Yapon saforasi (Sophora japonica L)
Barglari to'kiladigan, balandligi 15-25 m gacha ko‘tari-
ladigan, tanasi to‘gri shaklli, novdalari yoyilib ketgan, oq
akasnikiga nisbatan
qalinroq,
dumaloq,
shox-shabbalari
manzarali daraxt. Gulchalarining uzunligi 1-1.5 sm, sariq yoki
122
yashil-oqish rangda, xushbo‘y, keng supurgi shaklida yig‘ilgan,
u/unligi 15-30 sm. Iyundan avgustgacha gullaydi. Mevalari
tasbehsimon dukkakli, uzunligi 5-8 sm, yashil rangli, tez
o‘suvchi daraxt, soya joylarga yetarli darajada chidamli, shahar
sharoitida juda yaxshi o‘sadi. Gullash va mevaga 5-7 yoshidan
boshlab
o‘tadi.
Qimmatli
qog‘oz
beradi.
Gullari
va
dukkaklaridan qimmatbaho rutin moddasi olinadi. Vatani -
Y aponiya, Xitoy.
Ko‘kalamzor hududlarda to‘q yashil, qalin shox-shabbalari
bilan juda ham chiroyli manzara namoyon etadi. Osilib turgan
yashil, tasbehsimon dukkaklari chiroyiga chiroy qo‘shadi. Ular
daraxtni qish faslida ham bezaydi.
Shu sababli uning shox-shabbalari uzoqdan bahorgi yashil
libosni eslatadi. Ushbu manzarali yaproq bargli daraxt turidan
bugungi kunda mamlakatimiz shaharlarining diqqatga sazovor
joylarida, istirohat bog‘larida, yodgorliklar, xiyobonlar, avto-
mobil yo'llari bo‘yida, o‘quv maskanlari, shifoxonalar va sport
inshootlari atrofida o‘ta ko‘rkam kompozitsiyaga ega bo‘lgan
yashil daraxtzorlar barpo qilingan va qilinmoqda.
Yozgi eman (Quyercusrobur L)
Balandligi 30-40 m gacha boradigan yirik daraxt.
Tanasining po‘sti 40 yoshgacha silliq, sariq ko‘kimtir rangda;
keyinroq kulrang, bo‘z, deyarli qora tusda bo£ladi. Barglari
novdaning uch qismida to‘p-to‘p bo‘lib, navbatma-navbat joy
lashgan, pasti qalin, cho‘zinchoq teskari tuxumsimon, uzunligi
5-15 sm, oxirida o‘tmas cho‘zilgan parraksimon. Ushbu yirik
manzarali daraxt may oyining ikkinchi yarmida barglrini yoyishi
bilan bir vaqtda gullaydi, 40 yoshdan boshlab gullab meva bera
boshlaydi. (kamdan-kam holda 20 yoshdan)
Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirishda uning quyidagi
shakllaridan foydalaniladi:
•
Piramidasimon shakli - F. Fastigiata. Yuqoriga qarab
tikka o‘sadigan novdali; ular tor ustunsimon shox-shabbani
tashkil etadi.
123
• Shox-shabbalari pastga qarab o‘suvchi shakli - F.
Fendula.
• Shox-shabbasining
sharsimon
shakli
-
F.
Umbraculifyera hort. - bir tekis sharsimon shox-shabbaga ega.
Ushbu manzarali daraxt Toshkent shahrining markaziy
hududi bo‘lgan shimoliy vokzaldan boshlab, Amir Temur
xiyoboni atrofigacha, “Boialar dunyosi” mavzesidan “Dedeman”
mehmonxonasi yo‘nalishida, 0 ‘rdadan boshlab to Hadra
maydonigacha va “Boialar dunyosi” yo‘nalishidan to Falsafa
ilmgohi
yo‘nalishigacha o‘zining manzarali
ko‘rinishini
namoyon etib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |