Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi.
DIFFERENSIAL RENTA Ining hosil bo’lishi
Yer uchastkasi
|
Ishlab chiqarish xarajatlari (so’m)
|
O’rtacha foyda (so’m)
|
Umumiy qiymat (so’m)
|
Yalpi hosil (tonna)
|
Individual qiymat (so’m)
|
Bozor bahosi (so’m)
|
Yalpi sotilgan tushum (so’m)
|
Differensial renta I
|
1
|
2
|
3
|
4 (2+3)
|
5
|
6
(4:5)
|
7
|
8
(7x5)
|
9
(8-4)
|
A
|
8000
|
2000
|
10000
|
30
|
333
|
500
|
15000
|
5000
|
B
|
8000
|
2000
|
10000
|
25
|
400
|
500
|
12500
|
2500
|
C
|
8000
|
2000
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
-
|
A – yaxshi yerlar, B – o’rtacha yerlar, C – yomon yerlar
Differensial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya'ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi.
DIFFERENSIAL RENTA II ning hosil bo’lishi
Yer uchastkasi
|
Umumiy qiymat (so’m)
|
Yalpi hosil (tonna)
|
Mahsulot birligi bahosi (so’m)
|
Bozor bahosi (so’m)
|
Yalpi sotilgan tushum (so’m)
|
Differensial renta II
|
1
|
2
|
3
|
4
(2:3)
|
5
|
6
(5x3)
|
7
(6-2)
|
1 – yil
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
-
|
2 - yil
|
12000
|
40
|
300
|
500
|
20000
|
8000
|
Ma'lumki, yer inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in'omlari narxini irrasional narxlar deb ataydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Pn – yerning bahosi
R – renta hajmi
r – ssuda foizi normasi
Asosiy tayanch tushunchalar:
Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga kеladigan munosabatlar.
Rеnta munosabatlari – yerdan foydalanish natijasida vujudga kеladigan qo’shimcha sof daromadni taqsimlash va o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga kеladigan munosabatlar.
Diffеrеntsial rеnta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga kеladigan qo’shimcha sof daromad.
Diffеrеntsial rеnta I – yerlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga kеladigan qo’shimcha sof daromad.
Diffеrеntsial rеnta II – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga kеladigan qo’shimcha sof daromad.
Absolyut rеnta – qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kеlib, barcha turdagi – yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan rеnta.
Monopol rеnta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lgan, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan rеnta.
Undirma sanoatda rеnta – foydali qazilma konlarining joylashishi (еr yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga kеladi.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va istе’molchilarga yetkazib bеrish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi – bеvosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |