1937-1939 yillarda O‟zbekistonda hammasi bo'lib 43 mingdan ziyod kishi
qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli
muddatga qamoq va surgunlarga hukm etilgan.
Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligini hech narsa bilan oqlab bo‟imaydi.
Yaqin milliy tariximizning bu qorong‟u zulmati xalqimiz dilida mangu o'chmas armon
bo'lib qoldi. U faqat milliy istiqlol tufayiligina to'la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz
tuqaroiari chinakam ro'shnolik ko'rish baxtiga musharraf bo'ldilar.
Ziyolilaming qatag'on qilinishi. Stalincha siyosiy qatag‟ondan jamivatning sog'lom
kuchlari, milliy ziyolilar eng ko'p aziyat chekdi, mislsiz qurbonlar berdi. Negaki, totalitar
rejim mutasaddilari o'zlari jahoiatparast kimsalar bolganligidan. ilmu rrm‟rifat, ziyo ahlini
qadrlash e'zozlash o'rniga uiarni xo'rlash, tahqirlash, kerak bo'lsa. yo'q qilishni o'zlariga
kasb qilib olgandilar. Shu bois, vaqti - vaqti bilan ziyoli kadrlami qatagon chig'irig'idan
o'tkazish, saflarini «yaganalab» turish ular uchun odatiy hoi bo'lib qolg andi. Masalan,
butun hayoti va ijodini millat baxt - saodati, yurt istiqboli uchun bag'ishlagan Munavvar
qori shu davrda avj olgan sovetlar ig'vosi va bo'htonining aybsiz qurboni bo'ldi. Uning
rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli yo'lida faoliyat yuri tgan, xalqqa ziyo taratib
kelgan «Milliy istiqlol» tashkilotining 87 a'zosi ustidan aid ttyushtirildi. Ulaming 49 nafari
«Xalq dushmani», «burjua millatchisi» degan ayblar bilan qoralanib, og'ir jazolarga hukm
qilindi.
O'zbek adabiyotining ustunlari bo‟lgan, noyob ijodiari xalq mehrini qozongan
Abdulla Qodiriy, Abdurauf Hir.it:, Abdulhamid Cho'lpon, IJsmon Nosir, Mahmud Botu
(Xodiyev), Elbek (Mashriq Ytmusov), G'ozi Yunus kabi ajoyib iste'dodlar quruq bo'htonu
tuhmatlar asosida «xalq dushmanlari» sifatida jismonan yo'q qiiinib, yorqin faoliyat!
so'ndirtldi.
Masalan, ulardan biri - professor G'ozi Olim Yunusovni oladigan bo'lsak, u 50 dan
ziyod asarlar muallifi edi. Arab, tors, nemis, ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U
hatto rus, arab va namis tillarida Samarqand universiteti, Toshkent pedagogika instituti
hamda Til va adabiyot ilmiy - tadqiqot institutida umumiy tilshunoslik va til bilimiga kirish
kabi maxsus kurslardan ma'ruzalar o'qirdi. Biroq bunday iste'dodlar qatag‟on jallodlari
uchun sariq chaqalik qadr -qimmatga ega bo'lmagan. Mustabid tuzum farmonbardorlari,
ayniqsa, bunda o'zbek xalqining
milliy ongi, tafakkurini yoritish, uning o'/Jigini
1
anil ishga fldoyilik qilgan, istiqlol
darg'alari bo'lgan jadidizm namoyandalarini vo'q qilistmi o'z oldilariga maqsad qilib
qo'ydilar. Bunga erishdilar ham
O'zbekiston hukumatining tashabbusi va sa'y-harakati bilan 20 y illarda xorijga
o'qishga yuborilib, yaxshi mutaxassislar, fan arboblari bo‟iib yetishgan kishilar atayin
qatag'on qurbonlari bo'ldilar. Agar Germaniya yoki Turkiyada ta'lim olgan bo'Isalar ularga
o'sha mamlakatlaming josuslari degan ayb qo'yildi. Buning uchun ularning uyida tintuv
paytida diet elda bosilgan kitob topilguday bo'lsa, shuning o'zi yetarli dalil edi. A xir ular
chet el oliy o'quv yurtlarida o'qigati bo'Isalar ularda shunday kitoblar bo'lishi tabiiy edi.
Masalaning bunday mantiqiy jihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini qiziqtirmagan.
Xorijda ta'lim olib, professorlik unvoniga sazovor bo'lgan Ahma djon Ibrohimov. Majid
Ibrohim, Ibrohim Yorqin, Tohir Shokir, Abduvahob isxoq, Saida Shermulmmmad qizi.
Sattor Jabbor, Otajon Hoshim va boshqalar o‟sha davrlarda millat faxri bo'lganlar. Ularga
ham "xalq dushmani", "chet el josusi" qabilidagi tavqi la'nat t amg'asi bosilib qatag'on
etiidilar.
Stalincha totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmning haddan ziyod kuchayib
borishi davomida nafaqat yurtparvar miliiy kadrlar, lldoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismati
/avoi topdi, baiki shu bilan birga millionlab yurt fuqarolarining oddiy insoniy qadr-
qimmati, or - notnusi toptaldi, tahqirlandi. Ci'addor tuzum zulmkorlari o‟z g'ayriqonuniy
xatti-harakatlarini avj oldirib, bunda har bir inson - ning yurish - turishi. kundalik
mashg'uloti, muomalasidan tortib to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo'lgan hamma
jarayonlami ham o‟z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko‟zlangan asosiy maqsad esa
insonlar erki, irodasini jilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish va shu yo'i
bilan badkirdor tuzum sha'niga dog tushirmaslik. uning soxta obro' - nufuzini asrash,
avaylash edi.
Sovetlar o'z siyosatidan sal og'ish, unga zid keluvchi hollarga shafqatsizlik bilan
munosabatda bo'lardi. Buning oqibatida kishilar dunyoqarashi, e'tiqodini o'z izmiga
bo'ysundirish, uni kommunistik axloq. ilmiy va ateistik tamoyillar ruhida shakllantirish
uchun keskin kurash olib borgan sovet mafkurasining respublika mehnatkashlarining
ma'naviy hayotiga yetkazgan zarari behisob bo'ldi. Shu yo'l bilan xalq ma‟naviy ruhiy
hayotiga asrlar osha muhim hissa qo‟shib kelgan butun boshliq ruhoniylar tabaqasi yo‟q
qilindi. Din peshvolari qattiq ta'qibga olindi.
Bu davrda insonni qoralash, uning peshonasiga «xalq dushmani» tamg'asini bosish
tuzum zolimlari uchun huddi «xamirdan qil sug'urganday» gap bo‟lgan. Hatto shunday
hollarga duch keiindiki, respublikadagi ko'p xonadonlarda vaqti — vaqti bilan o‟tkazilgan
tintuv paytida mabodo arab yozuvida bosilgan biror kitob topilguday bo‟lsa, uning nomi,
mazmuni so‟rab, surishtirilmasdan o‟sha xonadon sohibi ga jamivatga yot unsur degan la'nat
tamg'asi bosilib, u qamoq yoki surgun jazosiga hukm etilavergan.
Shunday qilib, stalincha qatag‟on respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun
qonli fojialar. beadad yo'qotishlar bilan to'lib toshgan davr bo'ldi. IJ millionlab odamlaming
taqdir - qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlami yuzaga keltirdi. Shuriga
qaramay, xalqimiz bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug'. cha -rog'on kunlar
kelishiga intilib, kurashib
yashadi. U stalincha qatag'onning liar qanday shiddatiga dosh berib, o'z asriy qadriyatlarini,
udumlari, rasm - rusumlarini saqlab, imon - e'tiqodida sodiq qoldi va hamisha milliy
istiqloi sari dadil harakatlanishda davom etdi.
Biz, milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimiz ozodligi va mustaqiiiigi yo'lida
kurashib. stalincha qatag'on qurbonlari bo'lgan aziz insonlar xotirasini doimo qalbimiz
to‟rida saqlamog'imiz. kirak Bu har birimiz uchun farzu qarzdir. Yurtboshimizning 2001 -
yil l-maydagi farmoni bilan har yili 31 -avgust kunini «Qatag'on qurbonlari>> xotirasini
nishoniash kuni deb e'lon qilinganligi g'oyatda quvonarlidir. Bu hozirgi avlodning shahid
ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining urnumxalq e'tirofidir.
3. Urushdan keyingi yillarda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi
zo‟ravonliginmg kuchayishi
11 Jahon urushidan keyin «mamlakatda rahbarlik qilish usuliari normal holatga o'tadi,
tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtiriladi» degan orzu -
niyatlar ro'yobga chiqmadi. Aksincha, iqtisodiyotda, ijtimoiy -siyosiy va ma'naviy hayotda
ma'muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya - davlat apparatida rahbarlik
lavo/.imlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin
imzosi bilan matbuotda e'lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan
bo‟iib qoldi. Nammani, xususan, joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum
Kremida o‟tirganiarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini
berardi.
Respublikalarning, jumladan, O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi
muammolami hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g‟alabani ta'minlashda
rus xalqi asosiy rol o'ynadi, degan mash'um g'oyasi butun mamlakatni ruslashtirish
siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari
ruslarni «katta», «ulug' og'amiz» deb baralla targ'ib qila boshladi.
Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida'noq boshlangan qishloq aholisini yerdan
mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi 1946- yil sentabrda VKP(b) MQ va
SSSR hukumatining «kolxozlarda qishloq xo‟jalik ustavining buzilishini tugatish choralari
to'g'risida» qarori e'lon qilindi. Qishloq xo'jaligiga aloqasi bolmagan 1300 tashkilotga
yordamchi xo'jalik sifatida berib qo‟yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytirish,
kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar
bilan birga, jiddiy xatoliklarga, adolatsizlikiarga yo'l qo'yildi. Kolxozlar manfaatlarini
himoya qilish bayrog‟i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming
koixozehi oilasi qo'lidags tomorqa verlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan
«ortiqcha» deb tortib olindi. Kolxoz hududida yashagan, ammo unga a'zo bo'lmagan 20
ming xo'jalikning go'yo. «qonunga hilof» ravishda egallagan 2,5 ming gektar yerlari ham
tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum etish jarayoni 50 - yillarda ham davom eldi,
Bu tadbirlar turmushi nochor bo‟lgan qishloq aholisining ahvolini yanada og‟irlashtir di.
Bunday adolatsizlikka hech kim qarshi
chiqa olinadi. Qishloq xo'jalik artelining odamlardan so'ramasdan tu/iigan nizomini
o'zgartirishni, nizom qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga moslashtirishni
respublika rahbariyati ham, qishloq aholisining o‟zi ham ko'tarib chiqa olmadi. Negaki.
totalitar tuzum hammani jilovlab olgan edi. Odamlar asoratga solingan, siyosiy mutelikda
yashardi.
Totalitar tizimning eski kasali yana qayta la nib. sovet jamiyati urushdan keyin
boshdan kechirayotgan benihoya og'ir iqtisodiy qiyinchilik. ma‟naviy -ruhiy kemtiklik. o'tkir
ijtimoiy-siyosiy tanglik sharoyitida mamlakatda hech bir norozilik, tushkunlik holatlarga izn
bermaslik maqsadlarida bir yoqlama qattiqqo'l siyosat yuritish yo'lini tutdi. Bunda
kommunistik tnafkura bosimini ayni chog'da Markazda va joylarda, xususan, miiliy
respublikalarda butun choralar bilan kuchaytirishga asosiy urg'u berildi. Hukmron
kompartiyaning bu boradagi makkorligi shundaki; u keng milliy hududlar aholisini, unin g
ilg'or, o'qimishli, ziyoli kuchlarini, mahalliy milliy kadrlami doimiy tahlikada tutish, siltab
turish, itoatda saqlash uchun bu yangi qatag'on mavsumini awalo Markazdan boshlashni
maqbul topdi. Xususan, 1946-1948 yillarda VRP(b) Markazqo'mi tomonidan ad abiyot.
san'at, ilm-fan sohalarida o‟tkazilgan bir qator anjumanlar, bahslar va ular yuzasidan qabul
qilingan, mohiyatan «g'oyasizlik va kosmopolitizmga qarshi kurash ruhi» bilan sug'orilgan
talay «muhim» qarorlar va hujjatlar qatag'onning yangidan boshlan ib. avj olishiga sabab
bo'ldi.
Masalan, VKP(b) MQning 1946- yil fevralida qabul qilgan «/.vezda», «Leningrad»
jumallari to'g'risida, so'ngroq «Katta hayot» kinoftlmi, V.Muradelining «Buyuk do'stlik»
operasi to'g‟risidagi qarorlari bunga turtki bo‟iib xizmat qildi,
Shu asosda. 30- yillar mash'um qatag'onning davomi sifatida ilg'or, mustaqil fikr
yurituvchi, yurt, millat manfaatlarini o'ylovchi, qayg‟uruvchi, shu ruhda ijod qiluvchi
ziyolilami ham Markazda, ham joylarda ta'qib va quvg‟in qilish jarayoni avj o lib ketdi.
Bundan shu hukmron tuzumga tobe bo'lgan, qo'l -oyog‟i zanjirband etilgan jafokash
O'zbekistonning ko'plab ilg'or ziyoiilari, ijodkorlari hayoti va qismati ham chetda qolmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |