uchinchi yillariga kiritilgan ob`ektlar bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxatni aniqlashtiradilar.
Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablag'lari hisobiga amalga oshiriladigan
qurilishlarning aniq ro‘yxatlari iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investorlar
(Buyurtmachilar) tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari investorlar
(buyurtmachilar) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Kredit resurslarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining aniq ro‘yxatlari
tegishli kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud bo‘lganda tasdiqlanadi.
Qurilishlarning aniq ro‘yxati birinchi yil mobaynida tanlov savdolari yoki yirik
va strategik muhim
investitsiya loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish kengashining alohida qarorlari bo‘yicha
aniqlashtirilishi mumkin.
Istisno hollarda, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan
holda tanlov savdolari natijalariga ko‘ra «boshqa xarajatlar»limiti hisobiga asbob – uskunalar xarid qilish
limiti aniqlashtirilishiga yo'l qo‘yiladi.
Qurilishning titul ro‘yxati tasdiqlangan limitlar doirasida qurilishning butun davriga tuziladi va Dastur
tasdiqlangandan keyin 2 oydan kechiktirilmasdan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra shakllantiriladi.
Dasturdagi qurilishning titul ro‘yxati investor (buyurtmachi) tomonidan pudratchi
bilan kelibgan holda
tasdiqlanadi.
Qurilishning tasdiqlangan ro‘yxatida kapital qo‘yilmalar limitlari umuman investitsiya loyihasini
amalga oshirish uchun nazarda tutiladi, bunda qurilish-montaj ishlari,
asbob-uskunalar xarid qilish, loyiha-
kidiruv ishlari xarajatlari va boshqa xarajatlar (pudratchi va buyutmachilar xarajatlari aloxida ko‘rsatiladi)
qurilish yillari bo‘yicha taksimlangan holda ajratish ko‘rsatiladi.
Tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan qurilish qiymati birinchi moliyaviy yilda xarajatlar
qiymati ortishi prognozini hisobga olishi kerak. Birinchi moliyaviy yilda qurilishning titul ro‘yxatida loyiha-
kidiruv, qurilish-montaj ishlari ko‘rsatkichlari aniqlashtirilishiga yo'l ko‘yilmaydi.
Uch yillik dasturni shakllantirish jarayoni bir yillik siklga ega bo‘ladi hamda
yangilangan Dasturni har
yilning oxirigacha tayyorlashni ta`minlovchi ilovaga muvofiq kat`iy jadvalga tayanadi.
Investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar quyidagi tartibga amal
qilishlari kerak:
- Dasturni amalga oshirishning birinchi yiliga kelgusi yillar loyiha-kidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va
moliyalashtirish bilan ta`minlangan (kelgusi yilga o‘tuvchi va yangidan boshlanayotgan) qurilishlarning
aniq ro‘yxati tuziladi;
- Dasturni amalga oshirishning ikkinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-kidiruv ishlarining aniq
ro‘yxati va birinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati va
Dasturni amalga oshirishning
birinchi yilida loyiha hujjatlari tayyorlangan va tasdiqlangan, birinchi yilida tanlov savdolariga
tayyorlanadigan yangidan boshlanadigan ob`ektlar kiritiladi;
- Dasturni amalga oshirishning uchinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-kidiruv ishlarining aniq
ro‘yxati va tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga
olgan holda
qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz
ro‘yxati, loyiha xujjatlari ikkinchi yildan tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan
ob`ektlar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi
Bos
qich-
lar
Tadbirlar
Mudat-
lar
Mas`ullar
1-
bosqi
ch
iqtisodiyot vazirligi uch yillik davrga O‘zbekiston
Respublikasi Investitsiya
dasturiga kiritish uchun
takliflarni tayyorlashga oid metodik ko‘rsatmalarni
tarmok vazirliklari va idorali, Qorakalpogiston
Respublikasi Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklariga (keyingi o‘rinlarda
buyurmachilar deb ataladi) har yili etkazadi.
Aprel'
iqtisodiyot vazirligi
Do'stlaringiz bilan baham: