oshirishga imko- niyat yaratdi. Investitsiyalar kapital, inno- vatsiya va ijtimoiy shakllarda Respublika- ning
barcha xalq xo‘jaligida samarali faoli- yat ko‘rsatmoqda. Hukumat tomonidan inves- titsiya olib keluvchi
investorlarni huquqiy himoyalash to‘g‘risida barcha qonuniy asoslar yaratildi.
Investitsiya olib kirish va
undan hamkorlikda foydalanish hamda moliyalash me- xanizmlari davlat tomonidan boshqariladi, tartibga
solinadi va nazorat ishlari olib boriladi. Respublikaning jahon bozoriga chi- qishi uchun yangi
texnologiyalar
zarur ekan, bu sohani rivojlantirishga katta e'tibor saq- lanib qoladi. Ayniqsa, fermer
xo‘jaliklari- ni rivojlantirishda ijtimoiy va ishlab chi- qarish infratuzilmasini rivojlantirishda investitsiya
mablag‘lari va texnologiyalari mu- him rol o‘ynaydi.
8-MAVZU. KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIKLARI INVESTITSIYA FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA MUHITINING O‘RNI.
Ma'lumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad
– tabiat omillari va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish asosida
sifatli va raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarib moliyaviy barqorarlikka erishish hisoblanadi, Ayni paytda bu jarayon fermer
xo‘jaligida ishlovchilarning oylik darmadalarini ta'minlash, ularni ijtimoiy himoyalash va munosib
mehnat
sharoitini yaratib berish bilan birga olib borilishi lozim.
Yuqoridagi maqsadga erishish faqatgina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish orqali hal
etilishi qiyin bo‘lgan masala hisoblanadi. Chunki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish o‘zining
xususiyatlariga bog‘liq ravishda odatda ishlab chiqaruvchiga nisbatan kam daromad keltiradi.
Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishi davri bo‘yicha yaqqol mavsumiy tavsifga
egaligi boisdan mahsulot yoppasiga pishib yetilgan paytda bozorlarga olib chiqiladi. Bu paytda baho keskin
pasayishi sababli fermer uchun kam foyda keltiruvchi yoki umuman foyda keltirmaydigan o‘rtacha baho
ham shakllanishi mumkin.
Shu bilan birgalikda aksariyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (meva-sabzavot mahsulotlari, go‘sht va
sut kabi) tez buzuluvchi va o‘z sifatini (tovarlilik darajasini) tez yo‘qotuvchi mahsulot hisoblanadi. Natijada
fermer mahsulotini tezroq sotishga harakat qiladi bu esa bozordagi bahoning yanada
pasayib borishiga olib
keladi.
Ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taransportda uzoq masofalarga tashish uchun chidamsiz
mahsulotlar hisoblanishi boisdan uzoq bozorlarga olib borishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Natijada fermer
yetishtirgan mahsulotini bahosi pastroq bo‘lsa ham o‘zi uchun yaqinroq bo‘lgan mahalliy bozorlarda
sotishga harakat qiladi.
Shuning uchun ham fermer xo‘jaliklari ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash,
saqlash, qayta ishlash va samarali sotish masalasini hal etmasdan turib ko‘zlangan
foydalilik darajasiga
erisha olmaydi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklarini biz bugungi kunda ko‘p
tarmoqli fermer xo‘jaliklari deb atamoqdamiz.
Sizga ma'lum ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirini rag‘batlantirish masalasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-sonli Farmoniga muvofiq amalga
oshirilmoqda.
Endi masalaning ba'zi tomonlariga e'tibor qaratishingizni so‘raymiz.
Bu yerda birinchi o‘rinda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini tashkil etish - qanday maqsad va vazifani
ko‘zlagan holda amalga oshiriladi
-
degan savolga javob topilishi muhim deb hisoblaymiz.
Nimaga deganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantiish masalasini hal etishda qo‘yilga
maqsadga baho berar ekan – mahalliy amaldor boshqacha ko‘rinishda, fermer boshqacha ko‘rinishida,
olimlar esa yana bir boshqacha ko‘rinishda talqin qilishadi.
Bizning nazarimizda bu yerda bitta va yagona maqsad qo‘yiladi. Bu maqsad - mavjud yer-suv, mehnat
resurslari, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, texnika vositalari, bino va inshootlardan kabi vositalardan
unumli foydalangan holda fermer xo‘jaligining oladigan foydasi miqdorini oshirish maqsadi hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligining oladigan foydasi miqdorini oshirish esa - mavjud yer va suv resurslaridan
foydalanishda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, ilg‘or tajribalar,
agrar ilm-fani yutuqlariga
tayanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish
sohalariga investitsiyalar jalb qilish evaziga amalga oshiriladi.
Demak, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifaga aniqlik kiritib oldik. Bundan
buyongi barcha tadbirlarimiz qo‘yilgan asosiy maqsadni amalga oshirishga ko‘maklashishi kerak bo‘ladi.
Endi yana bir muhim masala “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi” o‘zi qanday tushuncha ekanligiga
Do'stlaringiz bilan baham: