Toshkent davlat agrar universiteti andijon filiali «agrologistika va biznes»



Download 317,15 Kb.
bet1/15
Sana19.05.2022
Hajmi317,15 Kb.
#605072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5.MUSTAQIL ISH MAVZUSI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
ANDIJON FILIALI
«AGROLOGISTIKA VA BIZNES »
FAKUL’TETI


AGROBIZNES VA INVESTITSION FAOLIYATI KAFEDRASI

INDUSTRIAL IQTISODIYOT FANIDAN
MUSTAQIL ISHLARNI
TASHKIL ETISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA



Andijon – 2020
Ushbu o‘quv-uslubiy ko‘rsatmada talabalarning mustaqil ishlarni tashkil etish uslublari va vositalari ochib berilgan: grafik tashkil etuvchilar, qo‘shma va o‘zaro o‘quv texnikasi, loyihalash faoliyati. Referat, esse yozish, ma’lumotlarni og‘zaki taqdim etish, amaliyot holatlarni tahlil qilish va yechish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Tuzuvchilar:







B.Raxmonova

-

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali “Agrobiznes va investitsion faoliyati” kafedrasining katta o‘qituvchisi.






















Taqrizchilar:







O.Rahmonov



Andijon viloyati fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Fermer xo‘jaliklarini kompleks rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i.

U.Madraximov



AndMI “Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish» kafedrasi dotsenti, ifd.

D.Toshpo‘latov



Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali “Oliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, i.f.n.






































“Agrologistika va biznes” fakulteti dekani

_______________

S.Iskandarov

«_____» ___________2020 yil

“Agrobiznes va investitsion faoliyati” kafedrasi mudiri

_______________

Z.Israilov

«_____» ___________2020 yil

Kelishildi:

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i.

______________

I.Mamajonov




MUNDARIJA



  1. Kirish…..........................................................................................................4

  2. Mustaqil ish mavzulari..............................................................................6

  3. Referat va uning turlari............................................................................7

  4. ESSE va uni yozish tartib koidalari.......................................................13

  5. Ilmiy tarzda matn tayyorlash koidalari................................................15

  6. Axborotni ogzaki uzatish............................................................................16
  7. Takdimot utkazish shakllari …................................................................22


  8. MS PowerPoint da loyiha taqdimotini tayyorlash bo‘yicha

yo‘riqnoma.......................................................................................................24

Kirish

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda o‘qituvchilari o‘quv fanlari bo‘yicha yaxlit ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirish va amalga oshirish ishlarini keng qamrovli olib bormoqda agalar.


Ushbu qo‘llanmada tavsiya etilgan yangi o‘qitish modeli qo‘yidagilarga asoslangan:

  • ta’limning har bir shaxsga yo‘naltirilganlik va tizimli yondashuv, ta’lim sub’ektlari munosabatlarini demokratlashtirilishi va insonparvarlashtirilishiga;

  • ta’limda talabalar roli o‘zgarishiga: o‘quv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta’lim jarayonining teng huquqli sub’ekti;

  • ta’limda o‘qituvchining roli o‘zgarishiga: mustaqil o‘quv faoliyatining tashkilotchisi, talabalarining savodli maslahatchisi va yordamchisi. Talabalar bilimi, ko‘nikmalari, mahoratlarining nazoratini hamda ehtimolli og‘ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash maqsadida ularning bilim darajasi diagnostikasini ta’minlaydi;

  • ta’limning uslublari va vositalarining o‘zgarishiga: (1) muammoli holatlar, faol ijodiy-tadqiqiy faoliyatni yaratishga asoslangan, muammolarni qidirish va yechish, bilimlarni amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan faol va interfaol usullar an’anali bo‘lib qolmoqda; (2) jamoa va guruh ishlari keng qamrovli ta’lim shakliga nisbatan ko‘paymoqda; (3) axborot texnologiyalari ta’limning an’anaviy vositalari bilan bir qatorda keng qo‘llanmoqda; o‘quv materiallari ta’lim olayotganlar tomonidan bilimlarni mustaqil qidirish uchun foydalanilmoqda;

  • pedagogik boshqarish uslublari va vositalarining o‘zgarishiga: o‘qituvchi muammolarni aniqlashga, g‘oyalarni regeneratsiya qilishga, qarorlarni qabul qilishga qodir va ularning amalga oshishiga mas’ul menejerga aylanmoqda. U nafaqat pedagogik balki talabalarning o‘quv faoliyatini ham bashoratlaydi, loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya’ni qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va o‘quv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish bo‘yicha qo‘shma faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishda va o‘quv faoliyatini tashkillashtirishda talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi, ta’lim jarayonini o‘quv dialogi va polilogi sifatini tuzadi.

SHu bilan birga, o‘qituvchilar – loyihalashtiruvchilar talabalarning yangi ta’lim modellari bo‘yicha qurilgan ta’lim jarayoniga tayyor emasligiga duch kelashadi. Bu talabalarning ta’lim sub’ekti sifatida ta’sir etmasligida va o‘qituvchilar tomonidan taklif etiladigan o‘quv faoliyatining uslub va vositalarini amaliy qo‘llash qo‘nikmalarining yo‘qligida namoyon bo‘ladi.
SHu munosabat bilan zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida birinchi bosqich talabalari quyidagi qo‘nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur:
(1) lektsiya, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil faoliyat ko‘nikmalari: asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o‘quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; qo‘yilgan talablarga muvofiq o‘z matnini tuza olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharh qurish kabi ta’lim uslub va vositalarini amalga oshirishga faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, tahlillash va qiyoslashga, o‘rganilayotgan tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va boshqalar) o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, kontseptual harita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan esse va o‘quv loyihasi bajarilishi to‘g‘risida hisobot yoza olishiga dalolat beradi;
(2) taqdimot ko‘nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o‘quv topshirig‘i bajarilishi natijalari bo‘yicha, siz o‘zingizni o‘qituvchi va boshqa talabalar bilan ishonchli tuta olasiz va har xil vositalardan foydalana olasiz;
(3) kommunikativ ko‘nikmalar: o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘quv munosabatlarini yarata olish xususiyati, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, dialogga qo‘shilish, mohiyati bo‘yicha savol berish, asoslangan javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish;
(4) hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo‘lish – o‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha qo‘shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o‘zaro aloqada bo‘lish;
(5) muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalari, o‘quv vazifasini yechish, g‘oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu o‘z navbatida sizning muammoli lektsiya, tahlilda va o‘quv holatlarini (Keys stadi) hal etish faol ishtirokingizni ta’minlaydi.
(6) ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olishning amaliy ko‘nikmalari: mustaqil ish natijalarini bezash bo‘yicha o‘quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, referatlar, o‘quv loyihalari va boshqalar).

Download 317,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish