eng ko‘p foyda
olinadigan ishlab chiqarish yo‘nalishini biznes reja orqali asoslab
olish va shu yetakchi bo‘g‘inga korxonaning barcha resurslarini jalb etib, ulardan oqilona foydalanish,
rejani o‘z vaqtida bajarish hamda ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlar miqdorini ko‘paytirish,
assortimentlarini yaxshilash, mehnat sarfini kamaytirish uchun eng qulay sharoitlar yaratish;
-
istiqbol va yillik rejalarning bir biri bilan uygunlashganligi va ilmiy jihatdan asoslanganligini
ta'minlash, ya'ni korxonada yetakchi tarmoqdan eng ko‘p foyda olish atrofida, rejaning barcha qismlarini bir
biri bilan uyg‘unlashtirib, ular o‘rtasida mutanosiblikni o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Ko‘zda tutilgan
maqsadga erishish uchun esa reja ko‘rsatkichlari ilmiy jihatdan asoslangan me'yorlarga tayangan bo‘lishi
kerak. Fan-texnika yutuqlari, zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish ishlab chiqarishni tashkil
etishda rejalashtirish mexanizmidan keng foydalanishni talab etadi;
-
korxona iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ya'ni korxonada yuzaga kelayotgan tangliklarni bartaraf
etish uchun ko‘riladigan barqarorlashtirish chora-tadbirlari majmuasi, korxona to‘la inqirozga uchrashiga
chap berish maqsadida ishlab chiqarish va ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibini o‘zgartirish tadbir-
choralarini avvaldan rejalashtirib, ishlab chiqarish xarajatlarini tejashga, mahsulot sifatini yaxshilashga,
ularning raqobatbardorligini oshirishga harakat qilish.
Ta'kidlash lozimki, korxonada tuzilgan barcha turdagi rejalarning bajarilishini muntazam ravishda
nazorat qilinishi va ularning o‘z muddatida bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi ishchi xodimlarning
ish natijalari uchun javobgarligini kuchaytiradi.
Xo‘jalikning biznes-rejasini tuzishda, uning moliyaviy iqtisodiy holati chuqur o‘rganilgan xolda ish
faoliyatining strategiyasi, boshqarish usuli va hozirgi bozor sharoitidan kelib chiqadigan har xil
muammolarni hal qilishdan iborat bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida xo‘jalik quyidagi tadbirlarni
ishlab chiqishi kerak:
a) xo‘jalik qanday afzalliklarga egaligi;
b) xo‘jalikning nozik tomonlari mavjudligi;
v) maqsadga erishish uchun investitsiya mablag‘lar talab qilinishi;
g) maqsadga erishish uchun qanday dadil qadamlar kerak bo‘lishi.
Xo‘jalik faoliyatini yurgizishda hozirgi bozor sharoitida, xo‘jalik rahbari o‘tgan yilgi moliyaviy
xo‘jalik holatini o‘rgangan holda kelgusida ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida, o‘ziga hamkor
tanlaydi. Mavjud vositalardan to‘liq foydalanishga harakat qiladi.
Xo‘jalik faoliyati holatini tekshirish uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar balansidan
ma'lumotlar olish mumkin.
Biznes-reja va moliyaviy istiqbol xo‘jalik uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib, har bir ishbilarmonga
rejalashtirishda va boshqarishda asosiy qurol bo‘lib kapital mablag‘larni va moliyalashtirishni jalb qiladi.
Biznesning hamma bosqichlarida moliyaviy ko‘rsatkichlarni tushunish va asoslash imkoniyat
muammolaridan foydalanishga xizmat qiladi. Taxminlar shunday kerakli savollarga javob beradiki, xo‘jalik
qachon pulga muhtoj bo‘ladi, undan qanday foydalanadi?
Biznes-reja loyihasining bosqichlari quyidagilar:
1-bosqich
Loyihani maqsadi va vazifasi. Loyiha tuzish tashabbuskorlari, investorlar, unga
qiziquvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
2-bosqich
. Mavjud materiallarni inventarizatsiyalash, yo‘nalish bo‘yicha loyihalashtiruvchilarni
ichki javobgarligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |