Toshkent davat iqtisodiyot universiteti



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana28.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#715061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KB-75 Bunyodbek. Amaliyot hisoboti.

2.
 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyati va vazifalari.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining faoliyati O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2019-yil 
15-maydagi 
404-son
8
―O‗zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini 
tashkil etish bo‗yicha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori 1-ilova O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‗g‗risida nizomga muvofiq 
amalga oshiriladi. Bunga asosan - agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
-davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‗yicha yagona davlat siyosatini yuritish; 
-o‗ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari 
paketlari (ulushlari) bo‗yicha aksiyador (ta‘sischi va ishtirokchi) huquqlarini 
amalga oshirish; 
-ilg‗or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy 
korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv 
kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish; 
-davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari 
tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha 
oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‗maklashish; 
-davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini 
ta‘minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va 
kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini 
chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va 
tasdiqlashni muvofiqlashtirish; 
-davlat manfaatlarini ta‘minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini 
(ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga 
oshirish; 
8
https://lex.uz/docs/-4338823 


15 
-davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va 
realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO 
bo‗yicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan to‗g‗ridan to‗g‗ri 
xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish; 
-davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish), ijaraga berishning ochiq va 
shaffof mexanizmini ta‘minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya 
va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-
xususiy sheriklik bo‗yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish; 
-tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar 
ko‗rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‗lomlashtirish 
hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishda ishtirok etish; 
-bankrotlik to‗g‗risidagi ishlar bo‗yicha davlat siyosatini amalga oshirish; 
-O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi 
korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish; 
-baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta‘minlash, mol-
mulkni 
baholash 
standartlarini 
tasdiqlash, 
shuningdek, 
rieltorlarni 
sertifikatlashtirish; 
-jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga, 
terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‗in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish bo‗yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok 
etish. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish