Toshkent davat iqtisodiyot universiteti


 Davlat aktivlarini sotishga tayyorlash va sotish ishlarini muvofiqlashtirish



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana28.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#715061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KB-75 Bunyodbek. Amaliyot hisoboti.

4. Davlat aktivlarini sotishga tayyorlash va sotish ishlarini muvofiqlashtirish 
amaliyoti. 
Xususiylashtirish - davlat aktivlarini ochiq va shaffof mexanizmlar asosida 
sotishdir. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini realizatsiya 
qilish (xususiylashtirish), ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini 
ta‘minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy 
majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy 
sheriklik bo‗yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibi quyidagi normativ huquqiy 
xujjatlar asosida tartibga solinadi
:
O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to‗g‗risida‖gi qonuni; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2014 yildagi PQ-2200-son qarori; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.07.2017 yildagi PQ-3067-son qarori; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.10.2018 yildagi PF-5552-son 
farmoni; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2019 yildagi PQ-4112-son qarori; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.02.2019 yildagi PF-5666-son 
farmoni; 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.10.2020 yildagi PF-6096-son 
farmoni; 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2014 yildagi 279-son 
qarori; 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.2018 yildagi 454-son 
qarori. 
Davlat aktivlari elektron onlayn shaklda o‗tkaziladigan auksionlar va 
tanlovlar orqali realizatsiya qilinadi. Auksionlar axborotni to‗plash, saqlash, 


31 
izlash, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini 
beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining 
tashkiliy tartibga solingan majmui - axborot tizimida o‗tkaziladi. Auksionlar 
o‗tkazishda Internet butunjahon axborot tarmog‗ida joylashgan, sotuvchining va 
sotiladigan davlat aktivlarining elektron axborot bazasiga yagona kirish nuqtasini 
taqdim etadigan resurs – ixtisoslashtirilgan veb-portaldan foydalaniladi. 
Elektron auksion – xaridorni musobaqa asosida aniqlash bo‗yicha veb-
portalda o‗tkaziladigan savdolar shakli, bunda davlat aktivning oldi-sotdi 
shartnomasini tuzish huquqiga ommaviy tarzda eng katta narxni taklif etgan 
ishtirokchi ega bo‗ladi. 
Auksion o‗tkazish uchun buyurtmachilar - operator bilan veb-portalda 
savdolarni o‗tkazish bo‗yicha elektron xizmatlar ko‗rsatilishi bo‗yicha shartnoma 
tuzadilar. 
Elektron auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar operatorning veb-
portalida avtomatik rejimda bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab qabul 
qilinadi va buyurtmanomalarni qabul qilish elektron auksion (tanlov) o‗tkazilishi 
kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13:00 gacha) yakunlanadi. Buyurtmanomalarni 
qabul qilishning belgilangan muddatidan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul 
qilinmaydi. Buyurtmanoma elektron shaklda beriladi va ERI bilan tasdiqlanadi. 
Savdolar o‗tkazilishi to‗g‗risidagi bildirishnoma veb-portalda savdolarni 
o‗tkazishdan kamida o‗ttiz kalendar kun oldin joylashtiriladi. Savdolar o‗tkazilishi 
to‗g‗risidagi bildirishnoma e‘lon qilinganidan keyin operator barcha istagan 
shaxslarning veb-portalda joylashtirilgan sotiladigan davlat aktivi haqidagi 
ma‘lumotga erkin kirishi imkoniyatini ta‘minlaydi. Savdolarda ishtirok etish uchun 
talabgorlar oldindan veb-portalda ro‗yxatdan o‗tadilar.
Auksion savdolar o‗tkazilishi to‗g‗risidagi bildirishnomada ko‗rsatilgan 
vaqtda, savdo maydonchasida sotiladigan davlat aktivini boshlang‗ich narxi 
bo‗yicha avtomatik tarzda joylashtirish orqali boshlanadi. Auksion musobaqa 


32 
asosida, narxini oshirish tamoyili bo‗yicha o‗tkaziladi. Auksionlar ish kuni 
davomida, soat 09:00 dan soat 18:00 gacha bo‗lgan vaqt oralig‗ida o‗tkaziladi. 
Agar lotning narxini oshirish haqidagi taklifni oxirgi tasdiqlash ishtirokchi 
tomonidan elektron auksion o‗tkazilishi vaqti tugashigacha o‗n daqiqadan kam 
vaqt qolganda amalga oshirilgan bo‗lsa, auksionni o‗tkazish muddati taklifni oxirgi 
tasdiqlash paytidan boshlab o‗n daqiqa muddatgacha uzaytiriladi. Har bir keyingi 
taklif elektron auksion o‗tkazilishi muddatini o‗n daqiqaga uzaytiradi. Bunda 
elektron auksion o‗tkazilishi muddati ko‗pi bilan uch soatga uzaytiriladi va auksion 
soat 21:00 gacha yakunlanishi lozim. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi bo‗lib 
soat 21:00 gacha tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‗olibi deb tan olinadi.
Auksion bosqichlari quyidagicha:
11
Birinchi to‗rt bosqichda — auksion aktivi boshlang‗ich qiymatining besh foizini
Beshinchi va keyingi bosqichlarda — auksion aktivi boshlang‗ich qiymatining uch 
foizini tashkil etadi. Istisno tariqasida boshlang‗ich qiymati elektron auksion 
o‗tkazilishi to‗g‗risida bildirishnomani joylashtirish paytiga kelib belgilangan eng 
kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq bo‗lgan davlat aktivini 
sotishda, auksion bosqichi esa auksion aktivining boshlang‗ich qiymatidan ikki 
foizni tashkil etadi. Elektron auksion auksion ishtirokchilaridan lotning 
boshlang‗ich narxidan bir bosqichga oshirilgan lotning narxi to‗g‗risida taklifni 
tasdiqlashni so‗rashdan boshlanadi. Agar auksion ishtirokchilaridan biri taklifni 
so‗rash paytidan boshlab o‗n daqiqa ichida lotning belgilangan bosqich miqdoriga 
oshirilgan narxni tasdiqlasa, lot narxi to‗g‗risidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti 
o‗n daqiqaga uzaytiriladi. Agar oxirgi tasdiqlangan taklif paytidan boshlab o‗n 
daqiqa ichida lotning narxini oshirish to‗g‗risida keyingi taklif birorta ishtirokchi 
tomonidan tasdiqlanmasa, elektron auksion auksion natijalari to‗g‗risidagi 
bayonnomani avtomatik shakllantirish bilan yakunlanadi. Lotning narxi haqidagi 
taklifni oxirgi bo‗lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‗olibi deb e‘tirof etiladi. 
11
https://lex.uz/ru/docs/-5348948 


33 
Har bir sotilgan davlat aktivi bo‗yicha auksion natijalari veb-portal 
tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron bayonnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. Operator maxsus blankada auksion natijalari to‗g‗risidagi 
bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va auksion g‗olibiga 
topshiradi yoki auksion g‗olibining roziligi bilan uni pochta orqali yuboradi. 
Bayonnomaning nusxasi belgilangan tartibda sotuvchiga yuboriladi. Bayonnoma 
davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish yoki takroriy auksion o‗tkazilishi 
uchun asos hisoblanadi. 
Davlat aksiyalarini birja savdolarida sotish tartibi: 
Davlat aksiyalarini sotib olish uchun xaridor (xaridorning vositachisi) birja 
savdolari boshlanishidan kamida o‗ttiz daqiqa oldin Hisob-kitob-kliring palatasida 
(keyingi o‗rinlarda HKKP deb ataladi) xaridor sotib olish niyatida bo‗lgan davlat 
aksiyalari boshlang‗ich narxining kamida 15 foizi miqdorida pul mablag‗larini 
depozitga qo‗yishi shart. Pul mablag‗lari davlat aksiyalarining va xaridor 
vositachisining nomini ko‗rsatgan yoki ko‗rsatmagan holda depozitga qo‗yilishi 
mumkin. Pul mablag‗lari xaridorning vositachisini ko‗rsatmasdan depozitga 
qo‗yilgan taqdirda HKKPga topshiriq-shartnomaning nusxasi taqdim etiladi. EAV 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit qo‗yilgan sanadagi kursi 
bo‗yicha o‗tkaziladi. Depozitga qo‗yilgan pul mablag‗lari HKKP tomonidan 
xaridorning yozma arizasiga ko‗ra ariza olingan kundan boshlab besh bank kuni 
ichida pul mablag‗lari depozitga qo‗yilgan valyutada qaytariladi. 
Davlat aksiyalari sotib olinganda topshiriq-shartnomada xaridorning davlat 
aksiyalari qiymatini va birja savdolariga xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlarning 
xizmatlariga haq to‗lash bo‗yicha majburiyatlari nazarda tutilishi shart. HKKP 
birja savdolari qoidalarida belgilangan muddatda birjaga xaridor vositachisini 
ko‗rsatgan holda depozitga qo‗yilgan pul mablag‗lari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
shakllantiradi va yuboradi. HKKP Markaziy depozitariyning ma‘lumotlariga 
asosan birjaga birja savdolariga qo‗yilayotgan davlat aksiyalari to‗g‗risidagi zarur 


34 
ma‘lumotlarni taqdim etadi. Birja bitimi ro‗yxatdan o‗tkazilgandan keyin xaridor 
(xaridorning vositachisi) birja bitimining butun summasini va birja savdolariga 
xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlarning vositachilik to‗lovlarini: 
- birja savdolari qoidalarida belgilangan tartibda va muddatlarda HKKPdagi 
maxsus hisob raqamlariga pul mablag‗larini o‗tkazish yo‗li bilan (o‗zaro hisob-
kitoblar milliy valyutada amalga oshirilgan taqdirda); 
- birja savdolari qoidalarida belgilangan tartibda va muddatlarda HKKPning 
maxsus hisob raqamiga birja bitimi ro‗yxatdan o‗tkazilgan sanadagi O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki kursi bo‗yicha pul mablag‗larini o‗tkazish yo‗li bilan 
(o‗zaro hisob-kitoblar EAVda amalga oshirilgan taqdirda) to‗lashi shart. 
HKKP birja bitimi bo‗yicha pul mablag‗larining to‗liq summasi tushgandan 
keyin: 
-kliring operatsiyasini amalga oshiradi; 
-davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‗armasiga 
birja bitimi bo‗yicha pul mablag‗lari o‗tkazmalarini va vositachilik to‗lovlarini 
to‗lash bo‗yicha birja savdolariga xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlarning hisob 
raqamlariga pul mablag‗lari o‗tkazmalarini amalga oshiradi; 
-Markaziy depozitariyga davlat aksiyalarini o‗tkazish yuzasidan tegishli 
topshiriqnomalarni taqdim etadi; 
-sotuvchining vositachisiga sotilgan davlat aksiyalari bo‗yicha amalga oshirilgan 
hisob-kitoblar to‗g‗risidagi hisobotni taqdim etadi. 
Xaridor (xaridorning vositachisi) tomonidan to‗lov muddati buzilgan 
taqdirda birja bitimi bekor qilinadi. Bunda HKKP xaridor tomonidan depozitga 
qo‗yilgan pul mablag‗laridan belgilangan tartibda taqsimlanadigan birja bitimi 
summasining 5 foizi miqdorida sotuvchining foydasiga jarima hamda birja 
savdolariga xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlarning vositachilik to‗lovlarini ushlab 
qoladi va qolgan pul mablag‗larini xaridorning hisobvarag‗iga qaytaradi. 


35 
Xulosa 
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik 
muhim bo‗lgan davlatning iqtisodiy xavfsizligini, suverenitetini va milliy iqtisodiy 
manfaatlariga rioya etilishini ta‘minlash tizimini o‗z ichiga olgan davlat aktivlarini 
boshqarishga bozor tamoyillarini joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqillik yillarida 33,0 mingdan ziyod davlat korxonalari va obyektlari 
xususiylashtirildi. Bugungi kunda respublikamizda 2 692 ta davlat ishtirokidagi 
tijorat tashkilotlari, shundan 1 133 ta davlat unitar korxonasi, 1 124 ta mas‘uliyati 
cheklangan jamiyati va 241 ta aksiyadorlik jamiyati iqtisodiyotning turli sohalarida 
faoliyat ko‗rsatadi. Respublikadagi mavjud 599 ta aksiyadorlik jamiyatlaridan 42 
foizida davlat ulushi bo‗lib, jami aksiyalarning 84 foizi davlatga tegishli, aholining 
atigi 2 foizidan ortig‗i aksiyalarga egalik qiladi. 
2017-yildan boshlab iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat 
ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy 
etish, xususiy mulkning ustuvor rolini oshirish va uni ishonchli himoya qilishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Xususan, fuqaro aviatsiyasi, 
energetika tarmog‗ida, kon-metallurgiya va elektrotexnika sanoatida, yo‗l qurilish 
sohasida, qurilish materiallari, qishloq xo‗jaligi va iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlarida tarkibiy o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. 
Shu o‗rinda, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tamoyillari asosida 
ishlab chiqilgan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv 
qoidalari davlat ishtirokidagi 114 ta korxonaga joriy etildi va 27 ta korxona 
rahbarlarini tanlov asosida saylash (tayinlash) amaliyoti boshlandi. Davlat 
ishtirokidagi korxonalarda aksiyador, ishtirokchi yoki muassis funksiyalari Davlat 
aktivlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va turli vazirlik va idoralar 
tomonidan amalga oshirilmoqda. 


36 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish