Toshkent davlat agrar universiteti n. Ashurmetova, D. Saidova, R. Kamalova iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,98 Mb.
bet50/78
Sana16.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#495342
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
2 5249259383644230587

Masalalar bo’yicha yo’llanma

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi.


Qo’shilgan qiymat - bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizasiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.

Qo’shilgan qiymatning hisoblanilishi



Ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari

Mahsulotning bozor narxi

Qo’shilgan qiymat

Paxtani ishlab chiqarish

250

250
(250-0)

Tolani ishlab chiqarish

330

80
(330-250)

Gazlama ishlab chiqarish

380

50
(380-330)

Ko’ylak ishlab chiqarish

480

100
(480-380)

Tayyor ko’ylakning chakana narxi

590

110
(590-480)

Sotishning umumiy narxi

2030




YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo’lganligi uchun tovarning o’zi yoki uning nafliligi ko’paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o’zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi.


Narx indeksi joriy yildagi ma'lum guruh tovarlar va xizmatlar to’plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Joriy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha oddiy va to’g’ridan-to’g’ri usuli nominal YaIMni narx indekci (NI)ga bo’lishdir, ya'ni:



Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mehnatning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof milliy mahsulot (SMM) ko’rsatkichidan foydalaniladi.
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko’rsatkichi hosil bo’ladi:

SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko’rsatkichi aniqlanadi:

Shaxsiy daromad ko’rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo’jaliklari qo’liga kelib tushmaydigan daromadlarni chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo’shishimiz zarur:



Shaxsiy daromaddan individual soliqlar to’langandan keyin uy xo’jaliklarining to’liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.





Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish