1 .Arablar hukmronligiga barham berilgandan kiyin O’rta Osiyoda sodir bo'lgan
ijtimoiy -siyosiy jarayonlar.
Arablaming O'rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri bu
hududning erksevar xalqlarining o'z eli, Vatanining mustaqilligi yo'lidagi jo'shqin kurashini,
intilishini so‟ndira olmadi.
Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo'hronli vaziyat,
siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kecha-yotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi,
bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo'zg'oloni (806- 810) mazkur o'lka xalqlari uchun
xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo'lga kiritish yo'lida qulay imkoniyatlami
vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so'ng
xalifalik taxtini egallash uchun uning o'g'illari - Amin va Ma'mun o'rtasida keskin kurash
boshlangan edi. Bir necha yilga cho'zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang
ahvolga solib qolmasdan, balkl unga tobe bo'lgan hududlardagi voqealar rivoj iga ham sezilarli
ta'sir ko'rsatdi.
Ma'mun katta qo'shin tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Hu-saynni boshliq etib tayinladi.
Ray yaqinidagi jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo'shinini yengadi va Bag'dodga yurish
boshlaydi, Tohir 813—yilda yana g'olib kelib Bag'dodni ham qo'lga kiritadi. Ma'mun halifalik
taxtiga ko'tariladi. Lekin 819— yilga qadar Bag'dodga bormay, Marvdan turib hokimiyatni
boshqaradi. Uning buyrug'i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va Bag'dod harbiy gamizoni
boshlig'i bo'ladi (819—yilga qadar). Ma'mun Marvdaligidayoq olimlar guruhini o'z atrofiga
to'plagan edi. U 819—yilda Bag'dodga borgach, «Baytul hikma» (fanlar akademiyasi)ga asos
soladi. Demak, bu fan maskanining negizini awalo, Turkistonlik olimlar tashkil etganlar.
Ma'mun halifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni 821— yilda
Xurosonga noib etib tayinlaydi, Shu tariqa, Tohiriylar davlati vujudga kelib, 873— yilga qadar
davom etadi. Uning poytaxti awal Marv, keyinroq Nishopur bo'ladi.
Dastlab Movarounnahming ko'pgina viloyatlari ham uning ta-sarrufida bo'lgan. Buning
boisi shuki, ikkala o'lkaning noiblik markazi Xurosonning Nishopur shahri bo‟lgan.
r-
>
Tohir ibn Husayn boshqaruv jilovini qo'lga kiritgach, undan yurt mustaqilligini, uning
ravnaqi va qudratini oshirish yo'lida foydalanishga qat'iyan yo‟l tutadi.
Tohir ibn Husayn o‟z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822— yilda xalifo
nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr qiladi. Biroq tez orada uning sirli o‟limi bu
borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vorislari Talha (822-828), Abul Abbos
Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873)
davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi bir qadar ta'minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayotni, mulkiy munosabatlami rivojlantirish, qishloq xo'jaligini tartibga
keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek,
fiiqarolardan olinadigan soliq-lami mo'tadillashtirishga ahamiyat beradilar. Poytaxt Marvdan
Nishopurga ko‟chiriladi. Jumladan, Abdulloh ibn Tohirning chiqargan bir farmonida
"dehqonlarni ranjitmaslik", buningsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi alohida
uqtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda dehqonlarni emas, balki
ko'proq yirik mulkdorlar, savdogarlaming manfaatlarini himoya qilardilar. Shu bois, Tohiriylar
davrida oddiy aholi, ayniqsa, dehqonlar og'ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq-o‟lponlar
to'lashga majbur etilgandi. Birgina 844 — yilda ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni
tashkil etgan. Bu o'sha davr sharoyiti uchun juda ko'p edi. Shuning uchun ham, mamlakatning
Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon g'alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan.
Xurosonning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan G'oziyiar harakati va dehqonchilik
vohalaridagi g'alayonlar qo'shilib, keng miqyos kasb etib bordi. Bu harakatlarning
yetakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari hunarmand — misgar bo'lgan aka-uka Yoqub va
Amir ibn Layslar 873— yilda Nishopumi egailab, Tohiriylar sulolasini ag'darib tashlashga
muvaffaq bo'ladilar. Buning natijasida Yoqub ibn Lays asos solgan Safforiylar (misgarlar)
sulolasi hokimiyatga keladi.
Biroq yangi hukmdor Yoqub ibn Lays shaxsiy hayotda qanchalik oddiy turmush tarziga
amal qilib yashamasin, o'z armiyasining jangovarligini kuchaytirish, askarlami maosh bilan
ta'minlashga urin-masin, mehnatkash xalqning og'ir soliqlar to'lashi, boshqa to'lovlar va
majburiyatlami o'tashi avvalgidek o'zgatmay qola berdi. Bu hoi oxir-oqibatda Safforiylar
sulolasi hukmroniigining ijtimoiy- iqtisodiy ildizlarini qaqshatib, uni halokatga mahkum etmay
qolmadi.
Movarounnahrda Somoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni ham IX asr boshlariga
to'g'ri keladi. Bunda ham xalifa Ma'mun o'ziga sodiqlik bilan xizmat qilgan balxlik mahalliy
hukmdorlardan Somonxudotl avlodlari (uning nabiralari)ga Movarounnahr hududlarini
boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi, Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga, Yahyo
Shosh va Ustrushonaga hokimlik qiladilar.
IX asr o'rtalariga kelib Ahmad va uning katta o'g'li Nasr Somoniylar Movarounnahming
ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ldilar. Nasr Somoniy (856-888) davrida
Movarounnahr mavqeyi yanada kuchayib bordi. Samarqand davlat poytaxti edi. Xurosonda
Tohiriylar sulolasi ag'darilgach (873),
uning tarkibiga kirgan Buxoro yerlari ham Somoniylar tasarrufiga o'tadi. Nasr ukasi Ismoilni
Buxoroga noib etib tayinlaydi (874) va Somoniylar hukmronligi endilikda deyarli
Movarounnahming barcha hududlariga yoyiladi. Ammo ko'p o'tmay, Ismoil o‟z hokimiyatini
kuchaytirib olgach, o'zining vassallik mavqeyini tan olmay, Nasr hokimiyati xazinasiga
to'laydigan yillik daromad miqdorini keskin kamaytiradi.
Buning natijasida aka-ukalar o'rtasida uzoq muddatli o'zaro kurash boshlanadi. Oqibatda
888— yilda ular o'rtasida katta urush kelib chiqib, unda Ismoil g'olib bo'ladi va hokimiyatni o'z
qo'liga oladi. Akasi Nasr vafbtidan so'ng (892), Ismoil Somoniy Movarounnahming yagona
hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa, Vatanimizda davlat mustaqilligi qayta tiklanadi va yuksalib
boradi. Buxoro - davlat poytaxti bo'lib qoladi.
Ismoilning 893— yilda sharqdagi dashtlik qabilalarga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli
yurishi, Tarozni egallab, katta o'lja va asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati
yuksakligidan yaqqoi dalolat beradi. Ismoil Somoniy davlatining qudrati oshib borayotganidan
cho'chigan, uni zaiflashtirishni va o'z ta'sirini qayta tiklashni ko'zlagan Bag'dod xalifasi
Mu'tazid (892-902) Xurosondagi Safforiylar hukmdori Amir ibn Laysga (879-900) Xuroson
bilan birga Movarounnahr ustidan hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va
uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu esa 900—yilda ikkala davlat o'rtasida katta urushga sabab
bo'ladi. Urush natijasi esa Somoniylar foydasiga hal bo'lib, buning oqibatida Xuroson yerlari
Somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Shu tariqa xalq xaiifalik istibdodidan xalos bo‟ldi.
Ismoil Somoniy bu hududda kechgan uzoq yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanib,
markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini
vujudga keltiradi. Bu tizim Ahmad ibn Ismoil (907-914), Nasr ibn Ahmad (914-943), Nuh ibn
Nasr (943-954) davrida ham takomillashib boradi.
Nuh ibn Nasr (Nasr П) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida
saroy qurilib, barcha devonlar unga joylashtirildi. Mahkama xizmatchilari muayyan bilimga ega
bo'lgan, arab va fors tilini puxta bilgan zodagon va ruhoniylardan tanlangan.
Pochta-aloqa xizmatidan boshqa hamma devonlaming viloyatlarda vakillari bo'lib, ular
ham markaziy devonga, ham viloyat hokimiga bo'ysungan. Har bir shaharda shahar boshlig'i —
rais ma'muriyati mavjud bo'lgan.
Davlatda islom dinming ta'siri g'oyat katta bo'lganligidan, oliy diniy mansab
— Shayxulislomning davlat ishlaridagi roli yuqori darajada e'tirof etilgan.
Somoniylar davrida qishloq xo'jaligi, mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo-
sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi. O'lkaning Shosh, Farg'ona va Xorazm
vohalarida turli xil g'alla ekinlari yetishtirish, bog'dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta
yetishtirish ancha kengayib bordi. Ko'plab suv inshootlari barpo etildi.
Qishloq ahli mavjud xomashyo mahsulotlaridan turlicha ishlov berish yo‟li bilan har xil
matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandana qishlog'ida sifatli, tilla rang «zandariachi»
deb nom olgan bo‟z to'qish (u chetga ham chiqarilgan),
Samarqand yaqinidagi Vador qishlog'ida sarg'ish tusli chiroyli, yumshoq, pisbiq «vodoriy» deb
nomlangan matolar tayyorlash yo'Iga qo'yilgan. Bu yerdagi to'qiigan matodan mamlakatning
oliy amaldorlari to‟n kiyim tikti-rishda foydalanganlar.
Shaharlarda ko'plab hunarmandchilik korxonalari, o'nlab karvonsaroylar, bozor rastalari
mavjud bo'lib, doimiy ravishda ishlab turgan. Shahar maqomiga ega bo'lish uchun mazkur
joyda kamida 32 xil kasb-hunar turlari bo‟lishi kerakligi o'sha davr uchun xos bo'lgan.
Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg'ona,
Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida ravnaq topgan.
Buyuk Ipak yo'li bu shaharlami xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ular yetishtirgan
barcha noyob mato-yu mahsulotlaming jahon bozoriga chiqishini ta'minlagan.
Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma'danlardan
qimmatii, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Uch
joyda (Buxoro, Samarqand, Farg'ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari,
Farg'ona va Iloqda qurol-yarog' tayyorlash yuqori darajada bo'lgan. Shuningdek, Farg'ona
vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarining tog'li hududlarida kon-ruda ishlab
chiqarish taraqqiy etgan. Ip yigirish, to'quvchilik va to'qimachilik (gilamlar, poyondozlar v.b)
hunarlari rivojlangan bo‟iib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan.
Somoniylar davrida davlat boshlig‟i o'z farzandlari, yaqiniariga, amirlar, hokimlar,
lashkarboshilarga ulaming xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto viloyatlami ham in'om
qilgan. Bunday mulk iqto, ulaming egalari iqtodorlar deb atalgan. Iqtodorlar o'ziga in'om
etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlaming bir qismini o'ziga olish evaziga
daromad olgan. Aholi iqtodorga bug'doy, paxta. quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq
to'lagan. Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig'iga bog‟liq b‟lgan. Avvallari iqto
vaqtincha berilgan, iqtodor bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlar esa iqtodan umrbod
foydalanganlar,
Kam yerli yoki yersiz aholi katta yer egalaridan yerlami ijaraga olib mehnat qilganlar.
Ular barzikor-qo'shchilar deb atalardi. Barzikor ijaraga olgan yerda o'z urug'i va qo‟shi bilan
dehqonchilik qilsa hosilning 1/3 — 1/5 hissasiga, urug' va qo'sh yer egasi hisobidan bo'lsa
hosilning 1/10 — 1/12 hissasiga ega bo'lgan.
Somoniylar davlati muayyan tarixiy bosqichlarda ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarda
qanchalik yuksalish, muhim o'zgarish jarayonlarini boshdan kechirmasin, biroq keyinchalik
asta-sekin tushkunlik, paro-kandalik sari yuz tutgan. X asming ikkinchi yarmidan boshlab,
xususan keyingi Somoniy hukmdorlar: Abdumalik ibn Nuh (954-961), Mansur ibn Abdumalik
(961-976), Nuh ibn Mansur (976-997), Mansur ibn Nuh (997-999), Abdumalik ibn Mansur
(999-1000) davrida mamlakatda ham mahalliy feodal beklar, amaldorlar o'rtasida, ham
hukmdor suiola vakillari o'rtasida o'zaro ichki nizofar, ziddiyatiar to'xtovsiz kuchayib bordi.
Davlatning harbiy tayanchi hisoblangan turk askarlaridan iborat qo'shin safida ham birdamlik,
hamjihatlik yetishmasdi. Bu esa Somoniylar saltanatini jiddiy tanglikka
duehor etishi tayin edi. Masalan, lashkarboshi Alptegin Somoniylarni 60 yil himoya qilib
kelgan. Uning itoatida 30 ming qo'shin bo'lib, zarur bo'lganda 100 ming suvoriy to'play olardi.
Shu boisdan ham, Somoniylar bilan Alptegin o'rtasidagi ixtilof va ishonchsizlik oxir-oqibatda
Somoniylarni inqirozga olib keldi. Shuningdek, mahalliy hukmdorlarda o'zboshimchalik,
boshboshdoqlik xatti- harakatlarining avj olishi, ulami jilovlashga markaziy hokimiyatning
ojizligi davlatning yanada zaiflashuviga sabab bo'ldi. Xalq norozilik harakatlari shu qadar
alangalanib bordiki, hatto amir Abdumalik vafoti bahonasida 961— yilda Buxoro harbiy
askarlari tomonidan boshlangan g'alayon amir saroyini talash, uni yakson qilish bilan
tugallandi.
Bunday jiddiy nizolar, ziddiyatli jarayonlar oqibatda, Somoniylar davlati zaiflashib,
inqirozga yuz tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |