni qo‘yib burchak tezligi 75 rad/s ekanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |