qimmatli qog‘ozlarining egalariga ularning o‘rniga pul summasi yoki mol-mulkni olish huquqini beradi, bu
ustavda oldindan ko‘zda tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish
majburiyatisiz muomalaga chiqaradi.
Investsiya fondlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Investitsiya fondlarining muassislari
bo‘lib yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, bunda ularning soni ikkitadan kam bo‘lmasligi
kerak. Investitsiya fondining ustav fondi eng kam ish haqining 500 barobaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Fond aksiyalariga dastlabki obuna fond davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan
kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Fond ustav sarmoyasining kamida 75 foizi pul mablag‘lari bilan
to‘lanishi zarur. Investitsiya fondi davlat ro‘yxatiga olinib, investitsiya muassasasi sifatida faoliyat
ko‘rsatish uchun litsenziya olganidan keyin u tashkil etilgan hisoblanadi. Investitsiya muassasasi sifatida
faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Fondni tashkil etishda uning aksiyalari ochiq obuna yo‘li bilan tarqatiladi, bunday obuna
boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Obunaning eng uzoq muddati 6 oy qilib belgilanadi.
Obunaning yakunlanishida investitsiya fondining ustav sarmoyasi u tomonidan amalda joylashtirilgan
aksiyalar bilan muvofiqlashtiriladi va adliya idoralarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Investitsiya fondini boshqarish. Investitsiya fondining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
hisoblanadi. Umumiy yig‘ilishning maxsus vakolatiga qonun hujjatlari bilan belgilanganlardan tashqari,
fond faoliyatining chegaralanishini, depozitariy va boshqaruvchi kompaniyalar bilan shartnomalarni
ma'qullash kiradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari o‘rtasidagi davr 15 oydan oshmasligi kerak.
Ushbu vaqt mobaynida kuzatuvchi kengash uning oliy organi hisoblanadi.
Investitsiya fondi investitsiyalarini boshqarish va uning qimmatli qog‘ozlari portfelini shakllantirishni,
shuningdek, fondga maslahat xizmatlarini ko‘rsatishni boqaruvchi kompaniya amalga oshiradi. Davlat
boshqaruvi idoralari tomonidan ta'sis etilgan investitsiya muassasalari yoki ustav fondining 25 foizi
davlatga tegishli bo‘lgan tashkilotlar, shuningdek, affilyasiyalangan shaxslar investitsiya fondining
boshqaruvchi kompaniyasi bo‘la olmaydi. Investitsiya fondining affilyasiyalangan (tobe) shaxslari deganda
yuridik va jismoniy shaxslar, boshqaruvchi kompaniya hamda uning mansabdor shaxslari, muassislar va
ovoz beruvchi aksiyalarning 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar tushuniladi. Affilyasiyalangan shaxslar
tarkibiga mazkur boshqaruvchi kompaniya bilan boshqarish to‘g‘risida shartnoma tuzgan barcha
investitsiya fondlari kiradi.
Investitsiya fondining ishtirokchilari boshqaruvchi kompaniyaning muassisi va a'zosi bo‘lishi mumkin
emas, o‘z navbatida, boshqaruvchi kompaniyaning muassislari, mansabdor shaxslar, mutaxassislar hamda
ularning affilyasiyalangan shaxslari investitsiya fondining aksiyadorlari bo‘la olmaydi. Investitsiya
fondining kuzatuvchi kengashlari hamda boshqaruvchi kompaniyalar tarkibiga davlat hokimiyati va
boshqaruvchi idoralarining mansabdor shaxslari kiritilishi mumkin emas. Boshqaruvchi kompaniya bilan
investitsiya fondining aktivlarini boshqarish to‘g‘risidagi shartnomani aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
tomonidan vakil etilgan fondni kuzatuvchi kengashining raisi tuzadi. Kuzatuvchi kengash boshqaruvchi
kompaniya tomonidan tuziladigan bitimlarning ro‘yxatini, shuningdek, bitimlarning xususiyati va hajmiga
ko‘ra chegaralarni belgilashi mumkin. Boshqaruvchi kompaniya o‘z faoliyatini investitsiya fondi nomidan
amalga oshiradi, aksiyalari fondga tegishli bo‘lgach, korxonalar aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida
aksiyador sifatida ishtirok etadi. Boshqaruvchi kompaniya tomonidan olinadigan umumiy yillik mukofot
pulining miqdori investitsiya fondi sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Fond aksiyalari birinchi nashrining hisobi Markaziy depozitariyda, keyingi nashrlarining hisobi esa,
Markaziy depozitariy bilan vakillik munosabatlariga ega bo‘lgan boshqa depozitariylarda yuritiladi.
Depozitariy fond qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni hisobga oladi va nazorat qiladi, shu jumladan,
qimmatli qog‘ozlarni almashtirish, xarid qilish va sotish bo‘yicha cheklovlarni amalga oshiradi.
Depozitariyning talabiga ko‘ra uning vakili fond kuzatuvchi kengashining majlisida maslahat ovozi huquqi
bilan ishtirok etishi mumkin. Investitsiya fondi aksiyadorlarining reestri depozitariy tomonidan yuritiladi.
Depozitariy fondning kreditori yoki kafili bo‘lish huquqiga ega emas. Fondning, boshqaruvchi kompaniya
va depozitariyning hujjatlari hamda hisobotlarini fond tomonidan tayinlangan mustaqil auditor yillik
tekshiruvdan o‘tkazadi.
Turli xildagi xatarlarni kamaytirishga erishish. Investitsiya fondiga turli xildagi xatarlarni kamaytirish
maqsadida ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish va moliyaviy yo‘qotishlarga olib keluvchi, qator
operatsiyalarni amalga oshirish qonun yo‘li bilan man etiladi. Masalan, investitsiya fondi:
-
qimmatli qog‘ozlarga mablag‘lar sarflash, opsionlar, fyucherslarni xarid qilish, har xil turdagi
kafolatlarni berish va mol-mulkni garovga quyishdan tashqari investitsiyaning boshqa turlarini amalga
oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: