-
respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan yetti yil
muddatga ozod etish;
-
ishlab chiqarilgan mahsulotning 25% bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, korxona ishga tushgandan
boshlab soliqlar to‘lashdan besh yil muddatga ozod etish. Keyingi yillarda bu korxonalarning foydasidan
olinadigan soliq amaldagiga qaraganda ikki marta pasaytirilgan stavkalarda undiriladi;
-
ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish
eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosishga mo‘ljallangan bo‘lsa soliqlar to‘lashdan ikki yil
muddatga ozod etish;
-
foydadan to‘lanadigan soliq-18%;
-
agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning
hajmi 500000 AQSh dollaridan 1000000 AQSh dollarigacha bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan soliq-15%;
-
agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning
hajmi 1000000 AQSh dollaridan va undan ko‘p bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan soliq-16%;
-
agar ustav kapital hajmi kamida 500000 AQSh dollarini tashkil etsa, mol-mulk solig‘idan ozod
qilish;
-
yer solig‘idan ikki yilga ozod qilish;
-
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga sotish;
-
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf
etish huquqini tanlov asosida sotib olish;
- jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatning mulkini xususiylashtirishda bemalol ishtirok etishlari
mumkin.
1
O‘zbekistonda xorijiy investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va boshqa
daromadlarini biror-bir cheklovlarsiz istalgancha chet davlatga o‘tkazish imkoniyati kafolatlanadi. Bundan
tashqari xorijiy investorlar Respublika banklarida hyech bir cheklovlarsiz istalgan valyutada hisob raqamiga
ega bo‘lishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyasi bo‘lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni
litsenziyasiz eksportga chiqarish va o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini
amalga oshirish xuquqiga egadir. Xorijiy investorlarga tabiiy boyliklarni qidirish, ishlab chiqarish va
foydalanish va boshqa xo‘jalik ishlarini yuritish uchun konsessiyalar berilishi mumkin. Konsession
shartnomalar xorijiy investorlar bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakil qilingan
organlari o‘rtasida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan korxonalar ustav sarmoyasiga xorijiy investorlarning
hissasi sifatida yoki xorijiy xodimlarning o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mulk bojxona to‘lovidan
ozod qilinadi va import solig‘i undirilmaydi.
Xorijiy investorlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning aksiyalari, hissalari va
paylarini, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonadan chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish hollarida xorijiy
investorlar shu korxona mulkidan o‘zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga mutanosib ravishda pul
yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalarning xo‘jalik ishlarida hisob-kitoblar
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida olib borilishi lozim. Bu holatlar ham Qonunda
ko‘rsatilgan. Bu korxonalar bankrot holatiga tushib qolganda u o‘z mulki, ya'ni savdo ob'ektlari, xizmat
ko‘rsatish sohalari, yer uchastkasi, binolari, qurilishlari, uskunalaridan kelib chiqib majburiyatlari
ta'minlanadi. yerdan foydalanish va egalik qilish huquqi bundan mustasno.
Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan shart- sharoitlar xalqaro shartnoma va
xorijiy investorlar bilan kelishuvlarda ko‘rsatilgan shart-sharoitlar farq qilsa, xalqaro shartnoma va
kelishuvga asosan faoliyat yurgiziladi. Shunday qilib, yaratilgan huquqiy asoslar xorijiy hamkorlarning
keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning huquqlari va sarflagan investitsiyasini
himoya qiladi.
Hozirga kelib, O‘zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini
shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi va amalda qo‘llanilmoqda. Bu faoliyatni
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan:
-xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;
-texnikaviy qayta qurollanish;
-xalq iste'moli va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: