Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/145
Sana16.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#375719
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145
Bog'liq
Uchposobiye

Ildiz metamorfozi.
 Bir qancha o‘simliklarning ildizida zahira oziqqa 
moddalar to‘planadi. Shu sababli o‘simliklar ildizi shakli o‘zgarib yo‘g‘onlashadi. 
Bunday shaklo‘zgarishni ildiz metamorfozi deyiladi. 
(Metamorfoz grekcha “meta” - oraliq, “morfoz”-shakl so‘zidan olingan). 
Bunday ildizlar jumlasiga: ildizmevalar, ildiz tuganaklar va boshqalar kiradi. Met-
amorfozlanish asosiy ildiz, yon ildiz va qo‘shimcha ildizlarda kuzatiladi. Ildizlarn-
ing yo‘g‘on tortishi parenxima hujayralariga bog‘liq bo‘ladi. 


 60
Ikki pallali o‘simliklarning ayrimlarida hayotining birinchi yili asosiy ildiz 
ayrimlarida, esa yon ildizlari yo‘g‘onlashadi va ildiz tuganaklari hosil bo‘lib, za-
hira oziq moddalar to‘playdi. Bu to‘plangan zahira oziq moddalar o‘simlik hayo-
tining ikkinchi yilida gul va meva hosil bo‘lishiga sarf bo‘ladi. 
Ildizmevalar morfologik uch qismdan: bosh, bo‘yin va xaqiqiy ildizdan 
iborat. Ildizmevaning eng yuqori qismi bosh qismi bo‘lib, shakli o‘zgargan qis-
qargan novda hisoblanadi. Unda barg va kurtaklar joylashadi. Ildiz mevaning o‘rta 
ya'ni bo‘yin qismi asosiy ildizdan (masalan, sabzida) yoki gipokotildan (lavlagi, 
turpda) hosil bo‘ladi. Uchki qismi yon ildizdan hosil bo‘lgan qismi xaqiqiy ildiz 
hisoblanadi. 
Sabzi ildizmevasidan tayyorlab qo‘yilgan doimiy mikropre-paratni mikros-
kopda ko‘rilganda, ildiz markaziy qismi nur shaklida birlamchi ksilema va radial 
nurlar parenxima hujayralaridan tashkil topganligi ko‘rinadi. Ular orasida 
elpig‘ichsimon ikkilamchi ksilema joylashgan. Ular parenxima va naylardan ibo-
rat. Undan keyin kambiy xalqasi o‘rnashib, undan tashqari lub parenxima hujay-
ralari bo‘ladi. Kambiy yog‘ochlikka nisbatan lub parenxima hujayralarini ko‘proq 
hosil qiladi. Zahira oziq moddalar mana shu lub parenxima hujayralarida 
to‘planadi. Demak, oziq moddalar sabzi ildizining floema qismida to‘planadi. 
Turp ildizmevasidan tayyorlangan doimiy preparat mikroskopda 
ko‘rilganda, markaziy tsilindr, po‘stloq qismiga nisbatan yaxshi rivojlanganligi 
ko‘rinadi. Shunki kambiy asosan markaziy tsilindr to‘qimalarini hosil qiladi. Turp 
ildizidagi zahira oziq moddalar ikkilamchi ksilemadagi parenxima hujayralarida 
to‘planadi. Shu sababli ksilema turp ildizmevasining asosiy qismini tashkil qiladi 
va sersuv bo‘ladi. 
Turp ildiz mevasining ichki tuzilishi sabzi ildiz mevasinikiga o‘xshashdir. 
Lavlagi ildizmevasi boshqa o‘simlik ildizmevalaridan farq qiladi va 
quyidagicha tuzilgan bo‘ladi. Ildiz markazida ikkita nursimon birlamchi ksilema 
bo‘ladi. Radial nurlar, parenxima hujayralari orasida ikkilamchi ksilema joy-
lashadi. Undan keyin kambiy hujayralarini tashqi qismida ikkilamchi floema 
o‘rnashadi. Ikkilamchi floemaning parenxima hujayralaridan va qisman peritsikl 
hujayralaridan qo‘shimcha kambiy xalqasi paydo bo‘ladi. Uning ichki tomonidagi 
hujayralari bo‘linib, doimiy to‘qimalarni hosil qila boshlaydi, tashqi qavati esa 
ikkinchi qo‘shimcha kambiy bo‘lib qoladi. Shu tariqa bir nechta qo‘shimcha 
kambiy xalqasi hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha kambiylar ildiz chekkasi tomon paren-
ximaga boy floemani hosil qilsa, markaz tomonga to‘rsimon suv naylari bor ksi-
lemani hosil qiladi. 
Rasm daftariga sabzi, turp va lavlagi ildizmevasi ko‘ndalang kesmasining 
sxematik rasmi chiziladi. Rasmda birlamchi va ikkilamchi ksilema va floema, 
kambiy xalqalar (lavlagida) hamda ular hosil qilgan ksilema va floema qavatlari 
ko‘rsatiladi. 
 
 


 61
 
 
 
      25-rasm:    Qovoq ildizning ikkilamchi tuzilishi: 
            1-dastlabki yogochlik,2-lub,3-ikkilamchi 
           Yogochlik,4-periderma,5-chechevichka, 
           6-kambiy,7-ozak nurla 


 62
 
26-rasm: Sabzi ildizning ikkilamchi tuzilishi: 
1-boshlangich ksilema,2-ikkilamchi ksilema,3-radius nurlari,4-kambiy, 
5-Dastlabki va ikkilamchi floema,6-ikkilamchi postloq parenximasi,7- pokak 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 63
 
27-rasm: Turp ildizining ikkilamchi tuzilishi: 
1-dastlabki ksilema,2-ikkilamchi  ksilema,3-radius nurlar,4-kambiy 
5-dastlabki va ikkilamchi floema,6-ikkilamchi postloq parenximasi, 
7-pokak 
 
 
 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish